So’nggi yangiliklar

23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  1 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  60 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1

Superliga. 2-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga. 2-tur ramziy terma jamoasi

Teglar :  ramziy terma jamoa
Superliganing 2-turining ramziy terma jamoasini taqdim etamiz.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Ushbu turda bir qator futbolchilar o'z o'yinlari bilan o'z jamoalariga foyda keltirish bilan birgalikda muxlislar olqishiga sazovor bo'lishdi.

Ramziy terma jamoa darvozasini tur qahramonlaridan biriga aylangan Murodjon Zuhurovga ishonib topshirdik. Mudofaa chizig'i vakillari ham ushbu turda jamoalari joniga oro kirishdi. Xususan Murod Xolmuhammedov nafaqat mudofaani yaxshi qo'riqladi, balki jamoasi uchun muhim bo'lgan golni ham urishga muvaffaq bo'ldi. Rustam Ashurmatov esa derbida jamoasiga haqiqiy qalqon bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ashurmatov o'zining asosiy vazifasini uddalash bilan birgalikda "qaldirg'ochlar"ga g'alaba keltiruvchi golga ham mualliflik qildi. Jizzaxda kechgan "So'g'diyona" - "Neftchi" o'yinida Akmal Xolmurodov mezbonlar himoya chizig'ini bir maromda ushlab turishda katta xizmat ko'rsatdi. "Navbahor"ning chap qanot himoyachisi sifatida o'ynagan Darko Stanoevich ham Olmaliqda AGMKga qarshi o'yinda ancha ishonchli harakat qilgani bois ramziy terma jamoa tarkibidan o'rin oldi.

Yarim himoya chizig'i 2-turda eng faol va sermahsul o'ynagan futbolchilar bilan to'ldirildi. "Navbahor" vingeri Azizbek Turg'unboev so'zsiz turning eng yaxshi futbolchisi sifatida ramziy terma jamoadan o'rin oldi. SHuningdek, "Qo'qon-1912" jamoasining iqtidorli  futbolchisi Muhammadanas Hasanov ham "Qizilqum"ga qarshi bahsda yorqin futbol ko'rsatdi va haqli ravishda eng yaxshilar qatoridan o'rin oldi. "Nasaf"ning dirijyoriga aylanib borayotgan Azizbek G'aniev "Buxoro" bilan bo'lgan bahsda juda faol o'ynadi. G'aniev jamoasi uchun muhim bo'lgan tenglashtiruvchi golni urish bilan birgalikda butun uchrashuv davomida bir tekisda jamoasi o'yinini qurishda faol bo'ldi. Jasur Hasanov esa shu kuni maydondagi eng yaxshilar qatori bo'ldi. Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida yana o'zining optimal sport formasini taklayotgan Hasanov qanotdagi reydlari orqali raqib himoyasiga tinchlik bermadi. Aynan Hasanovning to'p uzatishidan Abdixoliqov gol urgan bo'lsa, Lukichning jarimadan urgan golida ham Hasanovning xizmati bo'ldi. CHunki aynan Hasanovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng Slavko Lukich jarima zarbasidan unumli foydalandi.

Hujum chizig'i vakillaridan jamoasi uchun muhim gollarni kiritgan Bobir Abdixoliqov hamda Pavel Purishkin tur ramziy terma jamoasidan o'rin olishdi. Bobir Abdixoliqov nafaqat muhim gol muallifiga aylandi, balki butun bahs davomida Mullajonov va Filiposyan tandemiga etarlicha tashvish tug'dirdi. Pavel Purishkin esa zaxiradan maydonga tushiboq chempion jamoa uyidan "Metallurg" 1 ochko bilan qaytishini taminlovchi gol muallifiga aylandi.


Superliga, 2-tur ramziy terma jamoasidan o'rin olgan futbolchilar (4-4-2):

Darvozabon: Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor")

Himoyachilar
: Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Rustam Ashurmatov (Bunyodkor"), Akmal Xolmurodov ("So'g'diyona"), Darko Stanoevich ("Navbahor")

Yarim himoyachilar: Muhammadanas Hasanov ("Qo'qon-1912"), Azizbek Turg'unboev ("Navbahor"), Aziz G'aniev ("Nasaf"), Jasur Hasanov ("Nasaf").

Hujumchilar
: Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Pavel Purishkin ("Metallurg").

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика