So’nggi yangiliklar

22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  1 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1

Superliga. AGMK - “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

Superliga. AGMK - “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  AGMKNasaf
Superliganing 8-tur uchrashuvini ham "Nasaf" safarda o'tkazadi. Bu safar “ajdarlar” Olmaliqda AGMK jamoasi bilan kuch sinashadi.

Uchrashuv OKMK sport majmuasida 26 aprel payshanba kuni bo'lib o'tadi va soat 18:30da boshlanadi.
 
O'zbekiston Superligasi-2018, 8-tur
AGMK – “NASAF”
26.04.2018. OKMK SM. 18:30da
Bosh hakam:
Timur To'xtasinov (Andijon)
Qanot hakamlari: Anvarjon Marajabov (Andijon), Ziyodullo Abdurahmonov (Andijon)
Zaxira hakami: SHavkat Nasibullaev (Namangan)
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Aleksey Frolov.
 
Bo'lajak uchrashuv haqida

Bo'lajak, AGMK - “Nasaf” uchrashuvi shubhasiz futbol ishqibozlarida ham, futbol mutaxasislarida ham katta qiziqish o'yg'otishi turgan gap. Bunga sabablardan AGMK jamoasi o'tgan 7-turda “Buxoro”dan mag'lub bo'ldi. “Nasaf” esa safarda “Qo'qon-1912” jamoasi bilan durang o'ynadi. Bu safar ikki jamoaga ham g'alaba zarur. Bu hol uchrashuvni shiddatli bo'lishini taminlaydi.

O'zaro uchrashuvlarga oid faktlar

“Nasaf” va AGMK (Olmaliq) jamoalari, ilk bor oliy ligada 2008 yilgi mavsumda kuch sinashgan, u paytda jamoaning nomi – OTMK edi. Ular keyingi yilgi mavsumdan boshlab o'z nomlarini – “Olmaliq”ga almashtirishgan. Bu yildan esa AGMK nomi bilan Superligada ishtirok etishmoqda. Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'zaro ilk uchrashuv Qarshida bo'lgan. Bunda kichik 1:0 hisobida "Nasaf" g'alaba qozongan. Uchrashuvdagi yagona golni Zafar Xolmurodov kiritgan.

Oxirgi o'zaro uchrashuvdagi gol muallifi esa Bobir Abduxoliqov bo'lib turibdi.
SHu paytgacha mazkur jamoalar o'zaro 20 marta kuch sinashgan. SHundan 2ta bahsda “konchilar” g'alabaga erishgan bo'lsa, “ajdarlar” 12ta uchrashuvda zafar quchishgan. Yana 6ta o'yinda o'zaro durang natija qayd etilgan. O'zaro uchrashuvlarda jami darvozalarga 51ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati quyidagicha ko'rinish olgan – 17:34. Ustunlik “Nasaf” jamoasida.

“Nasaf” raqibini eng yirik 4:0 va 4:2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgan. Olmaliqlarning bu ko'rsatkichi 2:0ni tashkil qilmoqda.

Olmaliqdagi o'zaro uchrashuvlarga oid
Olmaliqda bo'lib o'tgan o'zaro 10ta  uchrashuvning 2tasida “konchilar” zafar quchishgan. 4ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To'rt uchrashuvda esa “Nasaf” g'alaba qozongan. Bu uchrashuvlarda darvozalarga jami 19ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha  8:11 ustunlik “Nasaf” tomonida. O'tgan yili Olmaliqda bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

Olmaliqdagi so'nggi besh uchrashuv natijasi
08.11.2013.  “Olmaliq”  - “Nasaf” 2:2
22.06.2014.  “Olmaliq”  - “Nasaf” 1:3
23.03.2015.  “Olmaliq”  - “Nasaf” 2:0
11.03.2016.  “Olmaliq” – “Nasaf” 1:3
07.04.2017.  “Olmaliq” – “Nasaf” 1:0
 
AGMKdagi diskvalifikaciya
“Nasaf”ga qarshi uchrashuvda AGMK jamoasi yarim himoyachisi G'ulom Haydar G'ulomov o'z jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu futbolchi  “Buxoro” jamoasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuvning 72-daqiqasida maydondan chetlatilgan edi. Futbolchi diskvalifikaciya tufayli bo'lajak uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

 Jamoalar to'purarlari
AGMK jamoasi futbolchilari bu yilgi chempionatda raqiblari darvozasini jami 9 marta ishg'ol qilishgan. SHulardan 4tasi jamoa yarim himoyachisi Yovan Jokichga tegishli. Eng qiziqarlisi Jokich barcha gollarni 11 metrlik jarimadan kiritgan.  “Nasaf” hozircha raqiblari darvozasini 8 marta ishg'ol qilgan. Uch nafar futbolchi hisobida 2tadan gol bor. Bular Azizjon G'aniev, Bobir Abduxoliqov va Slavko Lukichlar.

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 25 aprel chorshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Olmaliq shahridagi “Metallurg” stadionida soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика