So’nggi yangiliklar

15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  6 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  9

Superliga bitta shaharda davom etadimi, o'yinlarga OAV kiritiladimi, PRO-liga qanday bo'ladi? Diyor Imomxo'jaev bilan eksklyuziv suhbat Yangiliklar

Superliga bitta shaharda davom etadimi, o'yinlarga OAV kiritiladimi, PRO-liga qanday bo'ladi? Diyor Imomxo'jaev bilan eksklyuziv suhbat

Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasi 2020 yil 5 iyundan boshlab O'zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berilganini elon qildi.

SHu munosabat bilan PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaevga o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

- Superliga uy safar tizimida davom etadimi?

- Biz ishlab chiqqan rejaga ko'ra Superliga uchrashuvlari uy-safar tizimida davom ettiriladi.

- Superliga o'yyinlarini yoritishni istagan OAV o'inlarga kiritiladimi?

- OAV haqida ham o'ylaganmiz. Ularga ham karantin qoidalari taqdim etiladi, protokolga to'liq amal qilinadi. Qaysi joydan kiriladi, qaysi joydan chiqishadi barchasi tartibli bo'ladi. SHu talablarga amal qiladigan OAV vakillari o'yinlarga kiritiladi.

- Beshta o'zgarishga ruxsat beriladimi?

- Beshta o'zgarishga ruxsat beriladi, lekin 3ta imkoniyatda. Yani bir jamoa o'yin davomida 3 marta o'zgarish uchun pauza oladi. Taymlar orasida ham futbolchini almashtirish mumkin. SHuni takidlash lozimki, 5 futbolchini o'zgartirish imkoniyati birinchi davra yakuni, 13-turga qadar ruxsat beriladi.

- Superliga bahslari boshlangach, xudo ko'rsatmasin qaysidir futbolchi yoki murabbiydan virus chiqsa butun jamoa karantinga olinadimi?

- Bu savolga javobni aniq bilmayman. Lekin katta ehtimol bilan shunday bo'ladi. Bu narsani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hal qilishimiz kerak. Ayni paytda Navoiyda xizmat safaridamiz, Toshkentga qaytganimizdan keyin ular bilan uchrashib, barchasini kelishib olamiz.

- To'rt davradan iborat PRO-liga taqdiri nima bo'ladi?

- Xabaringiz bor, 2020 yilgi PRO-liga hali boshlanmagan. SHu bois ushbu liga klublari bosh murabbiylari bilan gaplashib, formatini o'zgartiramiz va chempionat bahslari qachon start olishini alohida elon qilamiz.



Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика