So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  1 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  5 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  6

Superliga. "Bunyodkor" o'z maydonida "Metallurg"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" o'z maydonida "Metallurg"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Superliganing 25-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Coca Cola Superligasi. 25-tur

23 noyabr, payshanba

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 16:00

Superliga. "Bunyodkor" - "Metallurg" 1:0

Gollar: Jasur Hakimov 65'

Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Avaz Abdullaev, Sardor Hakimov, To'rabek Suyunov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jamshid Imamov

"Bunyodkor": 71. Sarvar Karimov, 3. Mahmud Mahamadjonov, 4. Davron Ergashev, 6.Avazbek O'lmasaliev (s), 8.SHohruhbek Abdurahmonov (7.Akbar Ismatullaev 90+1'), 11.Igor Ivanovich (10.Rasul Yo'ldoshev 46'), 15. Jasur Hakimov (45.Farhod O'tkirov 85'), 19. Bilol Tupliev (99. Umid Sultonov 71'), 29. Muzaffar Olimjonov, 30. Velington Taira, 77. Milan Marchich (22.Usmonali Ismonaliev 46'). 

Zaxira: 32. Suhrob Sultonov, 9.Farrux Ikromov, 20.Tohir To'xtasinov, 57.Amir To'raqulov.

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov (s), 3.Danial Mahini (15.Sardor Abduraimov 46'), 4.Kerim Palich, 6.Xudoyshukur Sattorov, 7.Husniddin G'ofurov (21.Muhammadaziz Ibrohimov 77'), 8.Iskandar SHayqulov, 11.Damir Temirov (22.SHahzodbek G'ofurbekov 77'), 14.Abrorbek Toshqo'ziev (19.Ergash Ismoilov 86'), 20.Daler SHaripov, 33.Ivan Yosovich,  77.SHahzod Ubaydullaev. 

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 23.Behruz SHodmonov, 24.Ro'ziboy Fayzullaev, 32.Zafarbek Rahimjonov, 70.Alisher Xayrullaev.

Ogohlantirishlar: Iskandar SHayqulov 21', Milan Marchich 41', Mahmud Mahamadjonov 45', Kerim Palich (o'yin yakuniga etganidan so'ng)


90+4. O'yin yakunlandi!

90+1. Muhammadaziz Ibrohimovning zarbasi noaniq bo'ldi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. Bahsning so'nggi daqiqalari o'tib bormoqda. Ikki jamoa ham navbati bilan hujumlar uyushtirmoqda.

81. Umid Sultonovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

75. "Metallurg" futbolchining havolatib uzatgan to'pi kuchli bo'lib ketdi.

72. SHahzod Temirovning jarima maydonchasi tomon erlatib uzatgan to'pini raqib himoyachilari qaytardi.

Hakimov o'ziga uzatilgan to'pni darvozabonning ustidan oshirib darvozaga joylab qo'ydi!

65. GOL! Jasur Hakimov uchrashuvda hisobni ochdi!

65. Davron Ergashev havolatib uzatilgan to'pni oyog'i bilan darvozaga yo'lladi, biroq zarba aniq bo'lmadi...

59. "Metallurg"ning ikki futbolchisi o'ziga kelgan to'pni darvozaga yo'llay bilmadi. Uchinchi zarba yo'llandi, biroq aniq bo'lmadi. Endi "Bunyodkor" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

48. O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Jasur Hakimov bosh bilan darvozaga yo'lladi, ammo noaniq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

39. SHaripov o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq tepilgan to'pni himoyachi qaytardi.

38. G'ofurovning zarbasi noaniq bo'ldi.

32. Mahamadjonov darvozabon oldinga chiqib ketganini ko'rib uzoq masofadan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo zarba aniq bo'lmadi.

27. Jasur Hakimov o'ziga uzatib berilgan to'pni o'tkir burchakda bo'lishiga qaramasdan darvozaga yo'lladi, to'pni darvozabon qaytardi.

22. Jasur Hakimovning bosh bilan bergan zarbasi darvozaga kirmay qoldi...

20. Uchrashuvning 20 daqiqasi ortda qoldi. Hozircha aytarli xavfli vaziyat ko'rmadik. O'yin nazorati mehmonlarda.

16. Yosovich raqib jarima maydonchasida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini bildirdi.

10. Daler SHaripovning zarbasini Karimov qaytarib yubordi!

5. Temirovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

3. SHahzod Ubaydullaev yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi.

2. Muzaffar Olimjonovning qanotdan uzatgan to'pini darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi.

1. O'yin boshlandi!

"Bunyodkor" stadionida joriy mavsumning so'nggi uchrashuvi o'tkazilayotgani bois stadionda O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv 16:00 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика