Superliga 12-turi doirasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” akciyasi o'tkaziladi
17 iyu 2019 16:07
Yangiliklar


Superliga 12-turi doirasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” akciyasi o'tkaziladi
21-22-23 iyun kunlari Superligada 12-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Mazkur tur doirasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” akciyasi tashkil etiladi.
Qayd etish joiz, 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni sanaladi. Yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash, barchani ogohlikka chorlash hamda sport bilan oshno tutinishini targ'ib etish maqsadida Superliga 12-tur uchrashuvlarida giyohvandlikka qarshi kurashni targ'ib etish bo'yicha akciya tashkil etiladi.
Uchrashuvlar payti stadion tablolarida maxsus videoroliklar namoyish etilib, futbolchilar sog'lom turmush tarziga chorlovchi maxsus bannerlar oldida suratga tushishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar