So’nggi yangiliklar

11:55Винисиус, Леау ёки Хвича: дунёнинг энг яхши чап қанот вингери эълон қилинди  1 11:22Роналду Осиё Чемпионлар Лигасидаги голини отасининг хотирасига бағишлади  0 10:47"Барселона" жароҳат сабаб бир йилга сафдан чиққан футболчи билан янги шартнома тузди. Товон пули эса даҳшат  0 10:06Владимир Бубанья: “Финални кўтаринки кайфият билан кутяпман”  1 09:19Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  3 08:45Sofascore. Кечаги учрашув учун "Пахтакор" футболчилари неча баҳо олишди?  2 08:17"1:6"! Ҳисоб ўйинга мос бўлмаган Аргентина - Қозоғистон учрашувидан ГАЛEРEЯ  4 07:40"Реал Мадрид"нинг яна бир етакчиси жароҳат олди  2 07:10Элит Чемпионлар лигаси. 36 ёшли Драган Черан "Пахтакор"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  7 02:24Германиялик болалар футболи бўйича мутахассис “Шўртан” футбол клубига келди  1 01:31Қозоғистон устози: "Футзалда ҳаёт шундай – бугун сен зўрсан, уч кундан кейин эса йўқ"  0 01:21ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Ал Аҳли" меҳмонда ғалаба қозонди, Машарипов жамоаси мағлуб бўлди, "Ал Насср" Роналдунинг голи эвазига зафар қучди (+жадвал)  1 00:37Винисиус Кокега: "Менда иккита ЧЛ соврини бор, сенда ҳеч нарса"  14 23:57Ғалабани "ўзгача" нишонлаган ва жазоланган Мартинес: "Бу ҳақоратли ҳаракат деб ўйламагандим"  8 23:31Камолиддин Тожиев: "Эронга ижобий натижа учун келган эдик"  14

Superliga. "Neftchi" ushbu mavsumdagi birinchi durangini Samarqandda rasmiylashtirdi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" ushbu mavsumdagi birinchi durangini Samarqandda rasmiylashtirdi

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Neftchi" uchrashuvi yakuniga etdi.



DINAMO – NEFTCHI 1:1 
30 aprel 2022 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 18:40
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Jasur Umarov 36' – Abror Ismoilov 10'

"Dinamo": 12.Miloe Prekovich, 5.Mixaylo Yovanovich, 6.Ibrohim Yo'ldoshev, 9.To'lqin Ergashev (7.Temur Ismoilov, 46), 10.SHohmalik Komilov (20.Jasur Jumaev, 90+4), 11.Sahob Rashidov (97.Fahriddin Alimov, 75), 15.Jo'rabek Mannonov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 22.Abdujamol Isroilov, 30.Jasur Umarov, 70.Oybek Nurmatov (14.SHokir Yo'ldoshev, 75).
Zaxira: 35.Aslonbek Ahrorov, 4.Doston Foteev, 21.Oybek Jo'raev, 23.Akmal Kozimov, 77.Vohidjon Oqbo'taev.

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 9.Sunnatulla Abdullajonov, 17.Abdulloh Olimov, 19.Mirzohid G'ofurov, 20.Anvarjon G'ofurov, 28.Daniel Stoykovich, 46.SHahzod Ubaydullaev (31.Marko SHarich, 74), 70.Abbos G'ulomov (7.Oybek Qilichev, 80), 77.Abror Ismoilov, 80.Aleksandr Eshich, 99.Ulug'bek Hoshimov.
Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 2.Ismoil Akramov, 24.Rahmonjon Ro'ziev, 76.Fahriddin Muhammadov.

Ogohlantirishlar: Muzaffar Muzaffarov (50), Abbos G'ulomov (68), Mixaylo Yovanovich (86), Oybek Qilichev (88), Akbar To'raev (90+3), Fahriddin Alimov (90+3).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakunlandi! 

90+4. "Dinamo"da almashtirish: Komilov o'rniga Jumaev tushdi. 

90+3. Alimov va "Neftchi" azolari o'rtasida tortishuv yuzaga keldi. Akbar To'raev va Fahriddin Alimov ogohlantirildi. 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Alimov katta tezlikda oldinga bordi, ammo yakunda Eshichning qarshiligiga uchradi. 

88. Qilichev Umarovni ortdan tepgani uchun ogohlantirish oldi. 

86. Yovanovich ogohlantirildi.

85. Zarbaaa!  Qanday imkoniyat! SHokir Yo'ldoshevning zarbasini Akbar To'raev qaytarishga erishdi. 

83. Har ikki jamoa g'alab qozonish yo'lida hujumga otlanmoqda, ammo bu hech qanday samara keltirmayapti. 

80. "Neftchi"da o'zgarish: Abbos G'ulomov o'rniga Oybek Qilichev tushirildi. 

78. Hakam Fahriddin Alimovni to'pni qo'li bilan o'ynadi, deb topdi. 

75. "Dinamo"da 2 ta o'zgarish: Nurmatov o'rniga Yo'ldoshev, Rashidov o'rniga Alimov maydonga tushdi.

74. "Neftchi"da almashtirish: Ubaydullaev o'rniga SHarich o'yinga qo'shildi.  

72. Zarba! Sahob Rashidovning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

68. Oybek Nurmatovga nisbatan qoidani buzgan Abbos G'ulomov sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

62. Zarba!  Umarovning uzoq masofadan bergan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

60. To'p jarima maydoni ichida Abror Ismoilovning qo'liga tegdi, ammo hakam bunga befarq qaradi. Samarqandlik ishqibozlar noroziliklarini yashirib o'tirishmayapti. 

56. Zarbaaa!  Komilovning zarbasi To'raev tomonidan qaytarildi, mezbonlar burchak to'piga ega chiqishdi. 

54. G'ulomov yaqin masofadan Yovanovichni nishonga oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi.  

52. Zarbaaa!  Abdulloh Olimov uzoq masofadan jarima zarbasi orqali darvozaga yo'l topmoqchi bo'ldi, noaniq.

50. Muzaffarov G'ulomovga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

46. "Dinamo"da o'zgarish: Ergashev o'rniga Ismoilov bahsni davom ettiradi. 

46. Ikkinchi taym start oldi! 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Hisob tenglashdi! Jasur Umarovning chap oyoqda erlatib yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan o'rin oldi – 1:1! 


34. Mezbonlar ketma-ket hujum uyushtirishmoqda, hozircha bu samara kletirmayapti. 

28 . Uuux! Nurmatovning uzatmasidan keyin Sahob Rashidov bosh bilan zarba yo'llab, xavfli holatni hosil qilishiga oz qoldi. 

26. Bahs teng kurashlar ostida davom etyapti. 

23. Uuuux!  Anvar G'ofurovning bosh bilan yo'llagan zarbasini "Dinamo" posboni qaytardi! Qoyilmaqos seyv! 

22. Mannonov Sunnatulla Abdullajonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, jarima. 

16. SHohmalik Komilov Mirzohid G'ofurov bilan to'qnashib ketdi. 

14. Mannonovning ichkariga oshirib bergan to'pini himoyachilar bartaraf qilishdi. 

10. GOOOOOOOOOOL!  Abror Ismoilov uzoq masofadan zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi – 0:1!  


7. Farg'onaliklar dastlabki daqiqalarda juda faol o'yin ko'rsatishmoqda. 

5. Zarba! Abror Ismoilovning aylanma zarbasidan so'ng to'pni Prekovich egallab oldi. 

4. O'yin to'xtab qoldi. Yovanovichga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

2. "Neftchi" dastlabki burchak to'piga ega bo'ldi, himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv soat 18:40da boshlanadi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика