So’nggi yangiliklar

03:08А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га "Ювентус" устидан ғалабани тақдим этди  10 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди  107 01:31Бундеслига. "Боруссия" ўз майдонида "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 23:16“Арсенал” собиқ ўйинчиси “Аякс”га йўл оладими?  0 22:09"Арсенал" "Реал"дан "Ювентус" юлдузини тортиб олмоқчи  3 21:08А Серия. "Рома" 82-дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб меҳмонда "Кальяри"га мағлуб бўлди  4 20:39"Барселона" Ольмони нима учун операция қилишни истамаётгани маълум бўлди  0 19:34"Севинч"га Ўзбекистон кубогини тантанали топшириш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 18:36Пеле ва Марадона чемпионликни нишонлаган, томи тўлиқ йиғиладиган, 1,4 млрд долларга тушган лойиҳа: Ўзбекистоннинг тарихий учрашувларига мезбонлик қиладиган 3 та стадион  1 17:58"Футбол олами". 2025 йилнинг сўнгги кўрсатуви  4 17:05Икки футболчи "Реал"ни тарк этиши мумкин  14 16:19Аёллар. "Севинч" "Қизилқум-W"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги-2025ни қўлга киритди  3 15:42ЖЧдаги рақибимиз Колумбия Франция билан ўртоқлик ўйини ўтказади  16 14:43"Ал Иттиҳод" ва "Ал Ҳилол" Салоҳ трансфери учун 80-100 млн евро тўлаши мумкин  2 13:33"Челси" Дисасини "Лион"га ижарага бериши мумкин. Ҳимоячи бу мавсумда ҳали ўйнамади  0

Superliga 24-turida hakamlar umuman xato qilmagan - Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

Superliga 24-turida hakamlar umuman xato qilmagan - Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Joriy yilning 10 noyabr sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 24-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 6 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat: "Dinamo" - "Lokomotiv" o'yini: bahsli penalti (VIDEO)

"Dinamo" - "Lokomotiv" uchrashuvining 16-daqiqasida mezbonlarning 4-raqamli azosi raqib jarima maydonida to'p uchun kurash olib bordi va maydonga yiqildi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov bu vaziyatda penalti yo'qligini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to'g'ri qilgan, himoyachi raqibga nisbatan qo'pollik ishlatgan yoki ishlatmagani bo'yicha videofakt mavjud emas. SHu sababli penalti belgilash uchun asos yo'q. Komissiya hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.


2-vaziyat: "Dinamo" - "Lokomotiv" bellashuvi: bahsli vaziyat (VIDEO)

"Dinamo" - "Lokomotiv" uchrashuvining 67-daqiqasida samarqandliklarning 70-raqamli vakili mehmonlarning 97-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi to'p uchun harakat qilgan, ammo ulgurmagani bois raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan. Bu holatda qizil kartochka berish uchun asos yo'q. Komissiya tomonidan hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.


3-vaziyat. "Navbahor" - "Paxtakor" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka (VIDEO)

"Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvining 54-daqiqasida mehmonlarning 2-raqamli futbolchisi namanganliklarning 22-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Rustam Lutfullin dastlab futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o'zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi butsasining tag qismi bilan ochiqchasiga raqibiga qo'pollik ishlatgan. CHetlatish uchun asos etarli. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisobladi.


4-vaziyat: "Nasaf" - "So'g'diyona" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi (VIDEO) 

"Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvining 90-daqiqasida mehmonlarning 33-raqamli azosi o'z jarima maydonida to'pni qaytarib yubordi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev qo'l bilan o'yin yo'qligini va qoidabuzarlik holati qayd etilmaganini malum qildi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to'p himoyachining elka qismiga tekkan. Penalti belgilash uchun asos yo'q. SHu bois, komissiya hakamning qarorini to'g'ri, deb topdi.


5-vaziyat: "Surxon" - "Neftchi" bellashuvi: bahsli vaziyat (VIDEO)

"Surxon" - "Neftchi" uchrashuvining 79-daqiqasida termizliklarning 5-raqamli vakili mehmonlarning 17-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Ibrohim Ismoilov dastlab penalti belgiladi, ammo VAR tekshiruvidan so'ng jarima zarbasi qayd etdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda videotakrorlardan ko'rish mumkinki, futbolchi qoidani buzgan. Ammo fol jarima maydonchasidan tashqarida sodir etilgan. Penalti uchun asos yo'q. Komissiya tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.


6-vaziyat. "Andijon" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi: bahsli vaziyat (VIDEO)

"Andijon" - "Qizilqum" uchrashuvining 30-daqiqasida mezbonlar posboni 7-raqamli raqibi bilan to'p uchun kurash olib bordi. Bosh hakam To'rabek Suyunov bahsni davom ettirdi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to'g'ri qilgan. Mehmonlar hujumchisi penalti ishlash uchun simulyaciya ishlatgan. Mazkur holatda penalti uchun asos mavjud emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика