So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

Superliga. "Nasaf" darvozaboni tomonidan 101-daqiqada urilgan gol Qarshi klubiga "Dinamo" ustidan g'alaba qozonishiga yordam berdi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" darvozaboni tomonidan 101-daqiqada urilgan gol Qarshi klubiga "Dinamo" ustidan g'alaba qozonishiga yordam berdi

Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Dinamo

Hislat Halilov - 55'

Superliga. 22-tur

28/10/2024, 18:15

2
:
1
Tugadi

Nasaf

Murodbek Rahmatov - 89', Abduvohid Nematov - 90'

45'
90'
29'  Vohidjon Oqbo'taev
46'  Dilshod Rahmatullayev (Markos Kayk)
46'  Ulug'bek Abdullaev (Hislat Halilov)
55'  Hislat Halilov
55'  Markos Kayk
68'  Maykon Duglas (Azizbek Ahmedov)
90'  Markos Kayk (Muhammadali Tursunov)
90'  Francis Narx (Bahodir Nasimov)
17'  G'olib G'aybullaev
54'  Sharof Muhitdinov (Bobir Abdixoliqov)
54'  Javohir Sidiqov (Murodbek Rahmatov)
70'  Zafarmurod Abdurahmatov (SHahzod Akramov)
70'  Igor Golban (Shuhrat Muhammadiyev)
80'  Dilshod Komilov
89'  Murodbek Rahmatov
89'  Bobir Abdixoliqov
90'  G'olib G'aybullaev (Marko Stanoevich)
90'  Abduvohid Nematov

Superliga, 22-tur
"Dinamo" — "Nasaf" 1:2
28 oktyabr 2024 yil. Samarqand, "Dinamo" stadioni. 18:15
Bosh hakam:
SHavkat Nasibullaev
Yordamchilar: Timur Gaynullin, Andrey Capenko
Zaxira hakami: Jaloliddin Husniddinov
VAR hakami: Ilgiz Tantashev
AVAR: Daniil Yacenko

Gol: 1:0 — 55, Xislat Xalilov (Markos Kayk), 1:1 — 89, Murod Rahmatov (Bobir Abdixoliqov), 1:2 — 90+11, Abduvohid Nematov (penalti).

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 3.Ulug'bek Abdullaev (8.Xislat Xalilov, 46), 6.Jahongir O'rozov, 7.Fransis Narx, 10.Joel Kojo, 17.Salim Mustafoev, 18.Dilshod Rahmatullaev (11.Markos Kayk, 46), 21.Anvarjon Xojimirzaev, 44.Dushan Miyich, 70.Maykon Duglas (23.Azizbek Ahmedov, 68), 77.Vohidjon Oqbo'taev.
Zaxira: 1.Farhod Rahmatov, 4.Muhammadali Tursunov, 14.Bahodir Nasimov, 22.Sanjar SHoahmedov, 30.Abubakir Mo'ydinov, 37.Firdavs Abdurahmonov.

"Nasaf":
35.Abduvohid Nematov, 4.Dilshod Komilov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (44.SHahzod Akramov, 70), 9.Javohir Sidiqov (6.Murod Rahmatov, 54), 14.SHarof Muhitdinov (10.Bobir Abdixoliqov, 54), 19.Stefan CHolovich, 22.Igor Golban (28.SHuhrat Muhammadiev, 70), 32.Zoran Marushich, 77.Oybek Bozorov.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 21.Doniyor Narzullaev, 23.Kuach Yuel, 24.Sardorbek Bahromov, 88.Marko Stanoevich. 

Ogohlantirish: G'olib G'aybullaev (17), Vohidjon Oqbo'taev (29), Dilshod Komilov (80).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+15. Hakam yana VAR bilan subatlashmoqda. Bu safar "Nasaf" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Ammo hakam penalti belgilamadi.

90+14. CHolovich o'ta yaqin masofadan bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi!

90+11. GOL! "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov penaltini aniq amalga oshirib, jamaoasini hisobda oldinga olib chiqdi!

90+10. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov penaltini ijro etadi.

90+8. Hakam "Dinamo" darvozasi tomon penalti belgiladi!

90+3. "Dinamo" jarima maydonida to'p mezbonlar himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. Hakam VAR bilvan muloqot qilmoqda.

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

89. GOL! "Nasaf" hisobni tenglashtirdi! Rahmatov gol muallifiga aylandi!

87. Abduxoliqovning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga "Dinamo" himoyachisi to'g'anoq bo'ldi.

83. Kojo raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini malum qildi.

80. Komilov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

78. CHolovichning uzatmasidan so'ng Akramov bosh bilan zarba yo'lladi. Yagudin to'pni egallab oldi.

73. GOL! Kojo "Nasaf" posboni bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi! Ammo hakamlar o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

70. "Nasaf" tarkibida yana ikki o'zgarish amalga oshirildi. 

69. Xavfli vaziyat! Marushich "Dinamo" posboni bilan birga-bir vazipyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq O'rozov so'nggi pallada shijoat ko'rsatib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

68. "Dinamo" tarkibida o'zgarish sodir bo'ldi.

Penaltiga asos topilmadi. "Nasaf" burchak zarbasini ijro etadi.

62. Xavfli vaziyat! Abdixoliqov katta tezlikda oldinga borib, chap oyoqda zarba yo'lladi, biroq Narx oyog'ini qo'yishga ulgurdi, natijada zarba mo'ljalga aniq bormadi. Hakam VAR bilan suhbatlashmoqda. To'p "dinamo" himoyachisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin.

59. CHolovichning uzatmasi "Dinamo" himoyachisidan maydonni tark etdi.

55. GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Xalilov chap qanotdan oldinga bordi va Abdurahmatovni chalg'itgan holda aylanma zarba yo'llab, Nematov qo'riqlayotgan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi! Hisob ochildi, "Dinamo" oldinga chiqib oldi. Etiborlisi, Xalilovga pasni yana bir zaxiradan o'yinga qo'shilgan Kayk berdi.

54. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi.

50. Hojimirzaev hujumda G'aybullaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. "Nasaf" himoyachisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Yodingizda bo'lsa, birinchi bo'lim ikki futbolchi o'rtasida shu holatning teskarisi bo'lgandi.

49. "Nasaf" stadartidan so'ng mehmonlarning raqib jarima maydonidagi barcha futbolchisi ofsaydda qolib ketdi.

46. Ilk hujumni mezbonlar tashkil etishdi. Kaykning zarbasi Golbanga tegib, ortga qaytdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Dinamo"da ikki o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45+1. Kojoning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasvi ancha noaniq ketdi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Komilovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

44. Kojo o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

40. Xavfli vaziyat! Marushichning raqib jarima maydonida bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

39. Duglasning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi yuqorilab ketdi.

38. Hojimirzaev bir nechta raqibni aldab o'tishga harakat qildi va yiqitildi, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini takidladi.

37. Muhitdinovning burchak uzatmasidan so'ng Golban bosh bilan zarba yo'lladi, ammo to'p yo'nalishi ancha noaniq ko'rinish oldi.

36. Oqbo'taevning uzatmasidan so'ng O'rozov bosh bilan zarba yo'lladi, ammo uning poziciyasi yaxshi bo'lmagani bois zarba ko'ngildagidek chiqmadi.

35. Komilov Rahmatullaevga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

33. Abdullaevning o'ng qanotdan uzatmasidan so'ng Kojo bosh bilan zarba yo'lladi. Nematov to'pni egallab oldi. Kojo ketma-ket ikkinchi marotaba raqib jarima maydonida havodagi kurashda "Nasaf" himoyachilaridan ustun keldi.

30. CHolovich o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

29. Oqbo'taev to'pni yo'qotdi va undan o'zib ketishga uringan Siddiqovni qoidabuzarlik evaziga to'xtatishga majbur bo'ldi.

Hozircha xavfli vaziyatlar borasida "Dinamo" oldinda, samarqandliklar ikkita o'ta qulay vaziyatdan unumli foydalana olishmadi. "Nasaf"da esa bunday holat hali sodir bo'lmadi.

26. CHolovich hujumda Mustafoevdan o'tib keta olmadi.

24. Xavfli vaziyat! Abdullaevning o'ng qanotdan uzatmasi natijasida raqib jarima maydonida turgan Kojo bosh bilan zarba yo'lladi, Nematov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

22. Miyich burchak uzatmasi paytida himoyaga yordam berayotgan Marushichni turtib yubordi. 

21. Abdurahmatov jarima maydoniga kirib borib, sherigiga pas berishga urinib ko'rdi, "Dinamo" himoyachilari qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

20. Yana G'aybullaev Hojimirzaevni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. Hakam uni og'zaki ravishda jiddiy ogohlantirdi.

19. "Dinamo"ning standarti Miyichning zarbasi bilan yakunlandi, Nematov to'pni egallab oldi.

17. Ogohlantirish. G'aybullaev sherigidan to'pni qabul qilishda xatoga yo'l qo'ydi va to'pni olib qo'ygan Hojimirzaevni yiqitishga majbur bo'ldi.

15. Maydon markazida Bozorov Miyich tomonidan yiqitildi.

12. Abdurahmatov o'ng qanotdan oldinga bordi va jarima maydoniga kirishga urinib, to'qnashuv natijasida yiqildi. Hakam esa o'yinni davom ettirish lozimligini takidladi.

9. Rahmatullaev Mozgovoyga nisbatan xavfli harakat qildi.

8. CHolovich o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

7. Muhiddinovning uzatmasi Yagudinning qo'llariga borib tushdi.

6. O'rozov Bozorovga nisbatan fol ishlatdi. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

2. Xavfli vaziyat! Nematov to'pni egallashda xatoga yo'l qo'ydi, Xojimirzaev esa 6-7 metr masofadan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi. To'p darvoza ustuniga tekkan holda maydonni tark etdi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Dinamo" futbolchilari oq, "Nasaf" o'yinchilari qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика