Superliga. Kumikov eng yaxshi murabbiy va 19-turning qolgan laureatlari
23 sen 2021 14:16
Yangiliklar
Superliga. Kumikov eng yaxshi murabbiy va 19-turning qolgan laureatlari
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Andijon" klubi bu tur o'z maydonida amaldagi chempion va bu mavsum peshqadami "Paxtakor"ga qarshi o'ynadi va 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. "SHerlar" mavsumdagi ilk mag'lubiyatni aynan Andijonda qabul qilib olishdi. SHu bois Viktor Kumikov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

"Andijon"ning "Paxtakor"ni mag'lub etishida darvozabon Eldor Adhamovning xizmati katta bo'ldi. U bahs davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 19-turning eng yaxshi darvozaboni Eldor Adhamov bo'ldi.

Bu turda "burgutlar" hujumchisi Farhod Sohibjonov "Paxtakor" bilan bahsda ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.

"Bunyodkor" Toshkent derbisida "Lokomotiv"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. SHu kuni "qaldirg'ochlar" safida Lutfulla To'raev juda aqlli o'ynadi va ikkita golga assistent bo'ldi. SHu tariqa, Lutfulla To'raev championat.asia talqiniga ko'ra 19-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar