So’nggi yangiliklar

21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  24 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  7 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 19:05Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон – Тожикистон (онлайн ҳисоб)  0 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   22 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  13 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  3 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  3

Superliga 20-tur prevyusi. Barcha faktlar OKMKga qarshi. "Neftchi"da 8 yillik seriya. Qasos o'tidagi "Bunyodkor" va uyda chempion "Navbahor" Yangiliklar

Superliga 20-tur prevyusi. Barcha faktlar OKMKga qarshi. "Neftchi"da 8 yillik seriya. Qasos o'tidagi "Bunyodkor" va uyda chempion "Navbahor"

Hech qancha fursat o'tmay biz yana Superliga navbatdagi turining ostonasidamiz.

O'tgan turda o'z haqqini olmaganlar uchun yana bir imkoniyat. OCHLda ishtirok etadigan klublarimizga esa muhim bellashuvlar oldidan kichik repeticiya. Jon saqlash uchun kurashayotganlar taqdirdan mo'jiza kutmoqda. Xullas bugun start oladigan tur ro'y berishi mumkin bo'lgan faktlar, seriyalar haqida to'xtalamiz. 

"Metallurg" - "Andijon"

- "Metallurg" mezblonligida o'tgan uchrashuvlarda ustunlik maydon egalarida. "Andijon" mehmonda o'tgan so'nggi 11ta o'yinning 2tasida g'alaba qozongan. 

- Toshkent viloyatida o'tgan uchrashuvlarda darvozalarga muntazam gol urilgan, 0:0 hisobi qayd etilmagan. 

- "Metallurg" 4 oydan beri mezbon maqomida maqomida mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q. Bekobodliklar so'nggi bor 15 may kuni Superliga doirasida "Nasaf"ga mag'lub bo'lgan. 

- "Andijon"da esa aksincha, jamoa mehmondagi so'nggi 4ta uchrashuvning faqat 1tasida g'alaba qozongan ("Buxoro" 1:0).

- Firdavs Norsafarov bu mavsum bosh hakam sifatida "Andijon" ishtirokidagi birinchi, "Metallurg"ning esa ikkinchi uchrashuvida ishlaydi. Norsafarov so'nggi bor 2022 yil Pro ligada "Buxoro" - "Andijon" (3:0) uchrashuvida hakamlik qilgan. Superligada esa 2021 yil "Andijon" - "So'g'diyona" (0:0) o'yinini boshqargan. 

"Neftchi" - "Buxoro"

Neftchi

Giorgi Nikabadze - 16', Giorgi Nikabadze - 22', Diyor Turopov - 78'

Superliga. 20-tur

27/09/2023, 19:00

0
:
3
Tugadi

Buxoro

45'
90'
16'  Giorgi Nikabadze
16'  G’ulomhaydar G’ulomov
22'  Giorgi Nikabadze
22'  Zoir ZHo'raboev
44'  Muhsin Ubaydullaev (Tomislav Mrchela)
45'  Anvarzhon G'ofurov
55'  Zoir ZHo'raboev
77'  Umar Adhamzoda (Abbos G'ulomov)
78'  Diyor Turopov
29'  ZHasur Xolto'raev (Aleksandar Stanisavlevich)
45'  Shohruz Norxonov
46'  Dilshod Jo’rayev (Humoyunmirzo Iminov)
74'  Muhammadjon Rahimov
77'  Muhammadjon Rahimov (Jamoliddin Ubaydullayev)

-  "Neftchi" 8 yildan beri "Buxoro"dan 3 ochko tortib olish vazifasini bajara olayotgani yo'q. Farg'onaliklarning o'zaro bahslardagi so'nggi g'alabasi 2015 yilda qayd etilgan. "Istiqlol" stadionida kechgan oqshomda Akmal Xolmatovning yagona goli mezbonlarga g'alaba keltirgan. 

- "Neftchi" tarixidagi mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha 2007 va 2008 yilgi qayd etgan natijalarini yaxshiladi.  Neftchi" 2007 yilgi mavsum startidan 13-turgacha mag'lubiyatsiz seriya ko'rsatgan. 2008 yilgi mavsumda 12 apreldan 20 sentyabrgacha 17ta bellashuvda uch ochko yo'qotmagan. 

- "Neftchi" 10 ta o'yindan beri o'z maydonida mag'lubiyat nimaligini bilmayapti. Vitaliy Levchenko shogirdlarini so'nggi bor Farg'onada mag'lub etish OKMKga nasib qilgan (3:1). 

- Jamoalarning so'nggi uchrashuvida 2:2 hisobida durang qayd etilgan. 

- "Buxoro" Superligada Farg'onada kechgan so'nggi 3ta uchrashuvni g'alaba bilan yakunlagan. Umumiy statistikada ham "Buxoro" o'z tarixida faqat 3 marotaba "Neftchi"ni mehmonda yutganini ko'rishimiz mumkin. 

"Olimpik" - "Nasaf" 

Olimpik

Temur Mamasidiqov - 56'

Superliga. 20-tur

28/09/2023, 17:00

3
:
1
Tugadi

Nasaf

Azizbek Amonov - 1', Mateus Lima - 32', Marko Stanoevich - 89'

45'
90'
46'  Asadbek Jo'raboev (Fahriddin Muhammadov)
55'  Saidafzalxon Ahrorov
56'  Temur Mamasidiqov
56'  Fahriddin Muhammadov
75'  SHahzod Akramov (Mustafo Abdumannopov)
86'  Saidafzalxon Ahrorov (Jaloliddin Sodiqov)
90'  Javohir O'tamurodov (Rustam Jahonov)
1'  Azizbek Amonov
32'  Mateus Lima
32'  Azizbek Amonov
66'  Oybek Bozorov (Doniyor Narzullayev)
66'  G'olib G'aybullaev (Umar Eshmurodov)
66'  Mateus Lima (Sukhrob Nurulloyev)
75'  Bahrom Abdurahimov (Marko Stanoevich)
89'  Marko Stanoevich
90'  Javohir Sidiqov (Bekjon Rahmatov)

- "Olimpik" Toshkentda "Nasaf"ga mag'lub bo'lmagan. Jamoalar shu kungacha faqat bir marotaba poytaxtda kuch sinashishgan

- Timur Kapadze shogirdlari ikkinchi davrada faqat bir marotaba g'alaba qozondi va 5ta uchrashuvda 4 ochko jamg'ardi. O'tgan mavsum bilan taqqoslaganda bu deyarli teng yarimi hisoblanadi. 2022 yil jamoa 9 ochko jamg'argan. 

- "Olimpik" bu mavsumda darvozasidan  18ta o'yinda 24ta to'p o'tkazib yubordi. Jamoa avvalgi mavsumda 26ta o'yinda 28ta gol o'tkazib yuborgandi. 


"Paxtakor" - OKMK

Paxtakor

Pshemislav Banashak - 24', Azizbek Turg’unboyev - 63'

Superliga. 20-tur

28/09/2023, 19:00

2
:
2
Tugadi

OKMK

Mirzhahon Mirahmadov - 22', Dilshod Ahmadaliev - 38'

45'
90'
24'  Pshemislav Banashak
24'  Xozhiakbar Alizhonov
35'  Po'latxo'ja Xoldorxonov
57'  Po'latxo'ja Xoldorxonov (Azizbek Turg’unboyev)
63'  Azizbek Turg’unboyev
63'  Sardor Sobirxo’jayev
71'  Dostonbek Hamdamov (Dilshod Saitov)
72'  Odiljon Hamrobekov
90'  Azizbek Turg’unboyev
22'  Mirzhahon Mirahmadov
22'  Shohruh Gadoyev
27'  Oybek Rustamov
38'  Dilshod Ahmadaliev
38'  Sanjar Tursunov
71'  Akrom Komilov (Xurshid G’iyosov)
71'  Mirzhahon Mirahmadov (Martin Boake)

- OKMK 5 yildan buyon "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchrata olmayapti. So'nggi g'alaba 2018 yil O'zbekiston kubogi finalida qo'lga kiritilgan.

- Superliga doirasida olmaliqliklarning "Paxtakor" ustidan qo'lga kiritgan so'nggi g'alabasiga 6 yil bo'ldi. 2017 yilgi mavsumning birinchi davrasida Rahmatillo Berdimurodov va Igor Yelichning gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

- Dragan CHeran birinchi davrada OKMKga gol urib o'zaro o'yindarda Odil Ahmedovga etib olgandi. "Konchilar" posbonlarini eng ko'p ranjitgan futbolchi Igor Sergeev hisoblanadi (8ta gol)

- "Paxtakor" o'z maydonida 10 yildan buyon OKMKga mag'lubiyatga uchramayapti. Olmaliq jamoasining Toshkentdagi ilk va yagona g'alabasi Igor SHkvirin davrida Zafar Polvonovning dubli evaziga qo'lga kiritilgan (2013 yil, 2:1). 

- OKMK Toshkentdagi so'nggi 2ta uchrashuvda raqib darvozasiga yo'l topa olmagan. 


"Navbahor" - "Turon"

- "Turon" o'zaro o'yinlarda hali "Navbahor"ni mag'lub etishni uddasidan chiqmagan. 3ta o'yin 2 mag'lubiyat, 1 durang. 

- "Turon" Namanganda tarixiy natija qayd etishi mumkin. Yaypanliklar shu kungacha "Navbahor" darvozasiga yo'l topish xaritasini qo'lga kiritmagan. 

- Yorqin Nazarov shogirdlari Superliganing so'nggi 3ta uchrashuvini mag'lubiyat bilan yakunladi. Jamoa so'nggi g'alabasini 5 avgust kuni "Nasaf" ustidan qo'lga kiritgan (1:0)

- "Navbahor" joriy yilda uyda ochko qo'lga kiritish bo'yicha chempion bo'lib turibdi. "Lochinlar" o'z maydonida faqat 1ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. SHunga qaramay 9ta o'yinda 7 g'alaba, 1 durang, 22 ochko bilan eng yaxshi natija egasi hisoblanadi. 


"Bunyodkor" - "Surxon"

Bunyodkor

Superliga. 20-tur

29/09/2023, 19:00

1
:
0
Tugadi

Surxon

Bobur Asqarov - 85'

45'
90'
45'  Rasul Yo'ldoshev
55'  Farhod O'tkirov (Igor Ivanovich)
63'  Suhrob Izzatov
73'  Farrux Ikromov (Muzaffar Olimjonov)
73'  Jasur Hamroev (Usmonali Ismonaliev)
80'  Rasul Yo'ldoshev (Akbar Ismatullayev)
46'  Kamron Saidazimov (Sunnatulloh Hamidjonov)
46'  Behruz SHaydulov (Aziz Pirmuhammedov)
74'  Jahongir Abdusalomov (Bobur Asqarov)
74'  Asilbek Qayumov (Nuriddin Hasanov)
85'  Bobur Asqarov
88'  Asadbek Karimov (Tamirlan Jamalutdinov)
90'  Dostonbek Tursunov

- Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 4ta uchrashuvning 3tasida "Surxon"ning qo'li baland kelgan. "Bunyodkor" bu mavsum 2 marotaba termizliklarga qarshi maydonga chiqdi va ikkisida ham engildi. 

- "Surxon" Superliga doirasida "Bunyodkor"ni mehmonda hali mag'lubiyatga uchrata olmagan (4ta o'yin, 4 mag'lubiyat). 

- Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida "Surxon"ning qo'li baland kelgan (1:0). Kubokda ham g'alabani termizliklar olib ketganini hisobga olsak, "qaldirg'ochlar" uchrashuvga 2 karra revansh istagida maydonga chiqishadi. 


"Qizilqum" - "So'g'diyona"

Qizilqum

Ifeanyi Ifeanyi - 19', Ifeanyi Ifeanyi - 41', Muhammadali G'iyosov - 55', Islom Kenzhaboev - 85'

Superliga. 20-tur

30/09/2023, 18:30

2
:
4
Tugadi

So'g'diyona

Tarik Isich - 34', ZHavohir Qahramonov - 48'

45'
90'
19'  Ifeanyi Ifeanyi
41'  Ifeanyi Ifeanyi
41'  Murodbek Rahmatov
55'  Muhammadali G'iyosov
55'  Giorgi Kuxianidze
55'  Murodbek Rahmatov (Alisher Sanayev)
69'  Sherali Jo’rayev (ZHo'rabek Mannonov)
85'  Islom Kenzhaboev
90'  Islom Kenzhaboev (Davron Anvarov)
90'  Giorgi Kuxianidze (Samandar Shukurullayev)
34'  Tarik Isich
34'  Lupche Doriev
46'  Ulug'bek Kenjaev (Abdulloh Omonaliev)
46'  Muhammadsafo Fozilov (Jasur Hasanov O)
46'  Muhammadali YUldashev (Stanislav Andreyev)
48'  ZHavohir Qahramonov
48'  Alisher Salimov
60'  Alisher Salimov

- "So'g'diyona" o'z tarixida Navoiyda g'alabani tantana qilmagan. O'zaro uchrashuvlarda mezbonlar 12ta g'alabani qo'lga kiritgan, 8 bor murosa ko'chasini tanlagan. 

- Ivan Boshkovich shogirdlari ikkinchi davrada mehmondagi so'nggi 3ta uchrashuvda g'alabasiz natija qayd etdi. Jamoa mavsumning ikkinchi qismida safarda faqat "Bunyodkor"dan ustun keldi. 

- Jizzaxliklarning 19 yoshli hujumchisi Samandar Mavlonqulov jamoada Zaymovichdan keyingi to'purarga aylanib oldi. U 2023 yilda 9ta uchrashuvda 4ta gol urdi. Boshkovichning navbatdagi kashfiyoti deb bemalol ayta olamiz. 

- "Qizilqum" ikkinchi davrada o'z maydonida hali g'alaba nimaligini bilmayapti (3ta o'yin 3 mag'lubiyat).


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика