So’nggi yangiliklar

21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  0 21:00Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" (онлайн ҳисоб)  14 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  3 19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  2 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  1 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  3 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  7 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  4 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  2 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  3

Superliga. 6-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga. 6-tur ramziy terma jamoasi

Teglar :  Superliga
Superliganing 6-turida yorqin o'yin ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdik.

Unga ko'ra, darvozaga AGMK posboni Pavel Matyash loyiq ko'rildi.

CHap qanot himoyasiga esa "Qo'qon-1912" futbolchisi Aleksandr Merzlyakovni qo'ydik.

Markaziy himoyada "Paxtakor" legioneri Marko Simich va "Nasaf" legioneri Igor Golbanni munosib ko'rdik.

O'ng qanot himoyasi esa AGMKdan Abduqahhor Xojiakbarov bilan to'ldirildi.

Markaziy yarim himoyachilar sifatida Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") va Robbim Hasanov ("Buxoro") tanlab olindi. Bu ikki yarim himoyachilar ushbu turda faol o'yinlari bilan ajralib turishdi. Sobirxo'jaev "Metallurg"ga qarshi bahsda gol urdi va bitta golga pas ham berdi.

CHap qanot vingeri sifatida "So'g'diyona"dan Izzatilla Abdullaev tanlandi. Zaxiradan tushirilgan Abdullaev bitta gol urdi va bitta golga pas berdi. SHu tariqa, u jamoasining chiroyli kambekni amalga oshirishiga katta hissa qo'shdi.

O'ng qanot vingeri esa "Buxoro"dan Aziz Ibragimov. Zaxiradan maydonga tushirilgan Ibragimov jamoasining g'alaba to'pini kiritdi.

6-tur ramziysida hujumga SHahzod Nurmatov ("Bunyodkor") va Dragan CHeran ("Nasaf") qo'yildi. Har ikki hujumchi ham bu haftada bittadan gol urib, bittadan golli pas berdi.


Demak 6-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing:
Darvozabon:
Pavel Matyash

Himoyachilar: Igor Golban, Abduqahhor Xojiakbarov, Marko Simich, Aleksandr Merzlyakov

Yarim himoyachilar: Sardor Sobirxo'jaev, Robbim Hasanov, Izzatilla Abdullaev, Aziz Ibragimov

Hujumchilar: SHahzod Nurmatov, Dragan CHeran

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика