So’nggi yangiliklar

15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  0 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  15 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  9 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  8

Superliga. Bugun 11-tur start oladi va Qo'qonda stadion ochiladi Yangiliklar

Superliga. Bugun 11-tur start oladi va Qo'qonda stadion ochiladi

Bugun O'zbekiston Superligasida 11-tur uchrashuvlari boshlanadi.


18:00 - QO'QON-1912 — DINAMO
"Qo'qon-1912" bu mavsumda Qo'qondagi ilk o'yinini shu tur o'tkazadi. Samarqandning "Dinamo" klubi safarda 4ta o'yinda maydonga tushdi va umuman g'alaba qozona olmadi (2 durang va 2 mag'lubiyat).

"Dinamo"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 5ta o'yinga etdi (1 g'alaba va 4 durang). "Qo'qon-1912" bu mavsumda hozirgacha eng ko'p gol o'tkazgan klub bo'lib turibdi - 22ta.

Qo'qonliklar esa aksincha beshta o'yindan buyon yuta olishmayapti (1 durang va 4 mag'lubiyat).

Bu klublar O'zbekiston chempionatida jami 18 marta to'qnash kelishgan. Natijalar vodiy klubining ustunligini ko'rsatmoqda. Qo'qonliklar 8 marta g'alaba qozonishgan. Besh marta Samarqand klubi zafar quchgan va yana beshta uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Dinamo" o'z tarixida hech qachon Qo'qondan g'alaba bilan qayta olmagan - 3 durang va 6 mag'lubiyat.

Qo’qon-1912

Superliga. 11-tur

15/06/2019, 18:00

2
:
2
Tugadi

Dinamo

Bobur Qosimov - 21', Jasur Azimov - 23', Jasur Azimov - 28', Mirkomil Loqayev - 46'

45'
90'
40'  Oybek Rustamov
46'  Temur Usmonov (Javohir Esonqulov)
61'  Marko Milich
61'  Muhammadanas Hasanov (Shahboz Erkinov)
71'  Quvondiq Ro'ziev (Behruz Sadilloyev)
21'  Bobur Qosimov
23'  Jasur Azimov
28'  Jasur Azimov
32'  Hakimzhon Alamxonov
46'  Mirkomil Loqayev
46'  Qadamboy Nurmetov (Amirzhon Safarov)
61'  SHohruh Abdurahmonov
69'  Damir Temirov (Siroj Hamroyev)
90'  Sardor Eminov (Nizomjon Norov)



19:30 - LOKOMOTIV — SURXON

Musobaqa jadvalida ikki va uchinchi o'rinda borayotgan klublar o'rtasidagi bahs. "Surxon" ustozi Andrey Miklyaev sobiq klubiga qarshi.

"Lokomotiv" 9ta turdan buyon yutqazmay kelmoqda (6 g'alaba, 3 durang). Oxirgi 3ta o'yinda "temiryo'lchilar" darvozasiga hech qaysi klub gol ura olmadi.

Amaldagi chempion bu yil o'z maydonida umuman yutqazmadi - 4 g'alaba, 2 durang. "Surxon"ning safardagi ko'rsatkichlari: 2 g'alaba va 2 mag'lubiyat.

Bu klublar ushbu mavsumda eng kam gol o'tkazgan jamoalar hisoblanishadi: "Lokomotiv" 7, "Surxon" 8.

"Lokomotiv" hamda "Surxon" O'zbekiston chempionatida faqat 2004 yilgi mavsumda o'zaro kuch sinashishgan. Qizig'i ikkala bahsda ham hisob ochilmagan. Yani o'zaro o'yinlarda hech bir tomon gol ura olmagan.

Lokomotiv

Islom Tuxtaxo’jayev - 16', Yovan ZHokich - 27', Arslanmirat Amanov - 67', Temurxo’ja Abduxoliqov - 73', Azizbek Amonov - 88'

Superliga. 11-tur

15/06/2019, 19:30

1
:
5
Tugadi

Surxon

Abbosbek Maxsataliyev - 79'

45'
90'
16'  Islom Tuxtaxo’jayev
27'  Yovan ZHokich
67'  Arslanmirat Amanov
73'  Temurxo’ja Abduxoliqov
88'  Azizbek Amonov
79'  Abbosbek Maxsataliyev



20:00 - QIZILQUM — SO'G'DIYONA
Ushbu mavsumda umuman durang o'ynamagan yagona klub Navoiyda mehmon bo'ladi.

"Qizilqum" uchta turdan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda (2 durang, 1 mag'lubiyat). "So'g'diyona" esa aksincha oxirgi uchta o'yinning barchasida g'alaba qozondi.

O'zaro o'yinlar tarixiga nazar solsak 32ta uchrashuvning teng yarmida "Qizilqum" g'olib bo'lganini ko'rish mumkin. Etti o'yinda Jizzax klubining qo'li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda durang kuzatilgan.

Etiborlisi "Qizilqum" o'z maydonida hech qachon bu jamoaga yutqazmagan ekan - 11ta g'alaba va 5ta durang.

Qizilqum

Elguzha Grigalashvili - 60'

Superliga. 11-tur

15/06/2019, 20:00

1
:
1
Tugadi

So'g'diyona

Kaxi Maxaradze - 8'

45'
90'
60'  Elguzha Grigalashvili
8'  Kaxi Maxaradze

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика