So’nggi yangiliklar

03:38ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум  0 03:25ЕЧЛ. "Арсенал", "Бавария", "Челси", "Ливерпуль" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди (сўнгги турнинг барча натижалари)  24 03:20ЕЧЛ. "Барселона" ўз уйида "Копенгаген"ни мағлубиятга учратиб, умумий гуруҳ босқичини 5-ўринда якунлади  27 03:10ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"  48 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Галатасарой"ни мағлубиятга учратиб, тўғридан-тўғри кейинги босқичга йўл олди!  13 00:59ФИФА 2025 йилда трансфер учун энг кўп пул ишлатган клублар номини маълум қилди  3 00:38Лукас Пакетанинг "Фламенго"га ўтиши расман тасдиқланди. Футболчи унга қўйилган нотўғри айбловлар оқибатида ватанига қайтишга қарор қилди  0 23:41"Динамо" назорат учрашувида "Акрон"га кичик ҳисобда мағлуб бўлди  2 23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртиш"ни мағлубиятга учратди  8 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  4 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  6 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0

Superliga. 7 ta hisoblangan va bitta inobatga olinmagan gol hamda samarasiz penalti: "Andijon" "Sho'rtan"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. 7 ta hisoblangan va bitta inobatga olinmagan gol hamda samarasiz penalti: "Andijon" "Sho'rtan"ni mag'lub etdi

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Sho'rtan" uchrashuvi yakunlandi.

SUPERLIGA. 25-TUR

"Andijon" – "Sho'rtan" 4:3

16.10.2025

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Rasul Fozilov

Zaxira hakami: Muzaffar Yakubov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Shohruh Azamov

Komissar: Diyor Xotamqulov

Gollar: 1:0 – 5, Otabek Jo'raqo'ziev (Bektemir Abdumannonov), 2:0 – 17, Usmonali Ismonaliev (Bektemir Abdumannonov), 2:1 – 20, Po'latxo'ja Xoldorxonov, 2:2 – 33, Doniyor Narzullaev (Abubakr Rizo Turdialiev), 3:2 – 53, Usmonali Ismonaliev (Abdurahmon Komilov), 4:2 – 60, Doniyor Abdumannopov (penalti), 4:3 – 63, Po'latxo'ja Xoldorxonov

"Andijon": 31. Erjan Tokotaev, 3. Sunnatulloh Hamidjonov (14. Abdurahmon Komilov, 52), 5. Abdulvohid G'ulomov, 8. Shahzod Azmiddinov, 11. Otabek Jo'raqo'ziev (88. Shohjahon Yorqinboev, 78), 18. Damir Temirov (9. Saidumarxon Saidnurullaev, 78), 22. Usmonali Ismonaliev (16. Abdurahmon Abdullaev, 88), 23. Doniyor Abdumannopov, 26. Muhammadkarim Toirov, 27. Kristiak Novak, 71. Bektemir Abdumannonov 

Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 2. Abubakir Ashurov, 13. Sardor Azimov, 21. Asadbek Habibullaev, 99. Muhammadali Usmonov

"Sho'rtan": 1. Shohruh Eshbo'taev, 3. Shohjahon Sultonurodov (4. Ulug'bek Xudoyberdiev, 42), 6. Odil Abdumajidov, 8. Abubakr Rizo Turdialiev, 9. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 10. Temur Mamasiddiqov, 21. Muhammadaziz Ibrohimov (11. Jasur Hakimov, 86), 24. Doniyor Narzullaev (14. Abror Toshqo'ziev, 86), 55. Aziz Pirmuhammadov, 70. Mirjalol Jumaev (15. Jo'rabek Mannonov, 42),  76. Islom Kenjaboev (17. Farruh Muxtorov, 78)

Zaxira: 35. Sherzod Abduraimov, 19. Nuriddin Hasanov, 22. Sardor Sadullaev, 88. Diyor Asomiddinov

Ogohlantirishlar: Doniyor Narzullaev (31), Erjan Tokotaev (90+2), Abdulvohid G'ulomov (90+4), Jasur Hakimov (90+5), Shahzod Azmiddinov (90+5)

Urilmagan penalti: Damir Temirov (26, darvozabon)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+9. "Sho'rtan" standartga ega bo'ldi. Zarba noaniq.

90+5. Ikki jamoadan bir nafar futbolchi ogohlantirildi.

90+4. Abdulvohid G'ulomov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

90+2. Erjan Tokotaev ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shildi.

88. "Andijon"da o'zgarish.

86. "Sho'rtan"da ikki o'zgarish.

78. "Andijon"da ikki, "Sho'rtan"da bir o'zgarish.

77. Hakam o'yinni davom ettirishga qaror qildi.

75. Hakam VAR monitori orqali ehtimoliy penaltini ko'rmoqda. "Andijon" jazolanishi mumkin. Komilov qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin.

70. Temirovning zarbasi noaniq.

63. GOL! "Sho'rtan" hisobni qisqartirdi! Xoldorxonov Komilovning qo'pol xatosidan unumli foydalanib, dublini rasmiylashtirdi!

60. GOL! Doniyor Abdumannopov penaltini aniq amalga oshirdi!

60. VAR monitorida vaziyatni ko'rgan bosh hakam penalti belgiladi.

55. Jo'raqo'ziev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ishora qildi.

53. GOL! Ismonaliev ikkinchi golini urib, "Andijon"ni hisobda oldinga olib chiqdi!

51. Xoldorxonovning zarbasi Novakdan maydonni tark etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.

42. "Sho'rtan" tarkibida ikki o'zgarish.

41. Xoldorxonovning goli ofsayd sababli inobatga olinmadi.

38. Jo'raqo'zievning zarbasi noaniq.

36. Jo'raqo'zievning jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga "Sho'rtan" himoyachisi "blok" qo'ydi.

33. GOL! Doniyor Narzullaev hisobni tenglashtirdi – 2:2! "Sho'rtan" yarim himoyachisining zarbasi rekoshet hosil qilib, darvozadan o'rin oldi.

31. Narzullaev Abdumannonovni qoidabuzarlik evaziga to'xtatgani uchun ogohlantirildi.

28. Tokotaev to'pga chiqishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, Novak to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

26. Damir Temirov tepgan penaltini "Sho'rtan" darvozaboni Shohruh Eshbo'taev qaytardi!

24. "Sho'rtan" darvozasiga penalti belgilandi. Damir Temirovga nisbatan Shohjahon Sultonurodov fol ishlatdi.

20. GOL! Xoldorxonov hisobni qisqartirdi! "Sho'rtan" hujumchisi deyarli 1 metr masofadan bo'sh darvozani ishg'ol qildi.

17. GOL! Ismonaliev tezkor qarshi hujumda "Sho'rtan" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va aniq zarba yo'lladi!

14. Hamidjonov Mamasiddiqovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

11. Mamasiddiqovning uzatmasini Tokotaev egalladi.

10. "Sho'rtan" futbolchisining zarbasiga aniqlik etishmadi.

8. Ismonaliev zarbasini Eshbo'taev egalladi.

5. GOL! Jo'raqo'ziev chap qanotdan uzatmani "Sho'rtan" darvozasiga to'g'rilab qo'ydi!

3. Markazda Toirovga nisbatan fol ishlatildi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Andijon" qizil, "Sho'rtan" ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика