So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  5 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Superliga. Birinchi davrada o'zini oqlamagan legionerlar. Bolov, Litvyakov... Yangiliklar

Superliga. Birinchi davrada o'zini oqlamagan legionerlar. Bolov, Litvyakov...

Superliganing birinchi davrasi yakuniga etdi. Demak, ayrim masalalar hususida mulohaza yuritsak bo'ladi.

Klublarimiz mavsum avvalida o'z saflarini bir nechta xorijlik futbolchilar bilan to'ldirib olishiga odatlanishgan. Murabbiylar taklif qilgan ayrim xorijlik futbolchilar o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirgan bo'lsa, qolganlari doimgidek bildirilgan ishonchlarni oqlamadi. Bilsangiz, legioner tanlash ham bir mahorat hisoblanadi. Bu borada “Nasaf” murabbiyi Ro'ziqul Berdiev, AGMK jamoasi ustozi Mirjalol Qosimovni qolgan jamoalarga o'rnak sifatida ko'rsatishimiz mumkin. Afsuski, ko'p hollarda jamoalarimiz narixi qimmat, o'yini esa o'zimizning mahalliy futbolchilardan ham kuchsiz bo'lgan legionerlarga tayanadi. So'ng esa ketidan bir necha yil pulini to'laydi. Quyida birinchi davra mobaynida o'zini oqlamagan xorijlik futbolchilar haqida gaplashamiz.

Pavel Golishev – “Navbahor”

Qishki transferlar oynasining so'ngi kunlarida “Navbahor” safiga qo'shilgan rossiyalik futbolchi Pavel Golishevni nima sababdan olib kelinganini faqat Kanchelskis biladi, xolos. Lekin, o'tgan davr mobaynida ushbu o'yinchining jamoaga qay tomonlama foydasi tegayotganini sezmadik, maydonga tushgan uchrashuvlarida ham deyarli hech narsa qilgani yo'q. Bunga namanganlik muxlislar ham guvoh bo'lishmoqda. Har holda uning o'zimizning mahalliy futbolchilardan biron bir ustun jihatini ko'rmadik, balki jamoaga moslashishga qiynalayotgandir, balki boshqa sabablar bordir. To'g'ri, oxirgi uchrashuvlarda biroz faollikni oshirgani ham bor gap. Balki ikkinchi davrada jamoaga yanada foyda keltirar. Hujum chizig'ini kuchaytirishi kutilgan Ruslan Bolov borasida ham fikrimiz xuddi shunday, lekin Bolov hamyurtiga qaraganda bir nechta uchrashuvda gol urishni uddasidan chiqa oldi. 

Statistikasi: Ruslan Bolov 9ta o'yin 438 daqiqa 2 gol 1ta pas, Pavel Golishev 6ta o'yin 210 daqiqa


Slavko Damyanovich – “Lokomotiv”

Mavsumni qolgan jamoalarimizga nisbatan ancha erta boshlagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi mudofaa chizig'ini kuchaytirish maqsadida xorijdan Slavko Damyanovichni jamoaga jalb qildi. Biroq, mazkur futbolchi haqida ham biron bir iliq fikr bildirishga asos topa olmadim. “Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuvlarda Damyanovich yaqqol ko'zga tashlangani yo'q, ayrim bahslarda uning himoyadagi xatolari jamoaga qimmatga tushdi, umuman olganda uni ham legioner nomiga loyiq o'yin ko'rsatdi deya olmaymiz. Balki, bu o'sha payt vaqt tig'izligidan kelib chiqib qabul qilingan qaror bo'lishi mumkin. CHunki, jamoa OCHL saralash bosqichida o'z yurishini boshlashi kutilayotgandi. Bunday pallada ko'p hollarda jamoalarimiz legioner tanlashda shoshma shosharlikka yo'l qo'yishadi. 

Statistikasi: 6 o'yin 540 daqiqa

 

Dilaver Xaris – “Nasaf”

Legioner tanlashda etti o'lchab bir kes maqoliga amal qiladigan Ro'ziqul Berdiev qishda jamoaga kelgan bosniyalik Dilaver Xarisning xizmatlariga ortiq ehtiyoj sezmaslikni lozim topdi. Bilishimizcha Xaris faoliyatida ilk bor o'z mamlakatidan chetda to'p tepishi ekan, shu bois muhit va jamoaga moslashishda muammolarga uchradi. Aniqrog'i “Nasaf”ning o'yin uslubiga kirishib keta olmadi, murabbiy aksariyat o'yinlarda zaxiradan maydonga tushirdi, yana imkoniyat berish maqsadida AGMK bilan bahsda asosiy tarkibda ishonch bildirdi. Ammo, u o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi. Marko Stanoevich esa jamoaga tezda moslashib ketdi, asosiy tarkibga munosib ekanligini isbotlay oldi. 

Statistikasi: 7 o'yin 212 daqiqa


Makkartni Tevin – “Qizilqum”

Katta umidlar bilan “Qizilqum”ga kelgan namibiyalik Makkartni Nevaseb boshida chakki ko'rinmayotgan edi, dastlabki turlarda gollar ham urdi. Lekin, Superliga restartidan keyin sermahsullik yo'qoldi, darajasini ko'rsata olmadi. Kinoda aytganidek “SHox sohta bo'lib chiqdi”. Ikkinchi restartdan so'ng jamoani qaytadan shakllantirish ishlarini boshlab yuborgan navoiy jamoasi uning xizmatlaridan voz kechishga va asosiy etiborni mahalliy futbolchilarga qaratishga qaror qildi. CHunonchi, jamoada malum vaqt to'p tepgan turkmanistonlik Abdi Bashimov, Vazirgeldi Ilyasovlarga ham javob berib yuborildi. 

Statistikasi: 9 o'yin 589 daqiqa 1 gol


Didar Durdiev – “Mashal”

Klub bosh direktori Ilhom Qurbonovning takidlashicha Didar Durdiev “Mashal”ning falsafasi va uslubiga mos kelmagan. Turkmanistonlik yarim himoyachi qishki yig'inlar chog'ida “Navbahor”da ham ko'rikda bo'lib qaytgan, qishning oxirgi kunlarida esa “Mashal”ga kelib qo'shilgandi. O'zini ko'rsata olmadi shekilli zaxira futbolchisiga aylandi qoldi. Natijada yozgi keldi ketdilar mavsumida Durdiev ham jamoadan ketdi. 

Statistikasi: 5 o'yin 129 daqiqa 


Artyom Litvyakov – “Andijon”

Qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida “Andijon”ga taklif qilingan moldovalik hujumchi Artyom Litvyakov ham ishonchlarni oqlaganicha yo'q. Yangierda o'tkazilgan bir nechta nazorat bahslarida gollar urib biroz umid bag'ishlagandi. Lekin, rasmiy o'yinlarda uning maydonda borligi bilinayotgani ham yo'q. Hujumchining vazifasi gol urish, hozirda jamoaning oldingi chizig'ida muammolar etarlicha, mahalliy futbolchilar etarli darajada to'p tepmayapti. Mana shunday pallada legionerlar katta sahnaga chiqishi darkor. Kumikov oxirgi uchrashuvlarda forvardga asosiy tarkibdan joy ajratmoqda, lekin....Mening fikrimcha uning o'rniga o'rinbosarlar jamoalarida ko'zi yonib turgan ishtiyoqli yoshlarga imkoniyat bersa maqsadga muvofiq bo'lardi. 

Statistikasi: 11 o'yin 506 daqiqa, 0 gol

Har bir klub o'zining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib tarkibga legioner jalb etadi. Biroq, bir nechta uchrashuvda o'ynab, keyinchalik millionlab mablag'larni olib ketadigan xorijlik futbolchilardan bugunoq voz kechish kechgan foydaliroq. Ularga ketayotgan mablag'larni ozginasini bo'lsada o'zimizni yosh shijoatli qorako'zlarga sarflash maqsadga muvofiq bo'lardi. Jamoaning kuniga bir kun kelib bugun o'ynab ertaga ketadigan legionerlar emas o'zimizning futbolchilar yaraydi. 

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика