So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  10 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

Superliga. 6-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. 6-tur laureatlari

Kecha Superliganing 6-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

AGMK va "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlar OCHL bahslari sabab iyun oyiga qoldirilgan. Championat.asia sayti qolgan o'yinlar asosida tur laureatlarini aniqladi. 


Bekobodning "Metallurg" klubi bu turni Qo'qonda "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazib 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Etiborlisi bu mag'lubiyat "Qo'qon-1912" uchun mavsumdagi birinchisi bo'ldi. Ushbu mag'lubiyatga Jasur Abduraimov boshchiligidagi bekobodliklar sababchi bo'lishdi. To'g'ri shu kuni o'yin duranga mos bo'lgandi, ammo so'nggi daqiqalarda Salamat Qutiboev urgan gol "Metallurg"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi va championat.asia sayti talqiniga ko'ra Jasur Abduraimov 6-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.




"Navbahor" - "Turon" uchrashuvida ko'pchilik mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholagani turgan gap. Biroq muxlislarsiz o'tkazilgan bahsda "lochinlar" Superliga debyutanti hisoblangan "Turon"ni yuta olishmadi. O'yin davomida hattoki mag'lub bo'lishlari ham mumkin edi. Yaypanliklarning bir qator hujumlarini "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov qaytarishga erishdi va o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 6-turning eng yaxshi darvozaboni O'tkir Yusupov bo'ldi. 




Marko Stanoevich ketma-ket uchinchi marta championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli muallifi deb topilmoqda. "Nasaf"ning serbiyalik yarim himoyachisi o'tgan turlarda "Turon" va "Qizilqum" darvozalariga chiroyli gol urgandi, uning "Surxon" darvozasiga urgan goli oldingi ikkita golidan ham chiroyli chiqdi. Quyida turning eng chiroyli gollarini tomosha qiling:




"Nasaf" bu turda "Surxon"ni ayab o'tirgani yo'q va 6:0 hisobida g'alabaga erishdi. SHu kuni "ajdarlar" chap qanot himoyachisi SHerzod Nasrullaev juda ham faol bo'ldi. To'g'ri raqib juda kam hujum qildi va himoyada unga deyarli ish bo'lgani yo'q. Biroq SHerzod o'yin davomida bitta gol urdi va ikki marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi. Yani gol+pas tizimi bo'yicha 3 ball to'pladi. Ochig'ini aytish kerak bazi himoyachilar mavsum davomida ham bunday natijaga erisha olmaydi, shu bois championat.asia sayti talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi futbolchisi SHerzod Nasrullaev bo'ldi.



Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика