So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Superliga. "Kapitan"dan debyut gol Yangiliklar

Superliga. "Kapitan"dan debyut gol

Superliganing 22-turida Qarshida mehmon bo'lgan "Metallurg" minimal hisobda mag'lub bo'ldi.

Ko'pchilik bu o'yinni qizil kartochka va golga aylanmagan penalti orqali eslab qolsa kerak. Lekin "Markaziy" o'yingohda sodir bo'lgan eng etiborli voqea bu emas. Bekobodliklarga qarshi bahsda "Nasaf" sardori jamoa libosidagi ilk golini urdi. Sezganingizdek, gap SHerzod Azamov 2017 yilning yozida "Paxtakor"ga o'tib ketgach, G'uzorning "SHo'rtan"idan Qarshiga ko'chgan Umar Eshmurodov haqida ketyapti.

28 yoshli himoyachi Maqsud Karimov jamoani tark etganidan keyin (2019 yil) "Nasaf" sardoriga aylangan edi. Uning "ajdarlar" tarkibida Superligada gol urishi uchun 104 o'yin kerak bo'ldi.

Bevosita uchrashuvga to'xataladigan bo'lsak, Qarshi shahri jamoasi mavsumdagi 12-g'alabasini tantana qildi. Bu o'z-o'zidan "Metallurg"ning joriy yildagi 15-mag'lubiyatiga aylandi (Superligadagi eng yomon ko'rsatkich).

O'zaro o'yinlar tarixi (O'zbekiston chempionati)

Nasaf: 30 g'alaba, 6 durang, 12 mag'lubiyat

Metallurg: 12 g'alaba, 6 durang, 30 mag'lubiyat

To'plar nisbati — "Nasaf" 79:38 "Metallurg"

Mazkur o'yindan keyin Ro'ziqul Berdiev shogirdlarining g'alabali seriyasi 5 ta o'yinga etdi. "Metallurg" esa qatorasiga 4-o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi.

Revansh olindi. Olmaliqdagi "jang" haqida qiziq malumotlar

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика