So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Superliga-2025. Dastlabki ikkita tur sanalari malum qilindi Yangiliklar

Superliga-2025. Dastlabki ikkita tur sanalari malum qilindi

1 fevral kuni Superliganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tgandi.

4 fevral kuni esa "Paxtakor" Elit CHempionlar ligasi doirasida maydonga tushdi.

PFL mavsum 7 mart kuni start olishini o'tgan yilning oktyabr oyida malum qilgandi. Dastlabki ikki tur sanalarining to'liq aniq bo'lishi masalasi "Paxtakor" klubining xalqaro maydondagi natijasiga, shuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasining mart oyidagi yig'iniga bog'liq bo'lib turgandi. Boisi, "Paxtakor" CHempionlar ligasining 1/16 final bosqichiga yo'l olsa, mart oyining dastlabki ikki haftasida 2 ta xalqaro o'yinida ishtirok etishi lozim. SHuningdek, O'FA PFLga aloqaga chiqib, 2-turdan o'rin olgan ayrim uchrashuvlarni FIFA kuniga taqamaslikni so'radi.

PFL sana belgilayotganda "Paxtakor"ning ehtimoliy navbatdagi bosqichga yo'llanma olishidan kelib chiqib, mavsumni aynan shu klub ishtirokidagi o'yin bilan boshlashga qaror qildi. SHuningdek, klubning 2-turdagi raqibi OKMK ishtirokidagi bellashuv ham 7 mart sanasiga to'g'ri keldi. O'z-o'zidan qolgan 6 bellashuv dam olish kunlariga taqsimlandi.

SHuningdek, 2-tur o'yinlarini belgilashda O'FA taklifidan ham kelib chiqildi. Mart oyi milliy terma jamoaning kelgusi taqdirida muhim palla hisoblanadi. Faqatgina OKMK — "Paxtakor" uchrashuvi sanasida to'liq qaror qabul qilishning imkoni bo'lmadi. "Paxtakor" CHempionlar ligasida navbatdagi bosqichga yo'llanma olsa, u Superliganing 2-turini 16 mart kuni o'tkazadi. Agar klub "Al-Sadd" bilan o'yinda o'zi uchun kerakli natijaga erisha olmasa, mazkur to'qnashuv 14 mart kuni bo'lib o'tadi.

PFL mart oyidagi FIFA kunlaridan keyingi taqvimni ham ishlab chiqmoqda. Bunda CAFA o'tkazishi mumkin bo'lgan klublar o'rtasidagi musobaqa ham inobatga olinishi lozim. Biroq ayrim masalalar to'liq hal etilmaganidan kelib chiqib, mazkur musobaqa sanalarida ham yakuniy to'xtamga kelinmagan. Ishonamizki, jamoatchilik Liga qarshisida turgan vaziyatni to'g'ri talqin qiladi.


1-tur
7 mart
OKMK - "Buxoro"
"Paxtakor" - "Mashal"
8 mart
"Qo'qon-1912" - "Andijon"
"Bunyodkor" - "Neftchi"
"Qizilqum" - "Surxon"
9 mart
"Navbahor" - "Dinamo"
"Xorazm" - "SHo'rtan"
"Nasaf" - "So'g'diyona"

2-tur
14 mart
"Neftchi" - "Qo'qon-1912"
"Buxoro - "Qizilqum"
15 mart
"Andijon" - "Nasaf"
"Dinamo" - "Mashal"
"SHo'rtan" - "Bunyodkor"
16 mart
"So'g'diyona" - "Navbahor"
"Surxon" - "Xorazm"
14 yoki 16 mart
OKMK - "Paxtakor"

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика