So’nggi yangiliklar

16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  0 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  1 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  4 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  2 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  15 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  9 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  16 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  22

Superliga: “Buxoro” - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

Superliga: “Buxoro” - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  NasafBuxoro
Ikkinchi davrani muvaffaqiyat bilan boshlagan “Nasaf” jamoasi oliy 13-tur uchrashuvini safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu uchrashuv 26 may shanba kuni “Buxoro” arenada soat 19:20da boshlanadi.

Superliga, 13-tur
“BUXORO” – “NASAF”
26.05.2018. “Buxoro” arena. 19:20da
Bosh hakam: 
Viktor Serazitdinov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov (Namangan), Mo'minjon Majidov (Namangan)
Zaxira hakami: Ziyodullo Abdurahmonov (Andijon)
Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent)
Komissar: Roman CHernikov.

Malumot uchun, Viktor Serazitdinov mazkur jamoalarning birinchi davradagi, Qarshida bo'lgan uchrashuvini ham boshqargan edi. Unda qarshiliklar 3:1 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda shu paytgacha o'zaro 41 marta kuch sinashganlar. O'zaro bo'lib o'tgan  uchrashuvlarning 22 tasida "Nasaf"ning qo'li baland kelgan. 9 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan bo'lsa, 10 uchrashuvda buxorolik futbolchilar g'alabaga erishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida 72-39. “Nasaf”ning “Buxoro” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi - 6:0. “Buxoro” jamoasi esa 5:1 - eng yirik hisobda g'alabaga erishgan. Bu hisoblar Buxoroda qayd etilgan.

Qarshida bo'lib o'tgan bu yilgi ilk o'zaro uchrashuvda, "Nasaf" 3:1 hisobida g'alaba qozongan.

 
Buxorodagi uchrashuvlar tarixidan


Mazkur jamoalar Buxoroda 20 marta o'zaro kuch sinashgan “Buxoro” o'z uyida 10 bor “Nasaf”ni taslim qilgan. 4ta uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. “Nasaf” 6 marta Buxorodan uch ochko bilan qaytgan. O'zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 58ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ustunlik “Buxoro” tomonida 30-28.

O'tgan yilgi Buxoroda o'tgan o'zaro uchrashuvda mezbonlar kichik, 1:0 hisobida g'alabaga erishgan.
 

Buxoro o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

12.08.2017. “Buxoro” – “Nasaf” 1:0
24.04.2016. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2
12.04.2015. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2
15.08.2014. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2
29.10.2013. “Buxoro” – “Nasaf” 1:5


Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

“Buxoro” jamoasi hozirgacha  12 uchrashuv o'tkazgan va bu uchrashuvlar orqali 21 ochko to'plagan.  Ular ayni paytda turnir jadvalining 4-pog'onasini band etib turishibdi. “Nasaf” ham joriy chempionatda 12 uchrashuv o'tkazdi. To'plagan ochkolari soni 17ta va turnir jadvalining 6-pog'onasida bormoqda. "Nasaf" o'tgan tur uchrashuvini o'z maydonida “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazdi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Safarda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashgan “Buxoro” jamoasi esa, 1:2 hisobida g'alabaga erishdi.
 

O'zaro uchrashuvlar tarixidan yana malumotlar

O'zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, “Buxoro” jamoasi darvozasini dastlab sobiq hujumchi Aleksandr Beynarovich ishg'ol etgan. Ushbu uchrashuv 1997 yil 8 avgustda Qarshida bo'lib o'tgan va jamoamiz raqiblarini 3:0 hisobida mag'lub etishgan. Aleksandr Beynarovich 1997 yilda "Nasaf" safida to'p tepgan. So'nggi marta “Buxoro” darvozasiga gol  urgan futbolchimiz Slavko Lukich bo'lib turibdi. U birinchi davraning  2-turida bo'lib o'tgan Qarshidagi uchrashuvda, "Nasaf"ning uchrashuvdagi uchinchi golini kiritgan edi.

Ayni paytda "Nasaf"da murabbiylik faoliyatini olib borayotgan sobiq futbolchilardan Ro'ziqul Berdiev, SHuhrat Toshpo'latov, Nikolay Minchev, Zafar Xolmurodov va Nurali Sultonovlar ham o'zaro uchrashuvlarda “Buxoro” jamoasi darvozasiga gol kiritishgan.

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv, 25 may juma kuni Buxoro shahridagi klub  qarorgohi  maydonida  bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Bo'lajak uchrashuvga “Nasaf” PFK muxlislar klubi faollari ham jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. SHuni alohida takidlash joizki, yon qo'shnilar bo'lmish ikkala jamoa muxlislar klubi ancha yillardan buyon do'stona aloqa qilib kelishadi. Ashaddiy muxlislar o'yin kuni “ajdarlar”ni bevosita stadionda turib qo'llab-quvvatlashni rejalashtirganlar.

Uchrashuvga marhamat qiling!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика