Superliga. Bugun Toshkent va vodiy derbisi bo'ladi, Qarshida ham o'yin bor
31 mar 2019 09:25
Yangiliklar


Superliga. Bugun Toshkent va vodiy derbisi bo'ladi, Qarshida ham o'yin bor
Toshkentda "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasida poytaxt derbisi bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Dastlabki turda "Bunyodkor" Jizzaxda "So'g'diyona"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ygandi. "Paxtakor" esa o'z maydonida "Lokomotiv"ni taslim qilgandi - 3:1.
Bunyodkor Mirzhahon Mirahmadov - 35' |
Superliga. 2-tur 31/03/2019, 17:00 2
:
1
Tugadi
|
Paxtakor Dostonbek Hamdamov - 17', Dragan CHeran - 63' |
Farg'onada "Qo'qon-1912" va "Andijon" jamoalari o'rtasida vodiy derbisi o'tkaziladi. Bu uchrashuv soat 19:15ga belgilangan.
Ilk turda qo'qonliklar "Navbahor" bilan 1:1 hisobida durang o'ynashgandi. "Andijon" Navoiyda "Qizilqum" bilan xuddi shu hisobni qayd etgandi.
Qarshida Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" klubi Sergey Lushan boshchiligidagi "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Bu o'yin ham soat 19:15da boshlanadi.
Ilk turda "Nasaf" Samarqanddan 1:1 hisobida durang bilan qaytgandi. "So'g'diyona" esa o'z uyida "Bunyodkor"ni mag'lub etgandi - 2:1.
Nasaf Dilshod Saitov - 6', Boburbek Davlatov - 53', Islom Kenzhaboev - 79' |
Superliga. 2-tur 31/03/2019, 19:15 1
:
3
Tugadi
|
So'g'diyona Nikola Milinkovich - 33' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar