So’nggi yangiliklar

15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  9 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  10 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  40 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10

Superliga. Gol inobatga olinmagan o'yinda "Bunyodkor" va "Metallurg"ning kuchlari teng keldi Yangiliklar

Superliga. Gol inobatga olinmagan o'yinda "Bunyodkor" va "Metallurg"ning kuchlari teng keldi

Superliga 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Metallurg" uchrashuvi yakunlandi.

Bunyodkor

Amir To'raqulov - 41'

Superliga. 24-tur

08/11/2024, 18:15

1
:
1
Tugadi

Metallurg

Odilbek Abdumazhidov - 69'

45'
90'
41'  Amir To'raqulov
41'  Temurxo’ja Abduxoliqov
46'  Ahmadillo Muqumjonov (Muzaffar Olimjonov)
68'  Andriya Filipovich (Luis Kachorri)
72'  Usmonali Ismonaliev (Franye Chiryak)
55'  Abror Toshqo'ziev (Abbos Ergashboev)
69'  Odilbek Abdumazhidov
69'  Marko Milichkovich
84'  Daler Sharipov (Balsa Sekulich)

Superliga 

24-tur

"Bunyodkor" – "Metallurg" 1:1

8 noyabr. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:15

Bosh hakam: SHavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Adham Rixsiboev, SHohruh Maqsudov

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Daniil Yacenko

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

Komissar: SHahzod Xolboev

Gol: 1:0 — 41, Amir To'raqulov (Temurxo'ja Abduxoliqov), 1:1 — 69, Odil Abdumajidov (Marko Milichkovich).

"Bunyodkor": 13.Hamidullo Abdunabiev, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Rasho, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 22.Usmonali Ismonaliev (8.Frane CHiryak, 72), 23.Asadbek Rahimjonov, 25.Itsuki Urata, 41.Andriya Filipovich (74.Luis Kachorri, 68), 57.Amir To'raqulov, 65.Ahmadullo Muqumjonov (77.Muzaffar Olimjonov, 46), 93.Aleksandr Zevadinov.

Zaxira: 1.Marin Lyubich, 7.SHahboz Jo'rabekov, 10.Rasul Yo'ldoshev, 17.Ollobergan Karimov, 19.Bilol Tupliev, 66.Azizbek To'lqinbekov.

"Metallurg": 35.Rahimjon Davronov, 2.Odil Abdumajidov, 5.Oleksandr Kucherenko, 8.Iskandar SHayqulov, 9.Zabihillo O'rinboev, 11.Daler SHaripov (98.Balsa Sekulich, 84), 14.Abror Toshqo'ziev (99.Abbos Ergashboev, 55), 15.Azizbek Pirmuhammadov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 31.Marko Milichkovich, 88.Sirojiddin Qo'ziev.

Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 19.Abubakir Ashurov, 24.Davron Hoshimov, 33.Ivan Yosovich, 39.Sayiddin Mavlonov, 61.Dilshod Rahmonov, 77.Alisher Xayrullaev.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+3. Mezbonlarda yaxshi vaziyat yuzaga keldi, so'nggi lahzada Abdumajidov xavfli qaytarish amalga oshirdi, hatto u o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi mumkin edi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Luis Kachorri raqib darvozasini ishg'ol qildi, biroq u o'yindan tashqari holatda qolgani sababli gol inobatga olinmadi.

84. Xavfli vaziyat! Burchak uzatmasidan so'ng mezbonlar tomonidan yo'llangan zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

84. "Metallurg" o'zgarishga qo'l urdi.

80. Milichkovichning burchak uzatmasiga sherigi etib kela olmadi, aks holda birinchi golga o'xshash vaziyat ko'rishimiz mumkin edi.

76. O'rinboevning zarbasini "Bunyodkor" posboni egallab oldi.

72. Milichkovichning standartdan uzatmasini Abdunabiev qaytardi.

69. GOL! Abdumajidov burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan "Bunyodkor" darvozasiga joylab qo'ydi!

68. "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish.

67. Xavfli vaziyat! Milichkovichning zarbasi raqib himoyachisidan maydonni tark etdi.

63. G'ofurbekovning zarbasi ham noaniq ketdi.

62. Mehmonlar tomonidan yo'llangan ketma-ket ikki zarbani Abdunabiev bartaraf etdi.

58. Zarba! Urataning uzatmasidan so'ng Abduxoliqov bosh bilan zarba yo'lladi, biroq uning urinishi aniq chiqmadi.

55. "Metallurg" tarkibida o'zgarish ro'y berdi.

54. Zarba! "Metallurg" futbolchisi tomonidan yo'llangan zarbani Abdubaniev bartaraf etdi.

51. Ismonalievning chap qanotdan uzatgan to'pini Davronov egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Bunyodkor"da bitta o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45+2. SHoyqulovning zarbasi o'ta noaniq ko'rinish oldi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. GOL! Abduxoliqovdan to'pni qabul qilib olgan To'raqulov chap oyoqda raqib darvozasining uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi!

40. Zarba! O'rinboevning jarimadan yo'llagan zarbasini Abdunabiev qaytardi.

36. Xavfli vaziyat! "Metallurg" himoyachisi to'pni qaytarishda, darvozaboni esa to'pni ushlashda xatoga yo'l qo'ydi, ammo Abduxoliqov bosh bilan aniq zarba yo'llay olmadi.

33. Qaysidir jamoa hujum qilishini kutyapmiz. Jamoalar go'yoki hech narsani yo'qotmayotgandek bamaylixotir o'ynamoqda.

26. Oxirgi daqiqalarda birorta ko'zga ko'rinarli vaziyat sodir bo'lmadi, o'yin juda zerikarli ruhda o'tmoqda.

19. Qo'zievning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi.

17. "Bunyodkor"ning ilk burchak uzatmasi Filipovichning ancha noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

15. Xavfli vaziyat! SHaripov raqib posboni bilan birga-bir vaziyat gol ura olmadi, aniqrog'i, Abdunabiev to'pni qaytardi. Qolaversa, Daler o'yindan tashqari holatda qolgan ekan.

12. "Metallurg" futbolchisi tomonidan yo'llangan zarbani Abdunabiev egallab oldi.

10. To'raqulovning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ustidan yuqorilab ketdi.

7. Filipovichning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

4. Xavfli vaziyat! Mehmonlarning chap qanotdan uzatmasidan so'ng O'rinboev raqib jarima maydonida zarba yo'llashi mumkin edi, biroq "Bunyodkor" himoyachisi so'nggi pallada to'pni qaytardi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Metallurg" oq rangli libosda harakat qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика