So’nggi yangiliklar

14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  3 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  12 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10

Superliga: 11-turning ikki uchrashuvi sanasi o'zgardi. Sababi nima? Yangiliklar

Superliga: 11-turning ikki uchrashuvi sanasi o'zgardi. Sababi nima?

Teglar :  11-tur Superliga
Superligasining 11-turi doirasidan joy olgan “Lokomotiv” - “Surxon” hamda “Buxoro” - “Paxtakor” uchrashuvlari reja bo'yicha 14 iyun kuni bo'lib o'tishi kerak edi.

Mazkur o'yinlar sanasi o'zgartirildi. Endilikda “Lokomotiv” ishtirokidagi bellashuv 15 iyun sanasida, “Paxtakor”ning Buxorodagi o'yini esa 16 iyunda o'tkaziladi.

Boisi, “Lokomotiv” va “Paxtakor” klublari milliy terma jamoaga uch va undan ortiq futbolchi berayotgan jamoalar hisoblanadi. O'zbekiston milliy termasining JCH-2022 saralash o'yinlariga puxta hozirlik ko'rishi uchun O'FA iyun oyidagi FIFA kunlariga ikki emas, uch o'rtoqlik o'yini tayin qildi: 2 iyun — Turkiya, 7 iyun — KXDR, 11 iyun — Suriya. Tabiiyki, mazkur o'yinlar hamda ulardan keyingi tiklanish uchun futbolchilarga vaqt kerak bo'ladi. SHundan kelib chiqib, o'yinlar sanasi o'zgartirdi.

Taqvim tuzib chiqilgan bir vaqtda “Lokomotiv” va “Paxtakor” ishtirokidagi o'yinlar alohida inobatga olingan bo'lib, O'zPFL bu klublarning Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tishiga umid bildirgandi. Yani, 17-18-19 iyun kunlari OCHL o'yinlari bor ekani inobatga olinib, poytaxt etakchilari ishtirokidagi o'yinlar 14 iyunga tayin qilingandi. SHuningdek, O'zPFL milliy terma jamoaning uch uchrashuvda maydonga tushishini rejalashtirmagandi. Klublarimizning xalqaro o'yinlardan uzilganliklari inobatga olinsa, yuqoridagi o'zgarishlar ularning rejalariga tasir ko'rsatmaydi, aksincha, terma futbolchilarining tiklanib olishlari uchun imkon berilgan bo'ladi.

Malumot uchun, “Lokomotiv” 11-turni o'z maydonida o'tkazadi. Milliy terma o'yinlari ham Toshkentda ekani inobatga olinib, uchrashuv 1 kun keyingi surildi. “Paxtakor” esa Buxoroga tashrif buyuradi, shundan kelib chiqib, o'yin ikki kun keyinga qoldirildi. Bu erda, shuningdek, Superliga bellashuvlarini translyaciya qiluvchi “Sport” telekanali taklifi ham inobatga olinishi kerak. Yani, Navoiy va Buxorodagi uchrashuvlarning bir kunga to'g'ri kelib qolmasligi translyaciya masalasida muhim faktor hisoblanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика