So’nggi yangiliklar

08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  0 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  1 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0

Superliga. Bugun 13-tur yakuniga etadi Yangiliklar

Superliga. Bugun 13-tur yakuniga etadi

Bugun Superligada birinchi davraning eng so'nggi to'rtta uchrashuvi bo'lib o'tadi.

18:00 - LOKOMOTIV — SO'G'DIYONA (Mahalla TV LIVE)
Hakamlar:
Viktor Serazitdinov, Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Sardor Najafaliev
Komissar: Diyor Imomxo'jaev.

"Lokomotiv" Samvel Babayan qo'l ostidagi ilk bahsni "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi.

"Lokomotiv" o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda (5 g'alaba, 2 durang). "So'g'diyona" esa oxirgi 5ta turda hech kimga yutqazgani yo'q (3 g'alaba, 2 durang).

Ushbu klublar O'zbekiston chempionatida jami 22 marta o'zaro hisob-kitob qilishgan. 16 uchrashuvda "temiryo'lchilar"ning qo'li baland kelgan. To'rtta bahsda durang qayd etilgan. "So'g'diyona" bu raqibni faqat ikki marta mag'lub eta olgan xolos.

"Lokomotiv" Toshkentda o'tgan 11ta o'yinning barchasida "So'g'diyona"ni mag'lub etgan. Yani Jizzax klubi ushbu jamoa maydonidan hech qachon ochko bilan ham qayta olmagan.

Oxirgi marta "So'g'diyona" "Lokomotiv"ni 2008 yilda (o'z uyida) mag'lub etgan ekan. SHundan so'ng ketma-ket 15ta o'zaro o'yinlarda "Loko" umuman mag'lub bo'lmagan.

Lokomotiv

Sardor Mirzayev - 88', Jamshid Iskanderov - 89'

Superliga. 13-tur

29/06/2019, 18:00

0
:
2
Tugadi

So'g'diyona

45'
90'
46'  Vladislav Fomin (Sardor Mirzayev)
68'  Azizbek Haydarov (Igor Yelich)
76'  Yovan ZHokich (Diyor Turopov)
88'  Sardor Mirzayev
88'  Igor Yelich
89'  Jamshid Iskanderov
31'  Iskandar SHaykulov
33'  Doston Toshmatov (Izzat Abdullaev)
90'  Shohruz Norxonov



18:00 - QO'QON-1912 — PAXTAKOR (Sport TV LIVE)
Hakamlar:
Vadim Agishev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Artyom Arutyunov
Komissar: Aleksandr Davidenko

O'z maydonida bitta o'yin o'tkazgan "Qo'qon-1912" safarda umuman yutqazmagan "Paxtakor"ni qabul qiladi.

"Paxtakor" bu mavsum bironta o'yinda yutqazmagan yagona klub bo'lib turibdi. "Qo'qon-1912" oxirgi 7ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmadi (3 durang, 4 mag'lubiyat).

O'zaro o'yinlarda ustunlik "Paxtakor" tomonida. "SHerlar" 26ta o'yinning 14tasida g'olib bo'lishgan. Besh bor "Qo'qon-1912" zafar quchgan. Yana 7ta bahsda g'olib aniqlanmagan.

"Qo'qon-1912" so'nggi bor 2003 yilgi mavsumda ushbu jamoani mag'lub etgan ekan. SHundan keyingi 8ta uchrashuvda "Paxtakor" qo'qonliklarga umuman mag'lub bo'lmagan.

Oxirgi to'rt yilda Qo'qonda o'tgan o'zaro o'yinlarning barchasida durang kuzatilgani etiborga molik.

"Paxtakor" so'nggi bor bundan 17 yil avval (2002 yil) Qo'qonda g'alaba qozongan.

Qo’qon-1912

Shahboz Erkinov - 29'

Superliga. 13-tur

29/06/2019, 18:00

2
:
1
Tugadi

Paxtakor

SHohrux Mahmudhozhiev - 78', SHohrux Mahmudhozhiev - 90'

45'
90'
29'  Shahboz Erkinov
29'  Murod Xolmuhamedov
55'  Marko Milich
62'  Jasur Hasanov
70'  Jamshid Hasanov (Javohir Esonqulov)
81'  Shahboz Erkinov (Behruz Sadilloyev)
41'  Dragan CHeran
65'  Jaloliddin Masharipov
72'  Igor Sergeyev (SHohrux Mahmudhozhiev)
75'  Xozhiakbar Alizhonov (Akrom Komilov)
78'  SHohrux Mahmudhozhiev
78'  Sardor Sobirxo’jayev
86'  Akrom Komilov (Vladimir Kozak)
90'  SHohrux Mahmudhozhiev
90'  Jaloliddin Masharipov



20:00 - NASAF — SURXON
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: SHoxruh Said

Qashqadaryo va Surxondaryo klublari o'rtasidagi to'qnashuv. "Nasaf"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 2ta o'yinga etdi (g'alaba va durang).

Bu ikki klub shu kungacha chempionat doirasida 16 marta o'zaro bahs olib borishgan. 12ta uchrashuvda "ajdarlar" g'olib bo'lishgan. Uch marta durang qayd etilgan. "Surxon" o'z tarixida bir martagina "Nasaf"ni taslim qilgan. Bu voqea 1999 yil Termizdagi bahsda sodir bo'lgan.

Faqat Qarshidagi o'yinlarga etibor qaratsak "Nasaf" bo'lib o'tgan 8ta uchrashuvning barchasida bu raqibni mag'lub etgan. Yani "Surxon" Qarshidan faqat mag'lub bo'lib qaytgan ekan. Yana bir fakt: "Surxon" Qarshida 8ta o'yin o'tkazgan va raqib darvozasiga bittagina gol urgan (1997 yil).

Nasaf

Oybek Bozorov - 80', Humoyun Murtozaev - 90'

Superliga. 13-tur

29/06/2019, 20:00

0
:
2
Tugadi

Surxon

45'
90'
80'  Oybek Bozorov
90'  Humoyun Murtozaev



20:00 - BUXORO — ANDIJON (Mahalla TV LIVE)
Hakamlar
: Aziz Asimov, Artyom Kalinin, Farhod Usmonov, Naim Qosimov
Nazoratchi: G'ayrat Karimov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Mavsum davomida bosh murabbiyi o'zgargan ikki klub o'rtasidagi bahs. “Buxoro” bu mavsum o'z uyida umuman yuta olmayapti (3 durang, 3 mag'lubiyat). “Andijon” esa safarda g'alaba nimaligini bilmayapti (4 durang, 3 mag'lubiyat).

"Andijon"ning g'alabasiz seriyasi 7ta o'yinga etdi (4 durang, 3 mag'lubiyat). "Buxoro"da esa seriya bitta o'yinga ko'proq (2 durang, 6 mag'lubiyat).

Ushbu klublar bugunga qadar O'zbekiston chempionatida jami 44 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. "Buxoro" 20ta, "Andijon" 12ta g'alabaga erishgan. Qolgan 12ta uchrashuvda durang kuzatilgan.

"Andijon" Buxoroda o'tgan 22ta o'yinning faqat bittasida g'olib bo'lgan ekan. Bu voqea 2008 yilda sodir bo'lgan. Buxoroda o'tgan oxirgi 6ta o'yinda mezbonlar bu jamoaga yutqazishmagan (5 g'alaba, 1 durang).

O'zaro o'yinlarning so'nggi uchtasida (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Buxoor" uch marta g'alaba qozongan.

Buxoro

Behruz SHodmonov - 42'

Superliga. 13-tur

29/06/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Andijon

45'
90'
42'  Behruz SHodmonov
87'  Artyom Kulesha


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика