So’nggi yangiliklar

17:11Суперлига. "Олимпик" - "Навбаҳор" 1:2  0 17:10Суперлига. "Қизилқум" — "Динамо" 0:0 (матнли трансляция)  1 16:54Суперлига. Жамшид Болтабоевнинг дубли "Навбаҳор"га "Олимпик" устидан ғалаба келтирди  11 16:35"Ньюкасл" - "Арсенал". Кимлар асосий таркибда?  0 16:33Эшитдик-да! "Истиқлол" - "Пахтакор" ўйини нейтрал давлатда эмас Эронда бўлади  3 16:26"Қизилқум" - "Динамо". Асосий таркиблар билан танишинг  0 16:04Акмал Мозговой: "Чемпион бўлишимизга ишонмаганларга: биз буни уддаладик ва қолгани муҳим эмас"  7 16:03Лионель Месси келажакда мураббий бўладими?  1 14:56МЮ 7та сабаб туфайли Аморимни танлаган экан  6 14:06Эшитдик-да! Бекободдан совуқ шамол эсмоқда ёхуд "Металлург"нинг кейинги тақдири қандай кечади?   3 14:05U19 чемпионати. Бронза учун курашда "Олимпик"нинг қўли баланд келди  0 13:57Эшитдик-да! "Навбаҳор" футболчисига Суперлиганинг 4 клуби қизиқмоқда  4 13:42Рўзиқул Бердиевнинг "Насаф" бошқарувига келганидан бери ҳаётимизда нималар ўзгарди?  4 13:15"Реал" футболчисига тарихдаги энг катта маошни таклиф қилишди  0 12:53Рогачнинг қизил карточкаси, Мозговойдан супергол, "Насаф" чемпион бўлган ўйиндан бир талай расм   2

Superliga-2020. Jamoalar bu yil qaysi brend mahsulotlaridan foydalanmoqda? Yangiliklar

Superliga-2020. Jamoalar bu yil qaysi brend mahsulotlaridan foydalanmoqda?

Har yili yangi mavsum oldidan jamoalarning jahonga mashxur brend mahsulotlarini xarid qilishi odatiy xoldir.

Superliga klublari ham imkon qadar o'z futbolchilarini sifatli epikirovkalar bilan taminlab borishga harakat qilmoqda. Etibor bergan bo'lsangiz, joriy chempionatda ishtirok etayotgan bir nechta jamoalar PUMA brendi mahsulotlaridan ham foydalanishga qaror qilgan. JAKO brendi ostidagi epikirovkalar esa go'yoki hech qaysi klubga kerak emasdek bu yil. Quyida jamoalarning bu boradagi tanloviga etibor qaratamiz.

“Paxtakor” – ADIDAS
Amaldagi chempion Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bu yil ham o'z ananasiga sodiq qolib, ADIDAS sport kiyimlariga buyurtma bergan. Germaniyaning taniqli brendi bo'lgan ADIDAS kompaniyasiga 1925 yil asos solingan. Bugungi kunda ushbu kompaniya bir qator terma jamoalar va klublarga sport kiyimlarini taqdim etib kelmoqda. “SHerlar” ham jaxonga mashxur ADIDAS sport kiyimlaridan xarid qildi. Dizayn ham eng so'nggi rusumdagi ekanligini aytish mumkin. Ayniqsa jamoaning uy va safar uchrashvlaridagi liboslari buyurtma qilinganini ko'ryapmiz. Norasmiy malumotlarga ko'ra, “Paxtakor” jamoasi mamlakatimizda sport kiyimlari uchun eng ko'p mablag' ajratadigan birinchi raqamli jamoa hisoblanadi. SHota Arveladze boshqaruvidagi jamoaga har yili ADIDAS brendi ostidagi 20 xildan ziyod bo'lgan sport kiyimlari taqdim etib boriladi.



“Nasaf” – ADIDAS
Qarshiliklar xam uzoq yillardan buyon ADIDAS brendining mahsulotlaridan xarid qilib kelmoqda. Aftidan “ajdarlar” bu yil jamoa azolariga o'tgan yili xarid qilingan epikirovkalarni bergan ko'rinadi. Sababi bu yil “Nasaf” futbolchilarining egnidagi liboslarni o'tgan yili ham ko'rgandik. 2019 yili epikirovkalar soni ko'proq bo'lgani uchun bu yil jamoaga yangi kelib qo'shilganlarga shundan berilgan bo'lsa kerak degan taxminga bordik.



“Qo'qon-1912” – ADIDAS
Qo'qonliklar xam 2018 yildan buyon ADIDAS brendining epikirovkalaridan xarid qilib kelmoqda. Ko'pchilik bilmasa kerak, bu yil jamoaga ADIDAS sport kiyimlari biroz kechikib olib kelindi. SHu sababli, “Qo'qon-1912” jamoasi azolari yangi mavsum oldidan o'tkazilgan taqdimot marosimiga mahalliy tikuv cexida ishlab chiqarilgan sport kiyimlarida qatnashdi. SHuningdek chempionatning ilk turini ham tikuv cexida ishlab chiqarilgan liboslarda o'tkazishga majbur bo'ldi. Keyinchalik hammasi iziga tushib ketdi va jamoa azolariga xorijdan sifatli sport kiyimlari olib kelinib tarqatildi. Dizayn eng so'nggisi ekanligini ham qo'shimcha qilish lozim.



“Lokomotiv” – JOMA
Bundan bir necha yillar avval mamlakatimizga Ispaniyaning taniqli JOMA brendi mahsulotlari kirib kelganida, deyarli barcha klublar aynan ushbu kompaniya mahsulotlaridan foydalanishni maqul ko'rardi. Ammo so'nggi yillarda asosan “Temiryo'lchilar” boshqa klublardan farqli o'laroq Ispaniyaning JOMA kompaniyasi bilan kelishuvga erishgan. SHu sababli har yili “Lokomotiv” azolari ushbu brend epikirovkalaridan harid qiladi. Jamoaning ramziy rangi esa qizil va yashil rang ekanligi sababli, epikirovkalar rangi ham ko'proq shu rangga tortadi. Joriy mavsumga “temiryo'lchilar” yangi sport kiyimlari uchun buyurtma bermagan chog'i. Boisi bu yilgi rasmiy uchrashuvlarni ham “Lokomotiv” azolari xuddi “Nasaf” jamoasi singari o'tgan yilgi liboslarda o'tkazib kelmoqda.



“Bunyodkor” – NIKE
“Qaldirg'ochlar” ilgari Jako epikirovkalaridan xarid qilardi. O'tgan yili klub rahbariyati ushbu ananadan voz kechib, NIKE sport kiyimlari uchun buyurtma berdi. Sifat va dizayni bo'yicha ortiqcha etirozlar bo'lishi mumkin emas. Bu yil jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov Puma mahsulotlaridan foydalanish bo'yicha rahbariyatga taklif kiritgan. Ammo nimadir bo'ldiyu, bu yil ham futbolchilarga NIKE brendi ostidagi epikirovkalar taqdim etildi. O'tgan yilgi dizayn bu yil ham saqlab qolinganini qo'shimcha qilish lozim. Olingan malumotlarga ko'ra, bu yil tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarga vaqtinchalikka Toshkent shahridagi tikuv cehida ishlab chiqarilgan epikirovkalar berib turilgan.



AGMK – ADIDAS
Olmaliqliklar ham bu yil Joma brendi mahsulotlaridan voz kechib, Adidas ni tanladi. SHu tariqa AGMK “Paxtakor” klubi singari Adidas epikirovkalari bilan taminlandi.



“Mashal” – SALLER
Har kim bozorda cho'ntagiga qarab savdo qiladi deganlaridek, muborakliklar ham kamtorana sharoitlaridan kelib chiqib, bu yil SALLER brendi mahsulotlaridan xarid qilishga qaror qildi. Boshqa brend mahsulotlariga nisbatan moddiy tomondan ham anchagina kamxarajat bo'lgan SALLER brendi epikirovkalarining dizayni boshqacha. Bundan kelib chiqdiki, bu yil Superligada epikirovkalar uchun eng kam mablag' ajratgan klub deb “Mashal”ni ko'rsatish mumkin.



“Navbahor” – PUMA
Namanganliklar o'tgan yili Adidas brendining mahsulotlaridan foydalangandi. Bu yil esa viloyat hokimining tanloviga ko'ra, “Lochinlar” Puma brendi epikirovkalari uchun buyurtma bergan. Andrey Kanchelskis jamoasi Turkiyada o'tkazgan xorij yig'inlarida Adidas sport kiyimlaridan foydalanganiga guvohi bo'ldik. CHempionat starti arafasida esa jamoa azolariga Puma epikirovkalari taqdim etildi.



“Metallurg” – ADIDAS
Bekobodliklar ham bir necha yillardan buyon Adidas brendi mahsulotlaridan foydalanib kelmoqda. Andrey SHipilov joriy mavsum ham aynan ushbu taniqli brend variantini tanlashga qaror qildi. Etiborlisi jamoa azolari Turkiyadagi yig'inga jo'nab ketish oldidan bir xilda kiyintirilgandi.



“Surxon” – ADIDAS
“Surxon” jamoasi azolarini ham bu yil Adidas brendi epikirovkalarida ko'ryapmiz. Termizliklarning sport kiyimlari yashil-qora rangli bo'lib, uy va safar uchrashuvlaridagi liboslarining rangi esa oq-oq va sariq-qora ekanligini aytish joiz. Ushbu jamoa ham Adidas brendining eng so'nggi rusumdagi dizaynida ishlab chiqarilgan sport formalaridan harid qilgan.



“Andijon” – PUMA
Andijonliklar deyarli har yili boshqa boshqa brend mahsulotlaridan harid qilib kelmoqda. Nike, Joma, Adidas... SHular jumlasidandir. Bu yil esa “burgutlar”ni egnida Puma liboslarini ko'rish mumkin. Balki klub rahbariyati sport kiyimlarini tanlash chog'ida jamoa imidjidan ko'ra, moddiy jihatni inobatga olayotgandir. Etibor bergan bo'lsangiz, vodiyning ikki klubi – “Navbahor” va “Andijon” jamoalari aynan Puma liboslaridan xarid qilgan. Sifati esa ikki xil. Taqqoslaydigan bo'lsak, namanganliklarning sport kiyimlari nisbatan yaxshiroqdek tuyulmoqda.



“Qizilqum” – ADIDAS
“Qizilqum” rahbariyati bu yil sport kiyimlari uchun zarur bo'lgan mablag'ni topa olmadimi yoki boshqa sabab bormi bilmadik-ku, lekin navoiyliklarni joriy mavsum ham 2019 yilgi chempionatdagi sport formalarida ko'rmoqdamiz. Balki ular ham keyinchalik yangi liboslar uchun buyurtma berar. Albatta buni vaqt ko'rsatadi.



“So'g'diyona” – JOMA
Sergey Lushan o'tgan yili klub rahbariyatiga “So'g'diyona” azolarini Nike brendi epikirovkalari bilan taminlash bo'yicha taklif kiritgandi. Bu yil esa bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev Joma brendi variantida to'xtashni lozim topdi. Aftidan Baqoevga Joma kompaniyasi mahsulotlarining sifati yoqadi shekilli. CHunki 2018 yilgi mavsumda ham “Buxoro”da ishlagan chog'ida aynan Ispaniyaning taniqli brendi bo'lgan Joma sport kiyimlaridan xarid qilgandi.



“Buxoro” – JOMA
Buxoroliklar bu yil ham Ispaniyaning Joma epikirovkalaridan xarid qildi. Muhsin Muhammadiev shogirdlari bu yil Saller brendi mahsulotlarini kiyishlari ham mumkin edi. Ammo so'nggi pallada klub rahbariyati Joma variantida to'xtaldi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика