So’nggi yangiliklar

15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  0 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  1 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  11 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  8 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  6 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  6 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  2 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  3 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  10 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  8

Superliga. "Qizilqum" "Bunyodkor" maydonida ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" "Bunyodkor" maydonida ishonchli g'alabaga erishdi

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi.


BUNYODKOR - QIZILQUM 1:3
"Bunyodkor" stadioni. 2 mart, 17:00.
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 78` — Georgi Kuhianidze 26`, SHahboz Jurabekov 33`, Samandar SHukurillaev 45+4`.
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Ruslan Serazitdinov
To'rtinchi hakam: Jaloliddin Husnitdinov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: SHohruh Said

"Bunyodkor": 1.Marin Lyubich, 3.Mahmud Mahamadjonov, 4.Najmiddin Normurodov (57.Amir To'raqulov, 64), 5.Momchilo Raso (77. Muzaffar Olimjonov), 6.Samir Jelkovich, 7. Suhrob Izzatov (19.Bilol Tupliev, 46), 8.Frane CHiryak, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Mirjahon Mirahmadov (17.Ollabergan Karimov, 46), 22.Usmonali Ismonaliev, 92.Toni Yovich (9.Umidbek Sultonov, 46)
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 47.Rustamxon Azimov, 66.Azizbek To'lqunbekov, 78.Toxirbek To'xtasinov.

"Qizilqum": 12.Roberts Ozols, 7.Davron Anvarov, 8.Giorgi Kuhianidze (4.Ilxomjon Vaxobov, 82), 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 22.SHahzodbek Rahmatullaev (79.Diyor Raxmatilloev, 57), 23.Samandar SHukurullaev, 25.Azizbek Usmonov, 27.SHahboz Jo'rabekov (37.SHerzod Fayziev, 82), 71.Jamoliddin Ubaydullaev, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (Akmaljonov Muzaffarov 67)
Zaxira: 1.Xumoyunshox Sayyotov, 9.Xumoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 29.Salohiddin Tursunov, 99.Asadbek Asadov.

Ogohlantirish: Jamshid Saidov (86).


Bunyodkor

Temurxo’ja Abduxoliqov - 78'

Superliga. 1-tur

02/03/2024, 17:00

3
:
1
Tugadi

Qizilqum

Giorgi Kuxianidze - 26', SHahboz Jo'rabekov - 33', Samandar Shukurullayev - 45'

45'
90'
46'  Suhrob Izzatov (Bilol Tupliev)
46'  Mirzhahon Mirahmadov (Ollobergan Karimov)
46'  Toni Yovich (Umidbek Sultonov)
64'  Najmiddin Normurodov (Amir To'raqulov)
78'  Temurxo’ja Abduxoliqov
78'  Usmonali Ismonaliev
82'  Momchilo Raso (Muzaffar Olimjonov)
26'  Giorgi Kuxianidze
26'  SHahboz Jo'rabekov
33'  SHahboz Jo'rabekov
45'  Samandar Shukurullayev
45'  Giorgi Kuxianidze
57'  SHahzod Rahmatullaev (Diyor Rahmatilloev)
67'  Fayzullobek Jumanqo'ziev (Akmaljon Muzaffarov)
82'  Giorgi Kuxianidze (Ilhom Vahobov)
82'  SHahboz Jo'rabekov (Sherzod Fayziev)



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90-daqiqa. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89-daqiqa. Abduxoliqovning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

86-daqiqa. "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

84-daqiqa. Roberts Ozols raqib zarbasini qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

82-daqiqa. "Qizilqum" tarkibida ikki o'zgarish sodir bo'ldi.

81-daqiqa. Ismonaliev raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam bunga etibor qaratmadi.

78-daqiqa. GOOOOOOL! Temurxo'ja Abduxoliqov hisobni qisqartirdi!

77-daqiqa. Abduxoliqovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi "Qizilqum" himoyachisiga tegib qaytdi.

74-daqiqa. "Qizilqum" burchak zarbasi amalga oshirdi. Vaziyatni mezbonlar bir amallab qaytarishdi.

70-daqiqa. "Qizilqum"da qulay vaziyat yuzaga keldi. Darvozaga yo'llagan zarbani raqib posboni ushlab oldi. 

67-daqiqa. Akmaljon Muzaffarov Fayzullobek Jumanqo'zievni almashtirdi.

64-daqiqa. "Bunyodkor"da o'zgarish: Amir To'raqulov Najmiddin Normurodovni almashtirdi.

57-daqiqa. Qizilqum"da o'zgarish: Diyor Rahmatullaev SHahzodbek Rahmatullaevni almashtirdi.

55-daqiqa. Davron Anvarovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi rekoshet hosil qilib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

53-daqiqa. Normurodov katta tezlikda ketayotgan SHulayani ochiqchasiga to'xtatib qoldi. Hakam esa uni ayadi.

47-daqiqa. "Bunyodkor" ketma-ket ikki marotaba o'ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Bunyodkor" uchta o'zgarishga qo'l urdi. 

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi — tanaffus!

45+4-daqiqa. GOOOOOOL! Samandar SHukurullaev hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Bu golda Marin Lyubich bor aybni o'z bo'yniga olsa ham bo'laveradi. 

45+2-daqiqa. "Qizilqum" xavfli vaziyat yaratishi mumkin edi, Marin Lyubich mushtlari bilan urib, to'pni qaytarib yubordi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi!

37-daqiqa. CHiryak jarimadan ajoyib zarba berdi, to'p bir qarashda darvoza to'riga ketayotgandek edi, biroq... Biroz noaniq.

33-daqiqa. GOOOOOOL! Uzatmadan keyin Lyubich to'pni qaytardi, lekin u to'g'ri SHahboz Jo'rabekovga borib tushdi, u esa ideal zarbasi bilan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Juda chiroyli gol.

30-daqiqa. "Qizilqum" azosi o'yindan tashqari holatda ekanligi qayd etildi. 

26-daqiqa. GOOOOOOOOL! Giorgi Kuhianidze bosh bilan zarba yo'llab, hisobni ochdi. O'ng qanotdan rivojlantirilgan hujum va Momchilo Rasoning pozicion xatosidan keyin Giorgi Kuhianidze boshi bilan aniq zarba yo'lladi. 

24-daqiqa. "Qizilqum" burchak zarbasini amalga oshirdi. 

21-daqiqa. Temurxo'ja Abduxoliqov yaxshi imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.

18-daqiqa. SHahzodbek Rahmatullaev maydon markazida Suhrob Izzatovga nisbatan fol ishlatdi.

14-daqiqa. "Bunyodkor"ning navbatdagi hujumi omadsiz yakunlandi.

6-daqiqa. "Qizilqum" chap qanotdan oldinga o'tishga urinmoqda.

4-daqiqa. Uxx! Fayzullobek Jumanqo'ziev o'ta qulay vaziyatga chiqib bordi va to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ymoqchi edi... Biroq uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi va to'p ustunning yonginasidan o'tib ketdi. 

Standartdan mezbonlar naf chiqara olishmadi. 

2-daqiqa. Darhol fol va Frane CHiryak yordamga muhtoj.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Har ikki jamoa azolari maydonga tushib kelishdi.




Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика