So’nggi yangiliklar

08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  0 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  7 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  5 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  232 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  8 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  3 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  14 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  22

Superliga. "Olimpik" 60 daqiqa 9 kishi o'ynagan "Bunyodkor"ni yuta olmadi Yangiliklar

Superliga. "Olimpik" 60 daqiqa 9 kishi o'ynagan "Bunyodkor"ni yuta olmadi

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Olimpik" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Bunyodkor" - "Olimpik" 1:1
21 iyun 2024 yil. Toshkent, "Bunyodkor" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Abdurashid Xudoyberganov, SHohruh Azamov, Husan Xudoyberdiev, Mumtoz Toshmurodov
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Zohirjon Akramxonov

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 25 penalti, - 1:0. Asadbek Rahimjonov 59, - 1:1 (Ahmadillo Muqumjonov).

"Bunyodkor": 1.Marin Lyubich, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Rasho, 7.Suhrob Izzatov, 8.Frane CHiryak, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (66.Azizbek To'lqinbekov, 63), 14.Mirjahon Mirahmadov, 22.Usmonali Ismonaliev, 57.Amir To'raqulov (17.Ollobergan Karimov, 90+5), 78.Toxir To'xtasinov, 92.Toni Yovich (3.Mahmudjon Mahamadjonov, 63) (19.Bilol Tupliev, 80).
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 9.Umid Sultonov, 10.Rasul Yo'ldoshev, 25.Amirbek Saidov, 77.Muzaffar Olimjonov.

"Olimpik": 13.Hamidillo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 7.Ibrohim Ibragimov (10.Farruh Muxtorov, 57), 8.Nodir Abdixoliqov (16.Rian Islamov, 89), 15.Muhsin Bozorov (11.Otabek Jo'raqo'ziev, 57), 19.Ahmadillo Muqumjonov, 22.SHahzod Toirov, 23.Abdurauf Bo'riev, 37.Alisher Odilov, 44.Asadbek Rahimjonov, 64.Samandar Qodirov (77.Temur Mamasidiqov, 57).
Zaxira: 99.Edem Nemanov, 18.Akbar Abdirasulov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 29.Aleksandr Zevadinov, 70.Muhammadbobir Mo'ydinov, .

CHetlatishMirjahon Mirahmadov 20, Frane CHiryak 42.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+7. O'yin tugadi. "Bunyodkor" - "Olimpik" 1:1

90+5. O'zgarish. "Bunyodkor". To'raqulov o'rniga Karimov tushdi

90+3. ZARBAAA! Odilovning penaltidan tepgan zarbasidan keyin o'yin qahramoni Marin Lyubich to'pni qaytardi! Hisob o'zgarmadi! 

90+2. PENALTI! "Bunyodkor" darvozasi tomon, To'xtasinov to'pni qo'li bilan o'ynadi

90. O'yinga 7 daqiqa qo'shildi

89. O'zgarish. "Olimpik". Nodir Abdixoliqov o'rniga Rian Islamov

87. Bosh hakam VARni tinglamoqda. "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti belgilanishi mumkin.

82. ZARBAAA! Muqumjonovning kuchli zarbasidan keyin Lyubich navbatdagi seyvini namoyish etdi!

80. O'zgarish. "Bunyodkor". Mahamadjonov o'rniga Tupliev tushdi

77. GOL! Otabek Jo'raqo'ziev birga bir vaziyatda gol urdi, ammo ofsayd qayd etildi va gol inobatga olinmadi.

68. ZARBA! Jo'raqo'zievning zarbasi noaniq chiqdi!

65. ZARBAAA! Otabek Jo'raqo'zievning yaqin masofadan boshi bilan yo'llagan zarbasidan keyin Lyubich to'pni qaytardi!

63. O'zgarishlar. "Bunyodkor". Yovich va Abduxoliqov o'rniga Mahamadjonov va To'lqinbekov tushdi

59. GOL! ASADBEK RAHIMJONOV! 1:1. Muqumjonovning uzatgan to'pidan keyin Rahimjonov darvozani ishg'ol qildi!

57. O'zgarishlar. "Olimpik". Ibragimov, Bozorov va Qodirov o'rniga Muxtorov, Jo'raqo'ziev va Mamasidiqov tushdi

52. Xavfli vaziyat! Alisher Odilov darvozabonni ham aldab o'tdi, ammo to'p uzatishda xato qildi

51. "Bunyodkor" 9 kishib bo'lib tabiiyki himoyalanmoqda, "Olimpik" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda

47. ZARBAAA! Qodirovning bosh bilan yo'llagan zarbasi va keyingi zarbasidan keyin Lyubich ikkita seyv qildi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+5. Tanaffus

45+5. Zarba! Burchak to'pidan keyin Bo'riev zarba berdi, noaniq!

45+4. ZARBAAA! Yana Marin Lyubichdan seyv! Toirovning zarbasi kuchli chiqdi!

45. Birinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi

45. "Olimpik"da jarima to'pi, Samandar Qodirovning yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi!

42. QIZIL KARTOCHKA! Frane CHiryak! "Bunyodkor" 9 kishi bo'lib qoldi! 

32. ZARBAAA! Alisher Odilovning kuchli zarbasidan keyin darvozabon jamoasini goldan qutqardi!

30. ZARBAAAA! "Bunyodkor"ning hujumi CHiryakning to'p uzatishidan keyin Usmonali Ismonaliev chiroyli zarba berdi, Abdunabievdan chiroyli seyv!

25. GOL! TEMURXO'JA ABDUXOLIQOV! Tajribali hujumchi penaltidan gol urib, hisobni ochdi - 1:0. 

23. VAR PENALTI! Bosh hakam VARni tomosha qilgach qizil kartochkani o'z kuchida qoldirdi, lekin "Olimpik" darvozasi tomon penalti belgiladi. Sababi Qodirov dastlab qoida buzgandi. 

20. CHETLATISH! "Bunyodkor". Mirjahon Mirahmadov



18. Parallel kechayotgan OKMK - "Paxtakor" uchrashuvida hisob ochildi. Dragan CHeran penaltidan gol urdi - 0:1.

17. "Bunyodkor"da jarima zarbasi, Temurxo'ja Abduxoliqov yiqitildi. Jarimadan yo'llangan zarbasi jonli devordan qaytdi

14. "Olimpik"ning hujumi, Muhsin Bozorovning zarbasi o'ta noaniq chiqdi

12. "Bunyodkor"ning hujumi, Mirahmadov himoyachidan o'tib keta olmadi

4. ZARBA! Temurxo'ja Abduxoliqov jarima maydoni ichidan zarba berdi, Abdunabiev to'pni qaytardi! 



1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика