Superliga. 14-tur laureatlari
04 avg 2022 16:35
Yangiliklar
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Metallurg" bu tur Toshkent viloyati derbisida AGMK mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'alabani tantana qildi. Bekobodliklar posboni shu kuni yaxshi o'ynadi va raqiblarning bir qator zarbalarini qaytarishga erishdi. SHu bois "Metallurg" posboni Akmal Ortiqov championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 14-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
"Navbahor" bu tur Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida g'olib bo'ldi. Samvel Babayan jamoasi shu kuni mezbonlarga deyarli hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va "Nasaf" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olishiga majbur bo'ldi. Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 14-turning eng yaxshi murabbiyi Samvel Babayan bo'ldi.
Bu turda "Metallurg" yarim himoyachisi Damir Temirov AGMK bilan bahsda burchak to'pini to'g'ri darvozaga joylab qo'ydi va tur goli muallifiga aylandi.
"Olimpik" hujumchisi Ruslanbek Jiyanov "Surxon"ga qarshi bahsda shunchaki ajoyib o'ynadi va ikkita gol urdi. Bundan tashqari aynan uning harakatidan keyin termizliklar posboni qizil kartochka oldi. SHu tariqa, Ruslanbek Jiyanov championat.asia talqiniga ko'ra 14-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar