So’nggi yangiliklar

12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  0 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  11 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0

Superliga. 7-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. 7-tur laureatlari

Kecha Superliganing 7-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 7-tur ramziy terma jamoasi

Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.

Yaypanning "Turon" klubi bu turda peshqadam "Paxtakor"ni qabul qildi. Muxlislari qarshisida etakchiga munosib qarshilik ko'rsatildi va Javohir Sohibovning goli evaziga 1:1 hisobida durangga imzo chekildi. SHu kungacha faqat g'alaba qozonib kelayotgan "sherlar"ni to'xtata olgan "Turon" ustozi Islombek Ismoilov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.


"Turon" - "Paxtakor" uchrashuvida mehmonlarning imkoniyatlari yuqoriroq baholangan edi. Biroq mezbonlar kuchli raqibga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Ushbu durangda jamoa darvozaboni Akmal Ortiqovning hissasi juda katta bo'ldi. Tajribali kiper bellashuv davomida 7ta seyvni ijro etdi. CHeranning uchta, Derdiyokning ikkita, Sobirxo'jaev hamda Abror Ismoilovlarning zarbalaridan keyin murakkab seyvlar amalga oshirildi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 7-turning eng yaxshi darvozaboni Akmal Ortiqov bo'ldi.



Oldingi uch turda Marko Stanoevich ("Nasaf") tur golini kiritib kelayotgan edi. Bu safar esa "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Muhammadanas Hasanov "Andijon" darvozasini burchakdan aniq nishonga oldi va tur golini ilib ketdi.



Dastlabki turlardagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng o'ziga kela boshlagan "Lokomotiv" bu turda "Mashal" mehmoni bo'ldi 4:1 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Uchrashuvda "temiryo'lchilar" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov dubl qayd etdi. 7-turdan keyin Abduxoliqov 4ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'rinda bormoqda (CHeran va Stanoevichda ham shuncha gol bor). SHu tariqa, ikkita goli evaziga jamoasining yirik g'alabasiga hissa qo'shgan Temurxo'ja championat.asia talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика