Superliga klublari shifokorlari bilan yana bir bor onlayn konferenciya tashkil etildi
03 iyu 2020 10:28
Yangiliklar


Superliga klublari shifokorlari bilan yana bir bor onlayn konferenciya tashkil etildi
Bilasiz, Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29 maydagi 26-sonli yig'ilish bayoniga asosan professional futbol klublariga o'z o'quv-mashg'ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5 iyun kunidan O'zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berilgan edi. Bu jarayonda futbol klublarining uy uchrashuvlarini o'tkazishi uchun etarlicha tayyorgarlik ko'rishi lozim.
SHu maqsadda bugun yana bir bor Superliga futbol klublari bosh shifokorlari bilan onlayn videokonferenciya tashkil etildi. Interaktiv tarzda o'tgan muhokamalarda klub shifokorlari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Unga ko'ra, jamoa azolari mehmonxona, avtobus, stadionda niqob taqib yurishi, avtobus, zaxira o'rindig'ida ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya qilishi kerakligi takidlandi.
Qolaversa, maydonga biologik chiqindilarni tashqariga tashlash (tufuk, so'lak, balg'am) mumkin emasligi, eshik dastalarini dezinfekciyalab turish lozimligi yana bir bor eslatib o'tildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar