So’nggi yangiliklar

10:00GiveMeSport нашри барча даврларнинг энг яхши дриблинг соҳибини аниқлади  9 09:16«Сурхон» тожикистонлик футболчи билан шартнома имзолади  0 08:48МЛС. Мессининг иккита ассисти жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  12 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:51Осиё кубоги U-20. Бугун ёшларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланмани қўлга киритиши мумкин   11 07:25Саудия Про лигаси. «Ал Иттиҳод» «Ал Ҳилол» ўртасидаги баҳсда йирик ҳисоб қайд этилди  10 03:00Ла Лига. "Барселона" меҳмонда ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, каталонияликлар биринчи ўринга қайтишди  34 02:47А Серия. Лаутаронинг голи "Интер"га "Женоа" устидан ғалабани тақдим этди, миланликлар вақтинча биринчи ўринга кўтарилишди  0 00:53"Ювентус" АПЛдан италиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши деярли аниқ, аммо...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" ўз уйида "Унион"га жавобсиз 6та гол урди, "Байер"дан меҳмондаги ишончли ғалаба  4 00:34АПЛ. Рэшфорддан 2та ассист, Асенсиодан 2та гол — "Астон Вилла" ўз уйида "Челси"га қарши камбэк эвазига ғалабага эришди  14 00:28Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Валенсия"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, вақтинчалик биринчи ўринга чиқиб олди  9 00:01А Серия. "Торино" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  9 23:05Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" даҳшатли камбэк эвазига меҳмонда ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  11 23:01Гвардиола Эдерсоннинг ўрнига испан дарвозабонни олиб келадими?  3

Superliga. "Buxoro" o'z maydonida etakchi "Neftchi"ga yutqazmadi Yangiliklar

Superliga. "Buxoro" o'z maydonida etakchi "Neftchi"ga yutqazmadi

O'zbekiston chempionati doirasida "Buxoro" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"BUXORO" – "NEFTCHI" 2:2
21 aprel. Buxoro. "Buxoro" sport majmuasi 
Gollar: Aleksandar Stanisavlevich (52; 90+2) — Ulug'bek Hoshimov (32), Izzatilla Abdullaev (82). 

Hakamlar: Aziz Asimov, Ruslan Samandarov, Amal Sultonov, Komiljon Rasulov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
AVAR: Nayim Qosimov
Nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: SHerzod Rajabov
Ogohlantirishlar: Vsevolod Nixaev (21); Abbosjon Otaxonov (73); Sohib Muhammadiev (75) — Zoir Jo'raboev (45+1); Nurillo To'xtasinov (69); Andrey Mishenko (89); Mirzoxid G'ofurov (90+2). 


"Buxoro" — 13. Nikolo Stosnich, 10. Humoyunmirzo Iminov, 15. Obid Jo'raboev, 16. Jasur Hasanov (14. Rustamjon Abduhamidov 27), 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 22. Ro'zimboy Ahmedov (9. Aleksandr Kasyan 62), 25. Abbosjon Otaxonov, 70. Aleksandar Stanislavlevich , 80. Farruhjon Ibrohimov, 88. Vsevolod Nixaev, 99. Javohir Ro'ziev.
Zaxira: 20. Sardor Qobuljonov, 7. Jasur Azimov, 11. Temurbek Ismoilov, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 28. Sohib Muhammadiev, 77. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 91. Asiljon Begimqulov.

"Neftchi" — 45. Akbar To'raev, 2. Zoir Jo'raboev, 4. Andrey Mishenko, 7. Umar Adhamzoda, 8. Nurillo To'xtasinov, 9. Ulug'bek Hoshimov, 19. Mirzoxid G'ofurov, 22. Toma Tabatadze, 24. G'ulomhaydar G'ulomov (5. Yuriy Batyushin 62), 26. Oleksey Larin, 28. Fozil Musaev.
Zaxira: 12. Vladimir Nazarov, 11. Izzatilla Abdullaev, 13. Lutfulla To'raev, 17. Abdulloh Olimov, 20. Anvar G'ofurov, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 23. Diyor Turopov, 70. Abbos G'ulomov.

Buxoro

Aleksandar Stanisavlevich - 52', Aleksandar Stanisavlevich - 90'

Superliga. 7-tur

21/04/2023, 18:30

2
:
2
Tugadi

Neftchi

Ulug'bek Hoshimov - 32', Izzat Abdullaev - 82'

45'
90'
20'  Vsevolod Nixaev
52'  Aleksandar Stanisavlevich
52'  Obid Jo’raboyev
62'  Ro’zimboy Ahmedov (Aleksandr Kasyan)
87'  Humoyunmirzo Iminov (Fayzullobek Jumanqo'ziev)
87'  Jamoliddin Ubaydullayev (Asil Begimqulov)
87'  Vsevolod Nixaev (Sohib Muhammadiev)
90'  Aleksandar Stanisavlevich
90'  Aleksandr Kasyan
32'  Ulug'bek Hoshimov
32'  Umar Adhamzoda
45'  Zoir ZHo'raboev
62'  G’ulomhaydar G’ulomov (YUriy Batyushin)
81'  YUriy Batyushin
82'  Ulug'bek Hoshimov (Izzat Abdullaev)
82'  Nurillo To'xtasinov (Diyor Turopov)
82'  Izzat Abdullaev
82'  Zoir ZHo'raboev
89'  Andrey Mishchenko
90'  Mirzohid G’ofurov


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


SHu pallada, Aziz Asimovning final hushtagi chalindi va "Buxoro" o'z maydonida etakchi "Neftchi"ga yutqazmadi. 

"Buxoro" so'nggi soniyalarda g'alabani ham ilib ketishi mumkin edi. Biroq Akbar To'raev zarbani qaytardi va "mehmonni hurmati yo'qmi, 3 ochkoni bermadinglar, hech bo'lmasa bir ochko bilan ketaylik" degandek qarab qo'ydi raqiblariga. 

90+4-daqiqa. "Neftchi" standart vaziyatga ega bo'ldi. Uzatmadan keyin esa himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.  

90+2-daqiqa. GOOOOOOL! Nuqtaga Aleksandar Stanisavlevich ishonchli tarzda imkoniyatdan foydalandi va dubl qayd etdi. 

90+2-daqiqa. Ogohlantirish! Mirzoxid G'ofurov oxirigacha hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Aziz Asimovning fikri esa hamkasblari bilan gaplashgandan keyin ham o'zgarmadi. 

90-daqiqa. "Neftchi" futbolchilari nima qilib bo'lsa ham hakamga penalti yo'qligini uqtirishga urinmoqda. Mishenko "men nima qilay, to'pga qarab sakradim, yonimda raqib paydo bo'lib qoldi, demoqda.  

89-daqiqa. Ogohlantirish! Mishenko jarima maydonchasidagi qo'polligi uchun ogohlantirildi va qo'shimchasiga Aziz Asimov "Neftchi" darvozasi tomon penalti belgiladi.

87-daqiqa. O'zgarish! Mezbonlar tarkibida bir yo'la uch nafar futbolchi alishtirildi, ammo kech emasmikin. 

82-daqiqa. GOOOOOL! Hozirgina maydonga tushirilgan Izzatilla Abdullaev birinchi urinishdayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

81-daqiqa. O'zgarish! Nurillo To'xtasinov va Ulug'bek Hoshimov o'rniga Izzatilla Abdullaev va  Diyor Turopov tushdi.

80-daqiqa. Ogohlantirish! Yuriy Batyushin ham kartochkaga loyiq ko'rildi. 

76-daqiqa. Mezbonlar yana faol tarzda hujumga o'tishmoqda.  

75-daqiqa. Ogohlantirish! Sohib Muhammadiev maydonga tushmasdanam sariq olishni "uddaladi".

73-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam Abbosjon Otaxonovga sariq kartochka ko'rsatdi.

69-daqiqa. Ogohlantirish! Nurillo To'xtasinov hakamga etiroz bildirishga kirishib ketgani uchun ogohlantirildi. 

62-daqiqa. O'zgarish! "Buxoro" safida o'yinchi alishtirildi Ro'zimboy Ahmedov o'rniga Aleksandr Kasyan o'yinga qo'shildi. 

58-daqiqa. Humoyunmirzo Iminov uzoq masofadan kuchli va aniq zarba berdi, Akbar Jo'raev qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytardi.

51-daqiqa. GOOOOOOL! Aleksandar Stanisavlevich kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo'ldi va yaqin masofadan to'pni to'rga yo'lladi — 1:1.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, hakamning birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagi yangradi. Biz ham bir oz dam olamiz.  

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Hushtakdan keyin to'pni tepib yuborgani uchun hakam Zoir Jo'raboevga sariq kartochka ko'rsatdi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

40-daqiqa. "Nefti"ning yana bir hujumi xavfli tus olayotgandi, Nikolo Stosnichdan seyv.  

38-daqiqa. Vsevolod Nixaev markazda To'xtasinovni to'xtatdi. Faqat qoidani buzib. Kimdir unga sariq kartochkasi borligini eslatib yuborsin! 

32-daqiqa. GOOOOOOL! Ulug'bek Hoshimov hisobni ochdi va mehmonlarni oldinga olib chiqdi! Umar Adhamzodadan golli uzatma. 

31-daqiqa. Ro'zimboy Ahmedovni to'p uchun kurashda raqibning ikki futbolchisi o'rtaga olishdi - fol.  

27-daqiqa. O'zgarish! Jasur Hakimov o'rniga Rustamjon Abduhamidov tushirildi. Baqoevdan kutilmagan qaror. Murabbiyni yarim himoyachi harakatlari qoniqtirmadi shekilli. 

21-daqiqa. Ogohlantirildi! Vsevolod Nixaev to'pni ololmagach, Fozil Musaevni maydonga qulatgani uchun ogohlantirildi. 

17-daqiqa. O'yin davom etadi. Markazda to'p uchun kurash kechmoqda.  

15-daqiqa. Nikolo Stosnichni oyoqqa turg'azish yo'lida shifokorlar kiperga yordam ko'rsatishmoqda. O'yinda majburiy "pauza".

10-daqiqa. Hozircha maydondagi vaziyat "Neftchi" etakchiyu, "Buxoro" autsayderligini umuman aks ettirmayapti. 

8-daqiqa. "Neftchi"ning hujumi Fozil Musaevning o'ziga xos uzatmasi tufayli uzilib qoldi. 

6-daqiqa. Mezbonlar yana bir burchak zarbasidan naf chiqara olishmadi. 

"Buxoro" uchrashuvni faol boshladi va ilk burchak zarbasini ham amalga oshirib ulgurdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!


Bazi sabablarga ko'ra, uchrashuv 10 daqiqa kechroq boshlandi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика