Superliga-2021. Eng ko'p legioner xizmatidan foydalangan jamoa qaysi?
13 dek 2021 12:56
Yangiliklar
Superliga-2021. Eng ko'p legioner xizmatidan foydalangan jamoa qaysi?
Klublarimizning har yili xorijlik futbolchilar xizmatiga ehtiyoj sezishi odatiy holga aylangan. Xo'sh, joriy mavsumda qaysi jamoa nechchi nafar legionerni o'ynatdi? Quyida shu haqida.
Bu borada eng katta ko'rsatkich Namanganning "Navbahor" klubiga tegishli bo'ldi. Klub jami 8ta xorijlik futbolchilardan foydalandi. Ularning ayrimlari birinchi davradan so'ng jamoani tark etdi, o'rniga esa boshqa ijrochilar kelib qo'shildi.
Nikola Tasich (Serbiya) 3ta o'yin
Marko Putinchanin (Serbiya) 8ta o'yin
Slavisha Stoyanovich (Serbiya) 11ta o'yin, 2ta gol
Ivan Solovyov (Rossiya) 24ta o'yin, 2ta gol
Ehsoni Panshanbe (Tojikiston) 25ta o'yin, 2ta gol
Boyan Naydenov (Makedoniya) 13ta o'yin, 2ta gol
Boyan Ciger (Serbiya) 14ta o'yin
Kosta Guttiner (Braziliya) 12ta o'yin, 1ta gol
Keyingi o'rinni "Andijon" jamoasi egalladi. Ushbu mavsumda 6ta xorijlik futbolchi to'p tepdi.
Plamen Dimov (Bolgariya) 23ta o'yin
Martin Boake (Italiya) 12ta o'yin, 2ta gol
Edgard Bernxardt (Qirg'iziston) 3ta o'yin
Pavel Zabelin (Belarus) 14ta o'yin, 3ta gol
Vladislav Vasilev (Qozog'iston) 8ta o'yin, 1ta gol
Vasiliy Sovpel (Belarus) 13ta o'yin, 2ta gol
Pro ligaga tushib ketgan Yaypanning "Turon" klubi ichki chempionat bahslarida 6 nafar legionerning 4tasidan foydalandi. Tojikistonlik 2 futbolchi Firdavs CHakalov va Umarjon SHaripov birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.
Sinisha Babich (Serbiya) 13ta o'yin
Dayan Ponevich (Serbiya) 25ta o'yin, 1ta gol
Kim Bo Yong (Janubiya Koreya) 22ta o'yin, 2ta gol
Firdavs CHakalov (Tojikiston) 0 o'yin
Kvame Karikari (Gana) 5ta o'yin
Umarjon SHaripov (Tojikiston) 0 o'yin
Ulug'bek Baqoev murabbiyligidagi "So'g'diyona" mazkur yilda Superliganing kumush medallariga ega chiqdi. Jamoada umumiy hisobda 5ta xorijlik futbolchilar to'p tepishdi. Tabiiyki ikkinchi o'rinni egallashda ular ham o'z hissalarini qo'shdilar.
Milan Mitrovich (Serbiya) 19ta uchrashuv, 12ta quruq o'yin
Luka CHermel (Serbiya) 26ta o'yin, 1ta gol
Marko Kolakovich (Serbiya) 24ta o'yin, 1ta gol
Darko Stanoevich (Serbiya) 13ta o'yin
Arslanmirat Amanov (Turkmaniston) 11ta o'yin
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi mavsum boshida odatdagidek ko'proq gruziyalik futbolchilar bilan tarkibini to'ldirdi. Hamidjon Aktamovning ushbu yurt ijrochilariga mehri baland ekanligi sir emas. Keling ularning statistikasiga nazar solamiz. Ulardan tashqari Rossiya va Tojikistondan ham to'p teparlar borligini eslatib o'tish joiz.
Mate Vatsadze (Gruziya) 26ta o'yin, 5ta gol
Elguja Grigalashvili (Gruziya) 23ta o'yin, 9ta gol
Oleg Tolmasov (Rossiya) 23ta o'yin, 1ta gol
Georgiy Kuxianidze (Gruziya) 26ta o'yin, 2ta gol
Jahongir Ergashev (Tojikiston) 3ta o'yin
Etibor berayotgan bo'lsangiz Muborakning "Mashal" jamoasi Superligaga qaytgach boshqa jamoalar singari serbiya emas, afrikaliklarga ishonch bildirmoqda. 2021 yil jamoada to'p tepgan futbolchilarning barchasi "qora" qitadan hisoblanadi.
Godvin CHika Okvara (Nigeriya) 12ta o'yin, 4ta gol
Ifeni Ifeani (Nigeriya) 22ta o'yin
Samuel CHigoze (Nigeriya) 25ta o'yin, 5ta gol
Ibe Okoro (Nigeriya) 11ta o'yin
Mitchel Uilyams (Nigeriya) 4ta o'yin
Olmaliqning AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bu yil 4 nafar xorijlik futbolchilarga imkoniyat berdi. Malumot o'rnida: Martin Boake ikkinchi mavsumning dastlabki qismida "Andijon", ikkinchi davrada AGMK sharafini himoya qildi.
Elvin Fortes (Gollandiya) 18ta o'yin, 3ta gol
Martin Boake (Italiya) 14ta o'yin, 4ta gol
Yovan Jokich (Serbiya) 24ta o'yin, 2ta gol
Aleksandr Kasyan (Rossiya) 24ta o'yin, 6ta gol
Qiziq holat, Toshkent klublarining barchasi 3tadan xorijlik futbolchidan foydalanishga qaror qilishdi.
"Paxtakor"
Dragan CHeran (Serbiya) 23ta o'yin, 16ta gol
Boyan Matich (Serbiya) 12ta o'yin, 2ta gol
Eren Derdiyok (SHvecariya) 7ta o'yin, 3ta gol
"Bunyodkor"
Ibrohim Tomiva (Nigeriya) 23ta o'yin, 6ta gol
Davronjon Ergashev (Tojikiston) 22ta o'yin, 1ta gol
Odiljon Abdurahmonov (Qirg'iziston) 20ta o'yin, 1ta gol
"Lokomotiv"
Kaxi Maxaradze (Gruziya) 24ta o'yin, 1ta gol
Diego Bardanka (Ispaniya) 4ta o'yin
Samueo Opeks (Nigeriya) 4ta o'yin
3taliklar qatorini "Qo'qon-1912" yakunlab beradi. Jamoada 2 nafar serbiyalik, 1ta kot-d'Ivuarlik ijrochi harakat qildi.
Ivan Yosovich (Serbiya) 24ta o'yin, 5ta gol
Yakuba Bamba (Kot-d'Ivuar) 23ta o'yin, 3ta gol
Slavko Lukich (Serbiya) 16ta o'yin, 1ta gol
Bekobodning "Metallurg" jamoasi faqatgina birinchi davradagina legionerlar bilan ishladi. Ikkinchi davrada bor etibor mahalliy futbolchilarga qaratildi.
Evgen CHumak (Ukraina) 3ta o'yin
Evgeniy Makeev (Rossiya) 4ta o'yin
Legioner tanlashda etti o'lchab, bir kes maqoliga amal qiladigan Ro'ziqul Berdiev 2nafar serbiyaliklar xizmatidan foydalandi.
Marko Stanoevich (Serbiya) 24ta o'yin, 6ta gol
Andriya Kaluderovich (Serbiya) 14ta o'yin, 2ta gol
Termizning "Surxon" ham mahalliy yoshlarga urg'u qaratish maqsadida xorijlik futbolchilardan voz kechdi. Faqatgina Vladimir Bubanya (Serbiya) bilan shartnoma imzolagandi. Bo'ydor himoyachi mavsum o'rtasida moliyaviy muammolar sabab jamoani 13ta o'yindan so'ng tark etdi.
Legionerlar eng ko'p qaysi davlatdan?
Serbiya 18
Nigeriya 7
Tojikiston 5
Rossiya 4
Gruziya 4
Belarus 2
Qirg'iziston 2
Turkmaniston 1
Gana 1
SHvecariya 1
Ukraina 1
Braziliya 1
Italiya 1
Kot-d'Ivuar 1
Qozog'iston 1
Ispaniya 1
Gollandiya 1
Janubiy Koreya 1
Bolgariya 1
Makedoniya 1
Fikrlar