So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

Superliga. AGMK o'z uyida "Surxon"dan ustun keldi Yangiliklar

Superliga. AGMK o'z uyida "Surxon"dan ustun keldi

Teglar :  AGMKSurxon
Superliganing 7-turidan o'rin olgan AGMK - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'tgan turda muvaffaqiyatsizlikka uchragan jamoalar Olmaliqda o'zaro to'qnash kelishdi.

Qarshida yirik hisobda mag'lub bo'lgan AGMK tabiiyki mazkur o'yinga xato qilishga haqqi yo'qligini tushungan holda etib keldi. "Surxon" esa o'z uyida debyutant "Andijon" bilan bahsda ochko yo'qotgani va ayni paytda turnir jadvali autsayderi maqomidagi jamoaga qarshi duch kelgani uchun faqat va faqat g'alabani ko'zlaganiga shubha yo'q. Qatorasiga 3 o'yin, Termizdagi uchrashuvlarda esa ketma-ket ikki bor durang qayd etgan jamoadan termizlik muxlislar tabiiyki g'alaba kutishayotgandi.

AGMK turnir jadvalida o'zi uchun begona bo'lgan joydan tezroq qochish uchun g'alabali seriyani boshlab olishi juda muhim ahamiyat kasb etardi. SHu boisdan ham Qosimov muvaffaqiyat keltirmayotgan tarkibda qator o'zgarishlarga qo'l urdi. Xususan darvozada navbati bilan xatolarni qalashtirib tashlagan To'raev va Sultonov emas, balki yosh bo'lgan Nizomiddin Ziyovutdinovga ishonch bildirildi. Himoya chizig'ida ham malum tanaffusdan so'ng Sardor Rahmonov asosiy tarkibga qaytarildi. Faqat bu safar Rahmonov markaziy himoyada emas, balki o'ng qanot himoyasida o'ynadi. Dilshod Jo'raev esa odatdagidek markaziy himoyaga qo'yildi. Oxirgi uchrashuvlarda o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etolmagan Jasur Hasanov zaxiraga qoldirildi va uning o'rniga SHahzod Nurmatov qanot vingeri sifatida harakat qildi. Zohir Pirimov o'rniga esa o'ng qanot yarim himoyasida o'ng qanot himoyadagi harakatlari bilan tanilgan Mirg'iyoz Sulaymonov o'ynadi.

Andrey Miklyaev ham tarkibda bazi o'zgarishlarni amalga oshirishga majbur bo'ldi. O'yindan bir kun avvalgi mashg'ulotlarda kutilmaganda jarohat olgan jamoaning asosiy kiperi Asilbek Amonov o'rniga Sardor Qobuljonov qo'yildi. SHuningdek, qanotda Karimov yo'qligida majburan o'ynatib turilgan Ayubxon No'monov o'rniga boshlang'ich tarkibda Abbosbek Maxstaliev qo'yildi. Qolgan chiziqlar esa avvalgidek o'zgarishsiz qoldirildi.

Qayd etish kerakki, AGMKning muvaffaqiyatsiz natijalari stadionga kelayotgan muxlislar tashrifida ham o'zining salbiy tasirini ko'rsatmay qolmadi.

Uchrashuvga keladigan bo'lsak, bahsni maydon egalari hujumkor o'yin bilan boshlashdi. Dastlabki urinishdayoq chap qanot orqali xavfli hujum tashkil etildi. Jarima maydonchasiga kirib kelgan Mirg'iyos Sulaymonov to'pni o'ziga bo'ysundirib, darvozaga zarba berishga chog'langanda Qobuljonov xavfni bartaraf etishga ulgurdi. Asilbek Amonov o'rniga tushgan posbon ilk daqiqadayoq jamoasini muqarrar goldan saqladi.

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov birinchi taymdayoq ilk o'zgarishni amalga oshirishga qaror qildi. O'yini chiqmagan SHahzod Nurmatov o'rniga tezda zaxiradan Kamron Saidazimov qo'shildi.

O'yinning qolgan daqiqalari asosan maydon markazida kechdi. AGMKning hududiy ustunligida o'tgan taymda mezbonlar ko'plab standart vaziyatlarini amalga oshirishdi. Ulardan biri esa 41-daqiqada yuzaga keldi. Murod Toshmatovning burchakdan oshirgan to'pini jamoaning ikkinchi to'purari bo'lib turgan Dilshod Jo'raev darvoza chizig'i oldidan to'rga joylab qo'ydi - 1:0.

Ko'plab standart vaziyatlarini bartaraf etishda faol bo'lgan "Surxon" himoyachilari bu safar raqibni etibordan chetda qoldirishdi va bu gol bilan siylandi.

Qarshi hujumga tayanib o'ynagan "Surxon" birinchi bo'limda raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishda sust o'ynadi. Bazi vaziyatlarni hisobga olmasa, qolgan daqiqalar davomida AGMK darvozasi oldida xavf tug'ilmadi. SHu kuni darvozaga qo'yilgan yosh posbon Nizomiddin Ziyovutdinovga birinchi bo'limda ortiqcha ish topilmadi. Natijada AGMK tanaffusga minimal ustunlik bilan yo'l oldi.

Ikkinchi bo'limda "Surxon" jamoasi o'z o'yinini keskin kuchaytirdi va qarshi hujum taktikasidan voz kechib, ko'proq pozicion hujumlarga etibor qaratdi. Natijada jamoa raqib darvozasi tomon xavf tug'dirishni boshladi. Ikkinchi taymda ustunlik bilan o'ynagan mehmonlar hujumlarga yakuniy zarbani berishda aniq harakat qila olishmadi. "Surxon" jamoasining ko'plab hujumlari yo'lig'a darvozabon Nizomiddin Ziyovutdinov g'ov bo'lishni uddasidan chiqdi. Aynan Nizomiddin Ziyovutdinovning qator seyvlari AGMKni muqarrar gollardan qutqarib qoldi.

Olmaliqliklar tanaffusdan keyin natijadan kelib chiqib asosiy etiborni himoyaga qaratishdi va qarshi hujumda o'z omadlarini sinashdi. Ayniqsa zaxiradan maydonga tushirilgan yosh futbolchi Kamron Saidazimov o'zining faol harakatlari va hujumlarga keskinlik taqdim etishlari bilan ajralib turdi.

AGMK o'yin yakuniga yaqin "Surxon" darvozasini ikkinchi bor aniq poylashni uddasidan chiqdi. Kamron Saidazimovning ajoyib harakatlari, dribling va texnikasi evaziga raqiblarni dog'da qoldirgani va uzoqdan shedevr zarba yo'llagani stadionga yig'ilgan ishqibozlar olqishiga sazovor bo'ldi. Ikkinchi gol ham aynan mazkur futbolchining jonbozligi evaziga tashkil etilgan hujum mevasiga aylandi. Murod Toshmatovning jarima maydonchasiga oshirgan to'pini Sanat SHixov o'zining kuchli va aniq zarbasi bilan darvozaga mixlab qo'ydi - 2:0.

Bu hisob esa uchrashuvning yakuniy natijasiga aylandi. SHu kuni har ikkala jamoa safida joriy mavsumda ilk marotaba maydonga tushgan darvozabonlar: Nizomiddin Ziyovutdinov va Sardor Qobuljonov uchrashuv davomida o'zlarining qator seyvlari va ishonch o'yinlari bilan ajralib turishdi. Qobuljonov garchi ikkita gol o'tkazib yuborgan bo'lsada, bahs davomida jamoasini qator gollardan qutqardi.

Mirjalol Qosimov tomonidan boshlang'ich tarkibda qo'l urilgan islohotlar va o'yin davomida qilingan o'zgarishlar o'z samarasini keltirdi. Aynan zaxiradan maydonga tushgan Kamron Saidazimov o'yinni jonlanishiga sababchi bo'lgan bo'lsa, Sanat SHixov ikkinchi golga mualliflik qildi.

AGMK ushbu g'alabadan keyin o'zining turnir jadvalidagi holatini ancha yaxshilab oldi va 9-pog'onaga ko'tarildi. Muhimi, jamoa mazkur g'alabadan so'ng xavfli hududni tark etdi. "Surxon" esa Olmaliqdagi mag'lubiyatdan keyin g'alabasiz seriyasini 4ta o'yinga cho'zib yubordi va turnir jadvalida 8-o'ringa tushib ketdi.


OKMK

Dilshod Jo’rayev - 42', Sanat Shixov - 88'

Superliga. 7-tur

05/05/2019, 17:30

0
:
2
Tugadi

Surxon

45'
90'
16'  Shahzodbek Nurmatov
19'  Murodjon Toshmatov
23'  Shahzodbek Nurmatov (Kamron Saidazimov)
25'  G’ulomhaydar G’ulomov
42'  Dilshod Jo’rayev
88'  Murodjon Toshmatov
88'  Sanat Shixov
55'  Sherzod Hakimov
65'  Anvarzhon G'ofurov


AGMK - "Surxon" 2:0
5 may 2019 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 17:30

Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, G'ayrat Jo'raev.
Nazoratchi: G'ayrat Karimov.
Komissar: Said SHoxruh.

Gollar: Dilshod Jo'raev 42, - 1:0 (Murodjon Toshmatov). Sanat SHixov 89, - 2:0 (Murodjon Toshmatov).

AGMK: 1. Nizomiddin Ziyovuddinov, 5. Dilshod Jo'raev, 9. Zafar Polvonov, 17. Murodjon Toshmatov, 20. Mirg'iyos Sulaymonov, 21. G'ulomhaydar G'ulomov (SHerzod Fayziev, 71), 22. Mirolyub Kostich, 31. Saydullo Rahmatov, 33. Sardor Rahmonov (Sanat SHixov, 63), 44. Boburbek Yuldashev, 99. SHaxzodbek Nurmatov (Kamron Saidazimov, 23).

Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Marko Zochevich, SHoxnazar Norbekov, Jasurbek Hakimov, Jasur Hasanov, SHahboz Umarov,

"Surxon": 22. Sardor Qobuljonov, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 6. Rahmatullo Berdimurodov (Ayubxon No'monov, 53), 10. SHavkat Salomov, 14. Abrorbek Ismoilov, 19. Vladimir Bubanya, 20. Husniddin G'ofurov, 21. Azamjon Aliev, 38. Abbosbek Maxsitaliev (Ravshanbek Xursanov, 77), 44. Darko Stanoevich, 91. SHerzod Hakimov (Abdul Aziz Yusupov, 56).
Zaxira: Azamat Ahmedov, Najmiddin Normurodov, Ubaydullo Xoliqulov, Mirzakamol Kamolov, Suhrob Nematov, Sarvar Soliev

Ogohlantirishlar: SHahzodbek Nurmatov 16, Murodjon Toshmatov 19, SHerzod Hakimov 55, Husniddin G'ofurov 65,






Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика