So’nggi yangiliklar

21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  2 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  8 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  8 19:31Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон баҳсига шай!  14 19:12Абдулла Абдуллаев ва Ботирали Эргашев Қирғиз Республикаси билан ўйин олдидан интервью берди  2 18:49Маҳдавикия, Миладинович, Еличич, Зейтуллаев, Бердиев ва бошқалар Про лицензияси учун таҳсил олмоқда  1 18:27Про лига. "Қўқон-1912" "Олимпик-MobiUz" билан муроса кўчасини танлади  4 17:58Тайёргарлик авжида: "Навбаҳор" ва "Андижон" ўртасидаги Ўзбекистон Кубоги финалини 3 та вилоят ҳокими стадионда томоша қилади  7 17:35Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: "Бу гуруҳдан иккинчи эмас, биринчи ўрин билан чиқамиз"   1 17:09"Қайрат" устози Иброҳимҳалил Йўлдошевни танқид қилди  5 16:41Кутганмидингиз? Тиниб-тинчимас Роналдудан навбатдаги рекорд!  9 16:17Футзал. Ўзбекистоннинг ЖЧ илк туридаги рақиби Нидерландия Тошкентга етиб келди  5 15:25Жалолиддин Машарипов ва Жамшид Искандеров билан қисқа интервью  2

​Superliga: 22-tur laureatlari aniqlandi Yangiliklar

​Superliga: 22-tur laureatlari aniqlandi

Ananamizga muvofiq Superliga 22-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Buxoro" - "Lokomotiv" 0:1

Superliganing 1-bosqichi oxirgi turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Lokomotiv" uchrashuvi har ikkala jamoa yuqori qiymatga teng edi.

"Kuchli oltilik"dagi jamoalarning mazkur o'yini oltin ochko tufayli muhim ahamiyat kasb etardi. SHu boisdan ham o'yin shiddatli va hujumlarga boy tarzda kechdi. Uchrashuvda katta ustunlikka erishgan "Lokomotiv" mehmonda "Buxoro"ni kichik hisobda mag'lub etishni uddasidan chiqdi. G'alaba to'pini esa "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sanjar SHoahmedov kiritdi. "Buxoro" esa oltin ochkolik o'yinda imkoniyatni boy berdi va "kuchli oltilik"dagi eng pastki o'ringa joylashdi. Mazkur uchrashuv tur o'yini deya etirof etildi.


Tur muxlislari - Buxoroda

Superliganing 22-turining markaziy uchrashuvi Buxoroda kechdi.

"Buxoro" "Lokomotiv"ni mehmon qilgan o'yinda mahalliy ishqibozlar o'z suyuklilarini faol tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Bu galgi tur o'yinlaridagi eng faol muxlislar aynan Buxoroda kuzatildi. SHu boisdan ham tur muxlislari deya aynan buxorolik ishqibozlar etirof etildi.


Tur hakami - Ilgiz Tantashev

Superliganing 22-turida ishlagan hakamlar orasida Ilgiz Tantashev o'z ishini alo darajada uddaladi.

Farg'onada vodiy derbisini boshqarib borgan Tantashev nihoyatda qiyin uchrashuvda qo'pol xatolarga yo'l qo'ymadi va uchrashuvni bir tekisda o'tishini to'liq nazorat qildi. Qo'pol va natijaga tasir qiladigan xatolarga yo'l qo'ymadi. SHu tariqa Ilgiz Tantashev Superliganing 22-turida eng yaxshi ishlagan hakam deb topildi.


Tur matbuot xizmati - "Paxtakor"

Matbuot xizmatlari ichida ayni kunda O'zbekistonda birinchi raqam bo'lib turgan "Paxtakor" barqaror va professional ishlashda davom etmoqda. Muhimi, har bir turni barqaror, operativ va professional tarzda yoritib bormoqda. O'yin atrofidagi tadbirlar va uchrashuvdan keyingi tafsilotlarni yoritib borishda "Paxtakor" rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari birdek faol va tezkor ishlamoqda. SHu boisdan ham ushbu turda eng yaxshi va faol ishlagan matbuot xizmati sifatida yana "Paxtakor" etirof etildi.


Tur iqtibosi: "Superligadagi bazi o'yinlarda nima uchun maydonga tushayotganingni bilmaysan"

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan Superliganing yangi formati tufayli keraksiz o'yinlar ko'payib qolganini takidladi.

"Superligadagi bazi o'yinlarda nima uchun maydonga tushayotganini bilmaysan. "Bunyodkor" bilan o'yin ham turnir jadvali nuqtai nazaridan hech kimga keraksiz bahsga aylandi. PFLga taqvim bo'yicha ham savollar tug'ilmoqda. Masalan, "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan keyin kelgusi uchrashuvgacha tiklanish uchun 20 soat vaqt bo'ldi. Buning uchun bizga robotlar kerak bo'lmoqda. Futbolchilarning jismoniy holati bunday qisqa vaqt ichida tiklanishga ulgurmayapti", - deydi Sergey Lushan.


Tur goli - Sanjar Rashidov

"So'g'diyona" yarim himoyachisi Sanjar Rashidovning "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan goli turni bezab berdi.

Rashidovning golida tashkil etilgan ajoyib kombinaciya va mukammal ijro golni chiroyli qildi.


Tur darvozaboni - Muzaffar Abdullaev

"Neftchi" darvozaboni Muzaffar Abdullaev vodiy derbisida o'z darvozasini ishonchli tarzda qo'riqladi.

"Qzqon-1912"ga qarshi o'yinda "Neftchi"ni bir qator vaziyatlarda muqarrar gollardan qutqarib qolgan kiper, uchrashuv yakuniga yaqin 11-metrlikni "nuqta"dan yo'llangan zarbani ham qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Marko Milichning pnaltidan tepgan zarbasini qaytargan Abdullaev "Neftchi"ga mavsumdagi ikkinchi g'alabani taqdim etdi. SHu boisdan ham vodiy derbisida qahramonlik ko'rsatgan Muzaffar Abdullaev tur darvozaboniga aylandi.


Tur murabbiyi - Bahrom Haydarov

"Neftchi" Superliganing 22-turida vodiy derbisida "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvda muhim g'alabani tantana qildi.

Bahrom Haydarov boshchiligidagi "Neftchi" principial o'yinda kerakli natijaga erishdi. Jamoalar uchun yuqori qiymatli uchrashuvga aylangan mazkur bahsda Haydarov tanlagan taktika yakunda "Neftchi"ga qo'l keldi. Derbida g'alaba qozongan "Neftchi" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov tur murabbiyi deya etirof etildi.


Tur futbolchisi - Islom Isoqjonov

"Metallurg" futbolchisi Islom Isoqjonov Olmaliqda kechgan AGMKga qarshi bahsda jamoasi g'alabasiga juda katta hissa qo'shdi.

"Metallurg"ning barcha gollarida ishtirok etgan Islom Isoqjonov bekobodliklar uchun nihoyatda muhim bo'lgan o'yinda g'alabani o'z jamoasiga taqdim etdi.

AGMK bilan uchrashuvda ikkita gol urgan va g'alaba to'pi muallifi SHahzod SHaymanovni golli uzatma bilan taminlagan Isoqjonov tur futbolchisi deb topildi. SHuni qayd etish kerakki, Isoqjonov AGMK darvozasiga kiritilgan ikkinchi golini jarima zarbasidan chiroyli tarzda urdi.


Superliga, 22-tur ramziy terma jamoasi (4-4-2)

Darvozabon: Muzaffar Abdullaev ("Neftchi")

Himoyachilar: SHahboz Jo'rabekov ("So'g'diyona"), Bobur Yo'ldoshev ("Neftchi"), Fayzulla Qambarov ("Qizilqum"), Oleg Zoteev ("Lokomotiv").

Yarim himoyachilar: Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv"), Sanjar Rashidov ("So'g'diyona"), Elguja Grigalashvili ("Qizilqum"), Islom Isoqjonov ("Metallurg")

Hujumchilar: Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor"), Doston Toshmatov ("Neftchi")


To'purarlar
1.Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 12 (7 penalti)
2.Tiago Bezerra ("Paxtakor") - 10
3.Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 10 (2 penalti)


Assistentlar
1.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 10
2.Jasur Hasanov (AGMK) - 7
3.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 5
3.Oleg Zoteev ("Lokomotiv") - 5
3.Murodjon Toshmatov ("Bunyodkor") - 5
3.Azizbek Turg'unboev ("Navbahor") - 5

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика