So’nggi yangiliklar

11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  0 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  14 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  23 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1

Superliga-2018. Yakuniy statistika Yangiliklar

Superliga-2018. Yakuniy statistika

2018 yilgi O'zbekiston Superligasi raqamlarini taqdim etamiz.

"Lokomotiv" klubi ketma-ket uchinchi yil O'zbekistonda tengsiz bo'ldi. "Neftchi" esa quyi ligaga tushib ketdi. Biz o'quvchilarimiz etiboriga yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.




Bu mavsumda 192ta o'yin o'tkazildi.  Darvozalarga  449ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,34tadan to'p to'g'ri keladi).

«Lokomotiv» o'z maydonda mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'ldi. «Neftchi» safarda faqat bir marta g'alabaga erishdi.

«Navbahor» o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 8ta. «Nasaf», «Buxoro» va «Neftchi» esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 20ta.

«Lokomotiv» va «Qo'qon-1912» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 15tadan to'p o'tkazib yuborgan. «Buxoro» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 32ta to'p olib chiqqan.  
 
«Lokomotiv» o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 32ta. «Neftchi» o'z uyida eng kam, 13ta gol urgan.

«Paxtakor» safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 30ta. «Neftchi» safar uchrashuvlarida ham eng kam to'p kiritgan – 8ta.

«Paxtakor» o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 39ta. «Neftchi» o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 16ta.

Safar uchrashuvlarida «temiryo'lchilar» eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 30ta. «Buxoro» safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 9ta.

Superligada urilgan 449ta goldan 264tasi (58,8%) mezbonlar, 185 (41,2%) mehmonlar hisobiga yozildi.  



Bo'lib o'tgan 192 uchrashuvning  96tasida (50%) maydon egalari, 52tasida (27,08%) mehmonlar zafar quchishgan.  44 o'yinda (22,92%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.

Mavsum davomida futbolchilar jami 727 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,79tadan kartochka to'g'ri keladi). 32 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,17tadan chetlatish to'g'ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 60 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 50 holatda (83,33%) to'p darvozaga kiritildi. 10 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

CHempionatda 11ta avtogol qayd etildi. Akmal Xolmurodov («So'g'diyona»), Tomislav Payovich («Navbahor»), Abdujamol Isroilov  («Neftchi»), Aleksandr Merzlyakov («Qo'qon-1912»), Asilbek Omonov («Buxoro»), Nemanya Yovanovich («Qizilqum»), Igor Golban («Nasaf»), G'iyosjon Komilov («Qo'qon-1912»), Kaxi Maxardze («Lokomotiv»), Marko Milich («Qo'qon-1912») va Salamat Qutiboev («Buxoro») o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi.

Dastlabki bosqichda 24ta dubl qayd etildi. 15 futbolchi bir uchrashuvda ikki marta gol urishdi. Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor») 4 marta, SHahzodbek Nurmatov («Bunyodkor»), Murod Xolmuhammedov («Qo'qon-1912»), Sardor Rashidov («Lokomotiv»), Marat Bikmaev («Lokomotiv»), Yovan Jokich (AGMK) va Bobur Abduxoliqov («Nasaf»)  2 martadan dublga erishishdi.

Igor Sergeev («Paxtakor»), Darko Gojkovich («Qo'qon-1912»), Artur Gevorkyan («Qizilqum»), Temurxo'ja Abduxoliqov («Lokomotiv»), Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»), Islombek Isoqjonov («Metallurg»), Arslonmurod Omonov («Buxoro»),  Filip Rayevac («Bunyodkor») va esa bunday natijaga bir marta erishishdi.

Besh futbolchi bir uchrashuvda uch marta gol urishgan. Elguja Grigalashvili («Qizilqum»), Azamat Allaniyozov («Navbahor»), Marat Bikmaev  («Lokomotiv»), Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor»)  va Tiago Bezerra («Paxtakor») bu mavsumda xet-trik qayd etishdi.



Bellashuvlarini jami 1545623 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 8050 to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin «Navbahor» – «Lokomotv» uchrashuviga tashrif buyurdi – 25300. Eng kam tomoshabin esa «Bunyodkor» – «So'g'diyona» uchrashuviga tashrif buyurgan – 527 nafar.

Muxlislar to'plash borasida «Navbahor» jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 368375. «Paxtakor» 345819 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. «Buxoro» esa 329846 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. «So'g'diyona» o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 190242.

«Navbhor» jamoasi o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan – 247117. «Lokomotiv» bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 68231.

Safar o'yinlarida «Lokomotiv» jamoasining (183240) muxlisi ko'p. Safarda «Qizilqum»ning muxlislari eng oz – 96472.

Birinchi bosqichdagi 192 uchrashuvidan 24tasida yirik hisob qayd etildi. «Paxtakor» eng ko'p 7ta yirik hisobdagi g'alabaga erishdi. CHempionatning eng yirik hisobi «Metallurg» – «Paxtakor» (hisob – 0:5, 7-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 192 uchrashuv 15 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 46 marta, 2:1 – 31 marta, 2:0 – 25 marta, 1:1 – 18 marta, 3:0 – 17 marta, 0:0 va 3:1 – 16 martadan, 2:2 – 9 marta, 3:2 – 4 marta, 4:0 – 3 marta, 4:1 va 4:2 – 2 martadan, 5:0, 3:3 va 6:2 – 1 martadan uchradi.  



 

Superliga-2018 seriyalari


Jamoalar

G'alabali seriya – «Lokomotiv» - 7 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – «Lokomotiv» - 19 uchrashuv
Durangli seriya – «Qo'qon-1912» - 4 uchrashuv
Durangsiz seriya – «Buxoro» - 15 uchrashuv
G'alabasiz seriya – «Neftchi» - 19 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – «Buxoro» - 6 uchrashuv
Golli seriya – «Lokomotiv» - 14 uchrashuv
Golsiz seriya – «Neftchi» va «Buxoro» - 4 uchrashuv
Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – «Bunyodkor», «Qo'qon-1912» va «Neftchi» - 9 uchrashuv
«Quruq» seriya – «Navbahor» - 5 uchrashuv
Yirik g'alabali seriya - «Navbahor» - 2 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatli seriya – «Nasaf» va «Buxoro» - 2 uchrashuv
Yirik g'alabasiz seriya – «Neftchi» va «Metallurg» - 32 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – «Paxtakor» va «Lokomotiv» -  32 uchrashuv
CHetlatishli seriya - «Lokomotiv» - 3 uchrashuv
CHetlatishsiz seriya – «Paxtakor» - 32 uchrashuv

Futbolchilar

Golli seriya – Tiago Bezerra («Paxtakor») va Bobur Abduxoliqov («Nasaf») 4 uchrashuv 6ta gol
Quruq seriya (darvozabon) – Botirali Ergashev («Navbahor») 4 uchrashuv 495 daqiqa.





Superliga-2018. Eng, eng, eng …


– eng ko'p g'alabaga erishgan jamoa:  «Paxtakor» va «Lokomotiv» 20ta.
– eng kam g'alabaga erishgan jamoa: «Neftchi» 5ta.

– eng ko'p durangga erishgan jamoalar:  «Neftchi» va «Nasaf» 11ta.
– eng kam durangga erishgan jamoalar:  «Buxoro» 2ta.

– eng kam mag'lub bo'lgan jamoa: «Lokomotiv» 4ta.
– eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoa:  «Buxoro» 19ta.

– eng ko'p to'p kiritgan jamoa: «Paxtakor» 61ta.
– eng kam to'p kiritgan jamoa:  «Neftchi» 21ta.

– eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa:  «Buxoro» 52ta.
– eng kam to'p o'tkazib yuborgan jamoa: «Paxtakor» 25ta.

– eng ko'p yirik g'alabaga erishgan jamoa:  «Paxtakor» 7ta.
– eng kam g'alabaga erishgan jamoa: «Metallurg» va «Neftchi» - 0.

– eng kam yirik mag'lubiyatga uchragan jamoa: «Paxtakor» va «Lokomotiv» - 0.
– eng ko'p yirik mag'lubiyatga uchragan jamoa:  «Qizilqum», «Buxoro», va «Metallurg» 4ta.




– maydonga tushgan eng yosh futbolchi: Jasur Jaloliddinov («Bunyodkor», 16 yosh 80 kunligida)
– maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar Berdiev («Neftchi», 40 yosh 202 kunligida)

– gol urgan eng yosh futbolchi: Avazbek O'lmasaliev («Neftchi») 18 yosh 178 kunligida)
– gol urgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar Berdiev («Neftchi», 40 yosh 32 kunligida)

– sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi: Oston O'runov («Navbahor») 17 yosh 121 kunligida)
– sariq kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar G'ofurov («Bunyodkor», 36 yosh 95 kunligida)

– qizil kartochka olgan eng yosh futbolchi: Abror Ismoilov («Neftchi») 20 yosh 122 kunligida)
– qizil kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Erkin Boydullaev («Qizilqum», 33 yosh 233 kunligida)

– o'yinchilarining o'rtacha yoshi eng kichik bo'lgan jamoa: «Nasaf» (23,8 yosh)
– o'yinchilarining o'rtacha yoshi eng katta bo'lgan jamoa: «Qizilqum» (29,3 yosh)

– eng ko'p to'p kiritgan futbolchi: Tiago Bezerra («Paxtakor») - 17ta gol.




– bitta o'yinda eng ko'p to'p kiritgan futbolchilar: Elguja Grigalashvili («Qizilqum»), Azamat Allaniyozov («Navbahor»), Marat Bikmaev («Lokomotiv»), Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor») va Tiago Bezerra («Paxtakor») - 3tadan gol.

– maydonda eng ko'p harakat qilgan futbolchilar: O'tkir Yusupov («Qo'qon-1912») – 32 o'yin 2880 daqiqa (barcha o'yinlarda o'zgarishsiz).

– eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchi: Jahongir Mehmonov («Navbahor») va SHukurali Po'latov («Neftchi») – 12ta.
– eng ko'p qizil kartochka olgan futbolchilar: Murod Xolmuhammedov («Qo'qon-1912») va Muzaffar Muzaffarov (AGMK) – 2ta.

– eng ko'p kartochka olgan jamoa: «Buxoro» – 90ta (86ta sariq va 4ta qizil kartochka).
– eng kam kartochka olgan jamoa: «Nasaf» – 41ta (39ta sariq va 2ta qizil kartochka).

– eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa: «Buxoro» – 86ta.
– eng kam sariq kartochka olgan jamoa: «Nasaf» – 39ta

– eng ko'p qizil kartochka olgan jamoa:  AGMK – 6ta
– eng kam qizil kartochka olgan jamoa: «Paxtakor» – 0ta.

– eng ko'p penalti tepgan jamoa: «Paxtakor» - 13ta.
– eng kam penalti tepgan jamoa: «Neftchi» - 1ta.

– darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan jamoa: «Bunyodkor» - 8ta.
– darvozasiga eng kam penalti belgilangan jamoa: «Qo'qon-1912» - 2ta.

– eng ko'p penalti tepgan futbolchi: Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor») - 10tadan.

– eng ko'p penaltidan gol urgan futbolchilar: Murod Xolmuhammedov («Qo'qon-1912») va Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor») - 9tadan.




– eng ko'p “quruq” uchrashuv o'tkazgan darvozabon: Eldorbek Suyunov («Paxtakor») 14ta.

– eng ko'p qayd etilgan hisob: 1:0 (46 marta).

– eng yirik hisob:  «Metallurg» – «Paxtakor» 0:5

– eng ko'p gol kiritilgan daqiqalar oralig'i:  85-90 (56ta gol).
– eng kam gol kiritilgan daqiqalar oralig'i:  10-15 (11ta gol).

– eng tezkor gol mualliflari: Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Suhrob Nurlloev («Metallurg») va Muzaffar Muzaffarov (AGMK) – 2-daqiqada.

– eng kech gol muallifi: Slavko Lukich («Nasaf»), Izzat Abdullaev («So'g'diyona»), Boburbek Yo'ldoshev («Neftchi»),  Tiago Bezerra («Paxtakor»), Jamshid Iskanderov («Paxtakor»), SHahzod SHaymanov («Metallurg») – 90+4-daqiqa.  


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика