So’nggi yangiliklar

18:14Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11

Superliga. Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi – Bahrom Xaydarov Yangiliklar

Superliga. Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi – Bahrom Xaydarov

Teglar :  Bahrom Haydarov
Bilasiz, O'zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so'rovnomada Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnoma orqali qabul qilindi.

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. O'tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator jamoalar muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishdi.

Oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnomada “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Xaydarov g'oliblikni qo'lga kiritdi. Mavsumni u qadar muvaffaqiyatli boshlay olmagan Bahrom Xaydarov ustozligidagi farg'onaliklar avgust oyini juda ko'tarinki ruhda o'tkazishdi va yakunda 2 g'alaba va 1 durang qayd etishdi. Jamoa avgustda umuman mag'lub bo'lmadi. Natijada so'rovnomada eng ko'p ovoz olgan murabbiy yakunda 43 ochko jamg'ardi.

Ikkinchi pog'onadan 3 uchrashuvda 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan AGMK ustozi Baxtiyor Ashurmatov o'rin oldi. Uchinchi o'rin esa “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorovga nasib etdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика