So’nggi yangiliklar

08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  0 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  0 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  63 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  5 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  2 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  27 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  2 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  3 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5 21:23Назорат ўйини. "Сурхон" Сербия клуби дарвозасига 4та гол урди  10 21:05Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хитой жамоасидан устун келди  4

Superliga. "Lokomotiv" oxirgi daqiqalardagi gol evaziga "Andijon"dan g'alabani ilib ketdi Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv" oxirgi daqiqalardagi gol evaziga "Andijon"dan g'alabani ilib ketdi

Teglar :  Andijon Lokomotiv
Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi

Coca-Cola Superliga. 9-tur
17 may, dushanba
ANDIJON – LOKOMOTIV 1:2

Gollar: Boake 10, Abduholiqov 36, Bikmaev 86.


Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Abduhamidullo Rasulov, Sanjar SHoyusupov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Oybek Yunusov

"Andijon": 1.Nizomiddin Ziyovutdinov, 4.Usmonali Ismonaliev, 7.Martin Boake, 9.Kamron Saydazimov (20.Izzatillo Abdulhaqov 54) , 10.Jasur Jaloliddinov, 17.Farhod Sohibjonov (14.Doniyor Ismoilov 81), 18.Abdug'ani Kamolov, 28.Sunnatilloh Hamidjonov ( 5.Abduvohid G'ulomov 73), 33.Doniyor Abdumannopov, 49.Plamen Dimov, 70.Diyorbek Rahimqulov.
Zaxira: 32.Javohir Qilichev, 6.Ibrohim Otaxonov, 8.Baxtiyor Qosimov, 11.Abdulhay Ismoilov, 23.Mardon Abdullaev, 26.Muhammadkarim Toirov.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 3.Islomjon Qobilov, 4.Dilshod Komilov (14.Azizbek Amonov 65), 5.Kaxi Maxaradze (17.Sanjar Qodirqulov 58), 7.Sadriddin Abdullaev, 8.Javohir Sidiqov (10.Marat Bikmaev 78), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 27.Islom Rashidxonov (20.Jaloliddin Jumaboev 58), 28.SHuhrat Muhammadiev (9.Javohir Alijonov 78), 37.SHerzod Fayziev, 77.Diyor Turopov.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 18.Ibrohim G'anixonov, 22.Diego Bardanka, 54.Igor CHikrizov.

Ogohlantirishlar: Maxaradze 32, Dimov 51, Komilov 53, Qodirqulov 77, Dimov 94.

CHetlatish: Dimov 94.


YANGILASH


"Lokomotiv" safarda g'alabaga erishib, uch ochkoga ega chiqdi. 

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Dimovga qizil kartochka! Hakamga jiddiy tarzda etiroz bildirdi u.

90+4. Plamen Dimovga sariq kartochka ko'rsatildi. O'zini bosa olmagani uchun. 

90+3. Xavfli vaziyattt! Ilyosov so'nggi daqiqada o'z darvozasini tark etdi. Ammo "Andijon" futbolchisi uzoq masofadan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi. 

90+2. "Lokomotiv" so'nggi daqiqalarni hujumda o'tkazmoqda.

90. Hakam ikkinchi taymga 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi.



86. GOOOL! Marat Bikmaev! CHap qanotdan Abduholiqovning etkazib bergan to'pidan Marat unumli foydalandi va hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi!

85. Mehmonlar so'nggi daqiqada faollashishgan. 

81. "Andijon" safida Sohibjonov o'rniga Ismoilov maydonga tushirildi.

78. "Lokomotiv" tarkibida Muhammadiev o'rniga Alijonov, Sidiqov o'rniga Bikmaev o'yinni tugatib qo'yadi. 

77. Sanjar Qodirqulovga sariq kartochka.

73. Hamidjonov o'rniga G'ulomov maydonga tushirildi. 

73. Abduholiqovdan juda-juda noaniq zarba.

71. Amonovning bergan zarbasi noaniq. 

70. Jaloliddinovning jarimadan bergan zarbasi biroz noaniq va kuchsiz.

65. Komilov o'rniga Amonov maydonga tushdi.  

64. Maydonda kurash bo'lmoqda.

58. "Loko" safida Rashidxonov o'rniga Jumaboev, Maxaradze o'rniga Qodirqulov maydonga tushdi.

57. "Andijon" futbolchisining jarimadan bergan zarbasi Ilyosovning qo'liga borib tushdi. 

54. Mezbonlar tarkibida Saidazimov o'rniga Abdulhaqov maydonga tushdi.

53. Dilshod Komilov taktik fol uchun jazolandi. U "Andijon"ning tezkor qarshi hujumini to'xtatib qo'ydi va ogohlantirildi. 

52. Sidiqovning bergan zarbasi jonli dekorga qaytdi.

51. Plamen Dimov Komilovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

49. Faollik "temiryo'lchilar" tomonga o'tdi.

46. To'p nazorati asosan mezbonlarda.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

TANAFFUS!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Birinchi taymga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

44. Sadriddin Abdullaevning bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. To'pni raqib darvozaboni egallab oldi. 

42. Abdumannopovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Ayni paytda unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

40. Mezbonlarda hujum. Ammo Abdumannopovga bu safar himoyachilar imkon berishmadi. 

38. "Andijon" barchasini yana noldan boshlashi lozim. SHu maqsadda jamoa oldinga intilmoqda.


36. GOOOL! Abduholiqov jarima maydonchasi ichida faollik ko'rsatdi va hisobni tenglashtirdi - 1:1!

34. Maydon markaziga yaqin joyda futbolchilar o'rtasida janjal yuzaga keldi. Ketma-ket ikki marta o'yin qoidasi buzildi. 

32. Maxaradze Boakega nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

26. "Lokomotiv" oldinga bormoqda.

21. Mezbon futbolchining bergan zarbasi kuchsiz bo'ldi. To'pni Ilyosov osonlik bilan egallab oldi. 

19. Kichik tanaffus. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishmoqda - "Water break"!

15. "Lokomotiv" xavfli vaziyat yaratdi. Islom Rashidxonovning chap oyoqda bergan zarbasi kuchsiz chiqdi va to'pni Ziyovutdinov egallab oldi. 



10. GOOOL! Martin Boake chap qanotdan uzatilgan to'pni golga aylantirdi! Unga to'pni Abdumannopov oshirib bergandi. 

4. "Lokomotiv" o'ng qanot orqali hujum tashkil qilishga urinmoqda.

1. O'yinni mehmonlar nisbatan faol boshlashdi.

-UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Superliga 9-turi doirasida "Andijon" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyaciyani boshlaymiz. 

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика