So’nggi yangiliklar

15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  0 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  8 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  5 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  7 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  26 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  34 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21

Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari uchun Yaponiyada seminar o'tkazildi Yangiliklar

Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari uchun Yaponiyada seminar o'tkazildi

Teglar :  YaponiyaSuperliga
Yaponiyada Superliga klublari akademiyalari mutaxassislari uchun seminar bo'lib o'tdi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 5 mart kuni mamlakatimizda bolalar futboli bo'yicha faoliyat olib borayotgan futbol Akademiyalari va futbol maktablari mutaxassislari, malakali bolalar murabbiylarining bir guruhi Yaponiyaga jo'nab ketishgandi.

Mazkur safar O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning Tokioda Yaponiya Futbol Associaciyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv davomida imzolagan memorandumi asosida tashki etilganini ham alohida takidlash kerak.

Safardan ko'zlangan asosiy maqsad yurtimizda bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha Yaponiya taraqqiyot modelini va tajribasini O'zbekistonda tatbiq qilish, yurtimizdagi bolalar musobaqalari va futbol tadbirlarida selekciya ishlarini takomillashtirishda Yaponiya mamlakati tizimidan foydalanishdan iborat.

Mazkur safar bilan bog'liq masalalar bo'yicha Yaponiya Futbol Associaciyasida maxsus ishchi guruh tuzildi. Associaciyaning xalqaro aloqalar bo'limi mutaxassisi, o'zbekistonliklar delegaciyasiga masul xodim Tomo Sugiyama o'zbekistonliklarning Yaponiyadagi tashrifi dasturini ishlab chiqdi.

Unga ko'ra, delegaciyamiz azolariga  Yaponiya U-19 terma jamoasi murabbiyi Masanaga Kageyama seminar o'tkazdi. Seminar davomida yaponiyalik mutaxassis terma jamoaga futbolchilarni selekciya qilish, jamoa bilan mashg'ulotlar o'tkazishning uslublari va asosiy principlarini tushuntirdi. Bundan tashqari, hamyurtlarimiz Jey-Liga uchrashuvlarini tomosha qilishlari va Yaponiya U-14, U-15 va U-18 terma jamoalari mashg'ulotlarini kuzatib borishlari ham rejalashtirilgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика