Superliga. 16-tur laureatlari
30 avg 2021 15:16
Yangiliklar
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Navbahor" klubi bu tur safarda "Nasaf"ga qarshi o'ynadi va muhim g'alabaga erishdi. Namangan klubi OFK kubogida yurishini davom ettirayotgan klubni taslim eta oldi. SHu bois Viktor Jalilov championat.asia sayti talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Navbahor" bu tur Qarshida "Nasaf"ni kichik hisobda mag'lub etdi - 1:0. Ushbu bahsda mehmonlar posboni O'tkir Yusupov juda yaxshi o'ynadi. U bellashuv davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 16-turning eng yaxshi darvozaboni O'tkir Yusupov bo'ldi.
Bu turda "Turon" klubi yarim himoyachisi Bilolxon Toshmirzaev "Lokomotiv" darvozasiga maydon markazidan gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.
"Lokomotiv" bu tur o'z maydonida "Turon"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. SHu kuni "temiryo'lchilar" safida Temurxo'ja Abduxoliqov juda faol o'ynadi. Birinchi taymda penaltidan gol urgan hujumchi, ikkinchi taymda o'yindan ham gol urdi. SHu tariqa, Temurxo'ja Abduxoliqov championat.asia talqiniga ko'ra 16-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
Fikrlar