Superliga klublari yanvar oyida qachondan, qaerda yig'in o'tkazishadi?
03 jan 2020 13:01
Yangiliklar
Superliga klublari yanvar oyida qachondan, qaerda yig'in o'tkazishadi?
Yangi yil bayramini o'tkazib olgan klublarimiz shu kunlarda yig'inlarni boshlashadi.
Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan uch klubimiz yanvar oyida BAAda yig'in o'tkazishadi. "Paxtakor" qisqa muddat Toshkentda mashg'ulot o'tkazadi va keyin xorijga yo'l oladi.
"Nasaf", "Mashal", "Buxoro" va "Navbahor" klublari bu yildagi ilk yig'inni o'z qarorgohlarida o'tkazishadi.
"So'g'diyona", "Surxon", AGMK va "Qo'qon-1912" esa poytaxtda yig'in boshlashadi. "Andijon" ikki kun o'z qarorgohida shug'ullanadi va Yangierga yo'l oladi. Bekobodning "Metallurg" klubi CHirchiqda tayyorgarlikni olib boradi.
Faqatgina Navoiyning "Qizilqum" klubining rejalari haqida aniq malumot olishning imkoni bo'lmadi. Bosh murabbiy Hamidjon Aktamov bilan bog'lana olmadik.
# | Jamoalar nomi | Yig'in boshlanish sanasi | Yig'in o'tkaziladigan joy |
1 | Paxtakor | 3-13 yanvar 15-30 yanvar | Toshkent BAA - Abu Dabi |
2 | Bunyodkor | 6-17 yanvar | BAA - Al Ayn |
3 | Lokomotiv | 3-15 yanvar | BAA - Abu Dabi |
4 | So'g'diyona | 5 yanvar | Toshkent |
5 | Metallurg | 4 yanvar | CHirchiq |
6 | Surxon | 6 yanvar | Toshkent |
7 | Nasaf | 3 yanvar | Qarshi |
8 | AGMK | 3 yanvar | Toshkent |
9 | Navbahor | 7 yanvar | Namangan |
10 | Andijon | 4-6 yanvar 6-18 yanvar | Andijon Yangier |
11 | Qo'qon-1912 | 4 yanvar | Toshkent |
12 | Buxoro | 5 yanvar | Buxoro |
13 | Qizilqum | aniq emas | aniq emas |
14 | Mashal | 5 yanvar | Muborak |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar