Superliga-2018. Dastlabki turga 80617 tomoshabin keldi
04 mar 2018 18:29
Yangiliklar


Superliga-2018. Dastlabki turga 80617 tomoshabin keldi
Ushbu uchrashuvlarni ko'rish uchun stadionlarga jami 80617 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. O'rtacha har bir bahsga 13436 muxlis to'g'ri keladi.
Eng ko'p tomoshabin Farg'onadagi "Istiqlol" stadioniga keldi. "Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvini stadiondan 19632 tomoshabin kuzatib bordi.
Eng kam tomoshabin esa Bekobodda "Metallurg" va "Navbahor" o'rtasidagi uchrashuvni kuzatdi - 8175.
Umuman olganda 6ta o'yinning faqat bittasida stadionga 10 mingdan kam odam keldi.
Superliga-2018. Dastlabki tur tomoshabinlar tashrifi
"Qizilqum"- "Lokomotiv". 11814 tomoshabin
“Neftchi” – “Nasaf”. 19632 tomoshabin
“Buxoro” – “Qo'qon-1912”. 13495 tomoshabin
“Bunyodkor” – AGMK. 12475 tomoshabin
"Paxtakor" - "So'g'diyona". 15026 tomoshabin
“Metallurg” – “Navbahor”. 8175 tomoshabin
Qiziqarli faktlar
- O'tgan mavsum "Qizilqum"ning uy o'yinlaridagi tomoshabinlar rekordi 10103ni tashkil etgandi.
- 2017 yil "Neftchi"ning uy o'yinlaridagi tomoshabinlar rekordi 8117ni tashkil etgandi.
- O'tgan yil "Bunyodkor"ning o'z uyida o'tkazgan 15ta uchrashuviga jami 13004 tomoshabin kelgandi. Bu yil 1-turning o'ziga 12475 muxlis keldi.
- O'tgan mavsum "Paxtakor"ning uy o'yinlaridagi tomoshabinlar rekordi 11067 ni tashkil etgandi.
- 2017 yil "Metallurg"ning o'z uyida o'tkazgan 15ta uchrashuviga jami 15653 tomoshabin kelgandi. Bu yil 1-turning o'ziga 8175 muxlis keldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar