So’nggi yangiliklar

10:50"Челси"да тахт учун кураш бошланди  1 10:17"Ман Сити" Де Брюйненинг ўрнига номзод топиб қўйди  0 09:43Осимхен "Галатасарой" сафига ўтганидан кейин илк бор фикр билдирди  3 09:05"Реал"нинг яна бир футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  1 08:28Руни қайси клубда ўйнаш армон бўлиб қолганини маълум қилди  0 07:56"Ливерпуль" афсонаси вафот этди  2 07:27Бугун тарихда илк бор "Ҳумо арена"да футзал учрашуви бўлиб ўтади  6 07:05Миллатлар лигаси. Германия - Венгрия, Немислар йирик ғалаба билан бошлашди, Мусиалада 1+3  0 06:53Миллатлар лигаси. Ирландия - Англия, Райс ва Грилиш собиқ терма жамоаларига гол уришди  0 01:46Миллатлар лигаси. Германия, Греция ва Нидерландиядан йирик ғалаба, Украина эса кутилмаганда Албанияга мағлуб бўлди  0 01:23"Реал" жамоадаги захира ўйинчисининг ҳаракатларидан ҳайратда  5 00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  7 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  4

Superliga bilan ishimiz yo'q, bizga Dream Cup - Orzular Kubogi kerak Yangiliklar

Superliga bilan ishimiz yo'q, bizga Dream Cup - Orzular Kubogi kerak

Xalqimizda "Orzuga ayb yo'q" degan ajoyib maqol bor.

Mana oxirgi ikki kundirki Evropa futboli osmonida momaqaldiroq yanada qattiqroq gumburlayapti, chaqmoq tinmay chaqyapti. Barchaning og'zidan Superliga degan tushuncha tushmay qoldi.

Bu o'rinda ikki tarafni ham eshitgan maqul. Madomiki Evropaning super klublari UEFAdan o'zlari xohlagan pullarni olishmayotgan ekan, o'z aravangni o'zingni tort qabilida ish tutishga majbur bo'lishadi. SHu bois grandlar Superliga tashkil etish orqali millionlarni ishlash payiga tushib qolishdi. 

Albatta, katta klublarning xarajatlari ham katta bo'ladi. Bu o'rinda futbolchilarning birgina maoshini to'lab berishda faqat TV translyaciya va klub atributikalari sotuvidan tushadigan mablag' kamlik qiladi. Albatta, u erda klublar xususiy va o'zlari xohlagan ishni qilishga haqli. 

Yangi tuzilajak (agar haqiqatan tuziladigan bo'lsa) Superliga Evropa futboliga qanchalik tasir ko'rsatadi, bu haqda biron gap aytish qiyin. Lekin, qachondir boshida shiddatli ko'ringan bu loyiha bir kun kelib zerikarli tus ola boshlaydi va yakunda boshlab bergan klublarning o'zi shuni tugatib qo'ya qoladi degan taxmin ham yo'q emas. 

Evropaning etakchi klublari yanada kuchayish maqsadida boshqacha qadam tashlashni maqul ko'rishgan ekan, keling shu o'rinda biz ham orzu qilib ko'ramiz. O'zbek xalqining 30 yillik orzusini ro'yobga chiqarish maqsadida biz ham yangi loyihaga qo'l uramiz va ajab emaski, agar o'xshab qolgan taqdirda bu loyiha ko'pchilikka maqul keladi.

Futbolga shinavanda muxlislarimizning eng katta orzusi nima? Albatta, O'zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatida ko'rish. Bu haqda yillar davomida aytib kelinadi. JCH saralash bahslari start olishi bilanoq biz mundialga borish orzusida yashaymiz, lekin har safar nimadir bo'lib katta musobaqadan chetda qolaveramiz.

Real olib qarasak, hozirgi sharoitda 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan mundialga borish qiyin masala. FIFA 2026 yil bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirokchilar sonini oshirishni malum qilgan. Hozirda 32ta jamoa qatnashayotgan musobaqada 2026 yil 48ta jamoa bo'ladi. FIFA shu paytgacha Osiyo uchun 4,5ta yo'llanma berib kelgan bo'lsa, 2026 yilda Osiyoning 8 jamoasi mundialda o'ynaydi. Mana shu musobaqaga har holda bora olsak kerak. 

SHu o'rinda bir narsani hisobga olaylik. Har to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan mundialda 32ta jamoa qatnashadimi yoki 48tami, baribir juda ko'pchilik tomoshabin bo'lib qolyapti. CHunki FIFAga azo mamlakatlar orasida kuchli jamoalar ko'p. Masalan, 2018 yil Rossiyada o'tkazilgan jahon chempionatiga Italiya, Gollandiya, Uels, Ukraina, AQSH, Kot-D'Ivuar, CHili, Paragvay, Ekvador, O'zbekiston, Xitoy, BAA kabi jamoalar bora olmadi va shunchaki tomoshabin bo'lib kuzatishdi. Aslida bu jamoalarga ham xalqaro turnir bo'lgani maqul emasmi? 

SHundan kelib chiqib FIFAga jahon chempionatida o'ynamaydigan qolgan 32 jamoa uchun Dream Cup, yani Orzular Kubogi tuzishni taklif qilamiz. Bu xuddi Osiyo chempionlar ligasiga OFK Kubogi, Evropa chempionlar ligasiga Evropa Ligasi o'rinbosar musobaqa kabi qaralganidek, Jahon chempionati uchun ham Orzular Kubogi o'rinbosar turnir bo'ladi. Mayli eng kuchlilar World Cupda o'ynasin, lekin boshqalar chetda qarab qolib ketmasin va Dream Cupda ishtirok etsin. 

Biz buni Evropada klublar Superliga tashkil qilayotganidek o'zboshimchalik bilan emas, balki FIFAga shuni o'tkazishni taklif qilamiz. SHu orqali FIFA har to'rt yilda ikkita katta musobaqani tashkil qiladi va o'ylaymizki, ko'p jamoalar bundan manfaatdor bo'ladi. Aytaylik, jahon chempionati boshlanishiga uch oy qolganida dastlab Orzular Kubogi o'tkaziladi, shundan keyin yana hamma etibor Jahon chempionatiga qaratiladi.



Nima uchun Dream Cup?

Buning sababi oddiy, bu jahon chempionatiga chiqa olmagan, biroq jahon chempionatiga chiqish orzusida bo'lgan terma jamoalar uchun tashkil qilinadi. Masalan, O'zbekiston misolida oldigan bo'lsak, 30 yildan beri jahon chempionatiga chiqish orzusi bilan yashayapmiz. Buning uchun FIFAni ayblashdan yiroqmiz, faqat qachondir biz ham xalqaro miqyosdagi katta musobaqada o'ynashimiz kerak-ku. SHuning uchun, mayli o'z kuchimiz bilan mundialga bora olmasak ham, lekin Orzular Kubogida o'ynash uchun bemalol harakat qilsa bo'ladi, bunga kuchimiz ham etadi. 


Musobaqa formati qanday bo'ladi?

Bu erda musobaqa formati qanday bo'ladi deb Amerika ochish shart emas. FIFA shu paytgacha Jahon chempionatlari saralash bosqichini qay tartibda o'tkazib kelgan bo'lsa, shunday davom etadi, FIFA o'z tarkibidagi 7ta konfederaciyaga JCH o'rinlarini qanday taqsimlagan bo'lsa, Orzular Kubogi uchun ham shunday taqsimlaydi. Faqat bu erda keyingi o'rinlar hisobga olinadi.

Sodda qilib aytganda OFK uchun 4,5 yo'llanma mundialga berilgan deb hisoblasak, keyingi 4,5ta yo'llanma Orzular Kubogi musobaqasi uchun beriladi. Boshqalar ham xuddi shu zaylda ish olib boradi. Bu qanday bo'lishi yanada tushunarli bo'lishini JCH-2018 saralash bosqichi natijalaridan kelib chiqib quyida yanada aniqroq tushuntirib beramiz. 

2018 yilgi mundial Rossiyada o'tkazildi va Rossiya mezbon bo'lgani uchun saralashda qatnashmadi. FIFA esa qolgan 31 jamoani saralash bellashuvlari orqali aniqlab oldi. Buning uchun FIFA OFKga 4,5, Afrikaga 5, SHimoliy va Markaziy Amerikaga 3,5, Janubiy Amerikaga 4,5, Okeaniyaga 0:5 va UEFAga 13ta yo'llanma ajratdi.


OFK

JCH uchun berilgan yo'llanma - 4,5

To'g'ridan to'g'ri chiqqan jamoalar: Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni.

Pley-offda o'ynagan jamoalar: Suriya, Avstraliya.

4-5 o'rinlar: O'zbekiston, BAA, Xitoy, Iroq.

JCH-2018 saralash bosqichi yakunlariga ko'ra, Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni to'g'ridan to'g'ri JCH yo'llanmasiga ega bo'ldi. O'z guruhlarida uchinchi o'rinni band etgan Suriya bilan Avstraliya o'zaro pley-offda kuch sinashib, bunda Avstraliyaning qo'li baland keldi. SHunga ko'ra, Dream Cupda keyingi 4,5ta jamoa bo'ladi. Bu pley-offda mag'lub bo'lgan Suriya hamda o'z guruhlarida 4-5 o'rinlarni olgan yana to'rtta jamoa: O'zbekiston, Xitoy, BAA va Iroq.


AFRIKA

JCH uchun berilgan yo'llanma - 5

To'g'ridan to'g'ri chiqqan jamoalar: Tunis, Nigeriya, Marokash, Senegal, Misr. 

O'z guruhlarida 2-o'rinni egallagan jamoalar: Kongo, Zambiya, Kot-d'Ivuar, Burkina Faso, Uganda.

Afrikada JCH saralash bahslari 5ta guruhda o'tkazib kelinadi va guruh g'oliblari mundial yo'llanmasiga ega bo'lishadi. Lekin buyoqda 20ta jamoa musobaqasiz qolib ketyapti. Keling, o'z guruhlarida ikkinchi o'rinni egallagan jamoalarni biz Orzular Kubogiga qo'yamiz. SHunday bo'lgan taqdirda JCH-2018 saralash bahslari yakuniga ko'ra, Kongo, Zambiya, Kot-d'Ivuar, Burkina Faso va Uganda Dream Cupda o'ynaydi.


SHIMOLIY VA MARKAZIY AMERIKA

JCH uchun berilgan yo'llanma - 3,5

To'g'ridan to'g'ri chiqqan jamoalar: Meksika, Kosta-Rika, Panama.

Pley-off ishtirokchisi: Gonduras

Oxirgi 2ta o'rin: AQSH, Trinad va Tobago.

Bu erda dastlab 3,5ta yo'llanma jahon chempionatiga beriladi. Qolgan yo'llanmalar Orzular Kubogi uchun taqdim etiladi. Avvalgi saralashda Gonduras Avstraliyaga mag'lub bo'lib, pley-offdan o'ta olmagan. Demak, yutqazib qo'ygani uchun bu jamoa Dream Cupda o'ynaydi. Keyingi uchta jamoadan ikkitasi o'rinini AQSH bilan Trinidad va Tobago to'ldiradi. Ishtirokchilar soni boshqa bo'lmagani bois yana bitta bo'sh joy boshqa konfederaciyaga berilishi mumkin.


JANUBIY AMERIKA

JCH uchun berilgan yo'llanma - 4,5

To'g'ridan to'g'ri chiqqan jamoalar: Braziliya, Urugvay, Argentina, Kolumbiya.

Pley-off ishtirokchisi: Peru

Keyingi to'rtta o'rin: CHili, Paragvay, Ekvador, Boliviya.

Janubiy Amerikada saralashda 10ta jamoa qatnashadi va dastlabki 4 jamoa to'g'ri JCH yo'llanmasiga ega bo'ladi. Peru mintaqaning beshinchi jamoasi sifatida pley-offda Yangi Zelandiyani mag'lub etib mundialga yo'l oldi. SHunda keyingi to'rtta o'rin sohiblari - CHili, Paragvay, Ekvador va Boliviya Orzular Kubogida o'ynaydi. Qo'shimcha yarimta yo'llanmani esa Venesuelaga bersa bo'ladi.


OKEANIYA

JCH uchun berilgan yo'llanma - 0,5

Pley-off ishtirokchisi: Yangi Zelandiya.

Okeaniya uchun faqat yarimta yo'llanma berilgan. Agar omadi kelib Yangi Zelandiya pley-offdan o'tsa JCHga boradi. Mobodo yutqazib qo'ysa, unda Dream Cupda o'ynaydi.    


EVROPA

JCH uchun berilgan yo'llanma - 13+1 (+1 musobaqa mezboni)

JCHga to'g'ridan to'g'ri chiqqan jamoalar (9ta): Franciya, Portugaliya, Germaniya, Serbiya, Polsha, Angliya, Ispaniya, Belgiya, Islandiya.

2-o'rin bilan pley-offda qatnashgan jamoalar: SHveciya, SHveycariya, SHimoliy Irlandiya, Irlandiya, Daniya, Italiya, Greciya, Xorvatiya.

Pley-offdan o'tgan jamoalar: SHveycariya, Xorvatiya, Daniya, SHveciya. 

Pley-offda yiqilgan jamoalar: SHimoliy Irlandiya, Greciya, Irlandiya, Italiya.

Evropada JCH-2018 saralash bahslari 9ta guruhda o'tkazildi. Saralash yakunlariga ko'ra, 9ta g'olib jamoa to'g'ridan to'g'ri JCHga yo'l olishdi. SHuningdek, o'z guruhlarida ikkinchi o'rinni egallagan 8ta jamoa pley-offda o'ynadi. Bunda albatta, eng yaxshi ko'rsatkichga etibor qaraladi va Slovakiya ikkinchi o'rinni olgan bo'lsa ham pley-offga chiqa olmadi.

Dream Cup uchun Evropadan jamoalar qanday saralanadi? Birinchi navbatda pley-offdan yiqilganlar, chunki o'tganlar JCHga boradi. Pley-offdan yiqilgan to'rtta jamoa (SHimoliy Irlandiya, Greciya, Irlandiya, Italiya), ikkinchi o'rin bilan ham pley-offda qatnasha olmagan Slovakiya hamda 9ta guruhning 3-o'rinni olganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega 8 jamoa. Bular - Gollandiya, SHotlandiya, Uels, Bosniya, Ukraina, CHernogoriya, CHexiya, Vengriya va agar imtiyoz berilsa Albaniya bo'ladi. Negaki o'tgan saralashda Albaniya ham Vengriya kabi 13 ochko to'plagan.



Maqsad - ko'proq jamoalarning o'yin amaliyotiga ega bo'lishini taminlash

Dream Cup, yani Orzular Kubogini tashkil etish orqali FIFA yana bir qiziq musobaqaga asos solgan bo'ladi. SHunda jahon chempionatiga chiqa olmagan jamoalar yana 4 yil armon bilan yashamay, ikkinchi musobaqada ishtirok etishadi. Maqsad esa ko'proq jamoalarning xalqaro o'yinlarda maydonga tushishini taminlash bo'ladi.

2026 yildan JCH ishtirokchilari shundoq ham 48taga etkaziladi, Orzular Kubogini o'tkazishdan naf bormikin degan savol tug'iladi. Bor, albatta. Mayli, jahon chempionati 48 mamlakat ishtirokida o'tkazib ko'rilsin, lekin biz 32 jamoa ishtirokidagi ikkinchi turnirga ega bo'lsak, buning nimasi yomon?

Axir boshqalar faqat tomoshabin bo'lib qolmasligi kerak-ku, bu boshqa jamoalar uchun ham o'yin amaliyoti bo'ladi, ham muxlislar futboldan zavq oladi. Aytaylik, bu musobaqani har 4 yilda mundial startiga 90 kun qolganida o'tkazib olsa bo'ladi.

O'zbekiston tomondan kelib chiqib aytganda, bizga o'xshab mundial orzusida yashayotganlar qancha. Mayli, FIFA ikkinchi darajali musobaqa tashkil etsin, lekin biz shunisiga ham rozi bo'lamiz. JCH-2018 yo'lida chetda qolgan Italiya, Gollandiya, Ukraina, CHili, Paragvay, Kot-D'Ivuar kabilar qatorida O'zbekiston, Xitoy, BAA bo'ladi va biz ham Dream Cupda o'ynaymiz. Va bu musobaqada Xitoy, BAA kabi davlatlar milliy jamoalari o'ynar ekan, FIFA homiylik borasida bosh qotirmasa ham bo'ladi. 

Nimayam derdik, bu o'z Vatani terma jamoasini jahon chempionatida ko'rish orzusi bilan yashayotgan oddiy bir muxlisning taklifi edi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика