Superliga. Ertaga "Metallurg" va "Paxtakor" qaysi liboslarda maydonga tushishi malum
18 apr 2018 12:33
Yangiliklar
Superliga. Ertaga "Metallurg" va "Paxtakor" qaysi liboslarda maydonga tushishi malum
Ertaga, 19 aprel kuni Superliga 7-tur bellashuvlariga start beriladi.
Turni ochib beradigan o'yin Bekobodda bo'lib o'tadi. Unda mezbonlar "Metallurg" jamoasi "Paxtakor"ni qabul qiladi. Bugun ana shu uchrashuv oldidan yig'ilish bo'lib o'tdi. Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar berdi.
Unda bellashuvni yaxshi tashkil qilishda yordam beradigan turli masalalar komissar hamda klublar vakillari tomonidan muhokama qilib o'tildi. Ertangi bellashuvda "Metallurg" oq rangli liboslardan foydalanadi. "Paxtakor" esa sariq rangli libosda maydonga tushishi malum bo'ldi. "Paxtakor" darvozaboni yashil libosda o'ynaydi. Hakamlar qora liboslarda o'yinni boshqarib borishadi.

"Metallurg" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 19 aprel, payshanba kuni 18:00da "Metallurg" stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar