Superliga. 17-tur laureatlari
13 sen 2021 14:48
Yangiliklar
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Andijon" klubi bu tur safarda "Mashal"ga qarshi o'ynadi va muhim g'alabaga erishdi. Andijon klubi o'zining asosiy raqiblaridan birini safarda taslim qildi. SHu bois Viktor Kumikov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 17-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Nasaf" bu tur Yaypanda "Turon"ni mag'lub etdi - 2:0. Ushbu bahsda mehmonlar posboni Umidjon Ergashev juda yaxshi o'ynadi. U bellashuv davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 17-turning eng yaxshi darvozaboni Umidjon Ergashev bo'ldi.
Bu turda "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Lutfulla To'raev "Qo'qon-1912" darvozasiga akrobatik tarzda gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.
Yuqorida aytganimizdek "Andijon" safarda "Mashal"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. SHu kuni "burgutlar" safida aslida himoyachi Usmonali Ismonaliev hujumda o'ynadi va gol urishga erishdi. SHu tariqa, Usmonali Ismonaliev championat.asia talqiniga ko'ra 17-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar