So’nggi yangiliklar

08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  0 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  2 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  2 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  6 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4

Superliga, 1-tur. “Neftchi” – “Nasaf”. Prevyu Yangiliklar

Superliga, 1-tur. “Neftchi” – “Nasaf”. Prevyu

Teglar :  NasafNeftchi
“Nasaf” bu yilgi yangi O'zbekiston Superligasining ilk uchrashuvini safarda Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu uchrashuv bahor faslining ilk sanasi – 1 mart kuni Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

O'zbekiston Superligasi – 2018. 1-tur
“Neftchi” (Farg'ona)  - “Nasaf” (Qarshi)
01.03.2018. Farg'ona sh., “Istiqlol” stadioni. 20:00da
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: Arslon Xotamov (Toshkent)

Jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 42 marta o'zaro bahs olib borishgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda "Nasaf" 18 marta g'alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo'li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik "Nasaf" tomonida – 49:58.

Esingizda bo'lsa, “Nasaf” jamoasi o'z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o'z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan. Ushbu uchrashuv 1997 yilning mart oyida Qarshida bo'lgan.

Ro'ziqul Berdiev qo'l ostidagi “ajdarlar” farg'onaliklar bilan bo'lgan uchrashuvlarda mag'lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. "Nasaf" ustozi shu paytgacha  shogirdlarini milliy chempionat uchrashuvlarida  “Neftchi”ga qarshi o'n marta maydonga olib tushgan. SHu uchrashuvlarning sakkiztasida jamoaning qo'li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.



Farg'onadagi o'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning Farg'onadagi ilk uchrashuvi 1997 yil 13 noyabr kuni bo'lib o'tgan. SHu paytgacha jamoalar Farg'onada 21 marta o'zaro bahs olib borishgan. Ularning 9tasida “Neftchi” jamoasi g'alabaga erishgan. 4 uchrashuvda “Nasaf” zafar quchgan. Qolgan 8 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. Farg'onadagi 21 uchrashuvda darvozalarga jami 49ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ustunlik 29-20 “Neftchi” tomonida.

“Nasaf” Farg'onadagi ilk g'alabasini 2010 yili nishonlagan. O'tgan yilgi chempionat doirasidagi Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi o'zaro uchrashuvda "Nasaf" 3:0 hisobida g'alaba qozongan.  Uchrashuvdagi gollarga Azizjon G'aniev, Bobir Abduxoliqov va SHaxboz Erkinovlar mualliflik qilishgan.

“Neftchi”ning Farg'onadagi "Nasaf" ustidan erishgan g'alabasiga to'qqiz yil bo'lgan. “Neftchi” so'nggi bor  2009 yili o'z maydonida “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratgan.

Farg'onadagi o'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar 4:0, 4:1 ko'rinishda. 1997 yilgi Farg'onadagi o'zaro ilk uchrashuvda yirik 3:3 hisobidagi durang ham qayd etilgan.

Ushbu uchrashuv 5 mart kuni bo'ladigan "Nasaf" ishtirokidagi OCHL-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi oldidan ham muhim hisoblanadi.

“Neftchi” - “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 1 mart payshanba kuni Farg'ona shahridagi muhtasham “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashv soat 20:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning yoshlari o'rtasidagi uchrashuv esa 28 fevral chorshanba kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadonida soat 15:30da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика