Superliga, 1-tur. Amaldagi chempion mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi va boshqa natijalar
04 mar 2018 18:00
Yangiliklar


Superliga, 1-tur. Amaldagi chempion mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi va boshqa natijalar
1-mart kuni Superliganing ilk uchrashuvi Navoiy shahrida start oldi. Unda "Qizilqum" jamoasi o'z maydonida ikki yildan buyon tengsiz bo'lib kelayotgan "Lokomotiv" jamoasini qabul qildi. "Lokomotiv"ning katta tashabbusi ostida o'tgan bahsda "temiryo'lchilar" mezbonlar darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishdi va mavsumni chiroyli va yirik g'alaba bilan boshlashdi.
Superliganing ikkinchi uchrashuvi esa Farg'ona shahrida bo'lib o'tdi. Yangilanayotgan "Neftchi" o'tgan mavsum Oliy ligada kumush medallariga ega chiqqan "Nasaf"ni mehmon qildi. Murosasiz va qizg'in kurashlar boy tarzda o'tgan bellashuvda hisob ochilmadi. Lekin har ikkala jamoalar stadionga tashrif buyurgan minglab ishqibozlarga tezkor va chiroyli futbol namoyish etib berishdi. SHu tariqa Farg'onada kechgan o'yinda har ikkala jamoalar Superligadagi o'zlarining dastlabki ochkolarini qo'lga kiritishdi.
Juma kuni esa 1-tur “Paxtakor” (Toshkent) – “So'g'diyona” (Jizzax) uchrashuvi orqali davom ettiriladi. Jizzaxliklar yangi bosh murabbiy Mochinov qo'l ostidagi debyut bahsini "sherlar"ga qarshi o'tkazdi hamda uylariga mag'lub holda qaytishga majbur bo'lishdi.
Kecha esa Buxoroda "Qo'qon-1912" Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "Buxoro" jamoasi mehmoni bo'ldi va kichik hisobdagi mag'lubiyatni tan oldi. Kunning ikkinchi to'qnashuvi esa Toshkentda "qaldirg'ochlar" hamda AGMK jamoalari o'rtasida kechdi. Keskin kurashlarga boy tarzda o'tgan bellashuvda jamoalar bittadan gol urishni va murosa ko'chasini tanlashdi.
1-turni yakunlovchi o'yin esa bugun Bekobodda "Metallurg" - "Navbahor" o'rtasida o'tdi. Andrey SHipilovning "Metallurg" jamoasi rulidagi ilk debyut bahsida bekobodliklar "lochinlar" bilan durangga imzo chekishdi. SHu tariqa Superliganing 1-turidan o'rin olgan barcha o'yinlar yakunlandi.
1 mart (payshanba)
“Qizilqum” (Navoiy) – “Lokomotiv” (Toshkent) 0:3
Hakamlar: A.Asimov (Toshkent), A.Kalinin (Qarshi), A.Burov (Buxoro), F.Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: M.Ismoilov (Toshkent).
Gollar: Marat Bikmaev (33), Ikrom Aliboev (57), Sardor Mirzaev (90)
"Qizilqum": 77.Evgeniy CHeremisin, 4.Erkin Boydullaev, 5.Griorgi Kvesieshvili, 7.Nodirxon Kamolov (8.Akmal Rustamov, 46), 11.Doniyor Usmonov (18.Samandar SHodmonov, 46), 14.Fayzullo Qambarov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.SHerali Jo'raev, 30.Elguja Grigalashvili, 44.Mirjalol Qosimov (16.Alisher Yusupov, 72), 84.Nemanya Yovanovich
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 3.Husniddin Fazliddinov, 6.Suhrobjon Yarashev, 9.Humoyun Abdualimov, 19.Sergey Proxorov, 70.Andrey Sidorov.
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullaev, 9.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev (99.CHo Suk Jae, 84), 15.Sardor Mirzaev, 19.Husniddin G'ofurov (77.Diyor Turopov, 71), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov (4.Bobur Yo'ldoshev, 80), 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 8.SHerzod Karimov, 17.Salim Mustafoev, 27.Sardor Rashidov, 88.Igor Yelich,
Ogohlantirishlar: Mirjalol Qosimov 31, Sardor Mirzaev 40, Akmal Rustamov 74.
Qizilqum Superliga. 1-tur 01/03/2018, 18:00
Lokomotiv Marat Bikmayev - 33', Ikrom Aliboyev - 57', Sardor Mirzayev - 90'
“Neftchi” (Farg'ona) – “Nasaf” (Qarshi) 0:0
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent),
Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: Arslon Xotamov (Toshkent)
Komissar: A.Frolov.
“Neftchi”: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Iskandar SHoykulov, 3.SHukurali Po'latov, 5.Jalil Kimsanov, 8.Abbosbek Maxstaliev (10.Anvar Berdiev, 76), 9.Abdul Aziz Yusupov, 20.Husniddin G'ofurov, 22.Abdujamol Isroilov, 29.Vyacheslav Sushkin (23.Abdurahmon Abdulxaqov, 46), 55.Avaz Agaliev (11.Elyor Mamasoliev, 62), 95.Dostonbek Tursunov.
Zaxira: 21.Farrux Turdaliev, 6.Otabek Axmadjonov, 14.Abrorbek Ismoilov, 19.Avazbek O'lmasaliev, 25.Alisher Samatov, 27.Davron Mamatov.
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (s). 6. Azizjon G'aniev, 8.Sanjar Rashidov (7.Odiljon Hamrobekov, 63), 10.Bobir Abduxoliqov, 17.Doniyorjon Narzullaev (20.Islom Kenjaboev, 13) (14.SHarof Muhitdinov, 89), 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 65.Mashhurjon Muhammadjonov, 5.G'olib G'aybullaev, 21.Jahongir Aliev, 69.Dragan CHeran, 92.Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Aziz G'aniev (26), SHukurali Po'latov (30), Avaz Agaliev (34), Saydullo Rahmatov (75), Elyor Mamasoliev (85), Odiljon Hamrobekov (85)
2 mart (juma)
“Paxtakor” (Toshkent) – “So'g'diyona” (Jizzax) 2:0
Hakamlar: T.To'xtasinov (Andijon), A.Marajabov (Andijon), Z.Abdurahmonov (Andijon), A.Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: F.Abdullaev (Toshkent).
Gollar: SHerzod Azamov 49, - 1:0 (Tiago Bezerra). Ismoil Gonsalvesh 82 penalti, - 2:0 (Jaloliddin Masharipov).
“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Akmal SHorahmedov, SHerzod Azamov, Marko Simich, Farruh Sayfiev, Rostin Griffits, Tiago Bezerra (Jasurbek Yaxshiboev, 86), Jaloliddin Masharipov (Doston Ibrohimov, 90), Bahrom Abdurahimov, Jamshid Iskanderov (Dilshod Rahmatullaev, 46), Ismoil Gonsalvesh
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Azimjon Ahmedov, Jasurbek Hakimov, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Vladimir Kozak
"So'g'diyona": 23.Dilshod Xamroev, 26.Akmal Xolmurodov (s), 4.Elyor Orifov, 33.Toxir SHamsitdinov (2.Sardor Qulmatov, 58), 6.Dilmurod Karimov, 31.Jahongir Abdumo'minov, 19.Alisher Ziyavuddinov, 8.Doniyor Hasanov (20.Iqbol Malikjonov, 66), 9.Sardor Azimov, 3.Azamat Isroilov (77.Izzatilla Abdullaev, 81), 10.SHohruz Norxonov.
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 5.Farhod Mirahmatov, 15.SHohruh Xolmatov, 7.Doniyor Odilov, 85.Ruslan Melziddinov
Ogohlantirishlar: Marko Simich 43, Doniyor Hasanov 58, Rostin Griffits 78,
Paxtakor Sherzod A’zamov - 49', Ismoil Gonsalvesh - 82' |
Superliga. 1-tur 02/03/2018, 20:00 0
:
2
Tugadi
|
So'g'diyona |
3 mart (shanba)
“Buxoro” (Buxoro) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon) 1:0
Hakamlar: V.Ceytlin (Toshkent), T.Galeev (Toshkent), A.Sidorov (Toshkent), A.SHukurullaev (Toshkent).
Nazoratchi: A.Popov (Toshkent).
Gol: Artyom Filiposyan 77, - 1:0.
"Buxoro": 30.Asilbek Omonov, 7.Arslonmurod Omonov (77.Javohir Qahramonov, 46), 8.Salamat Qutiboev, 10.SHavkat Salomov, 11.Sanat SHixov, 16.Artyom Filiposyan, 18.SHavkat Mullajonov, 22.SHahboz Erkinov (14.Bahodir Nasimov, 46), 27.Robbimjon Hasanov, 86.Aziz Ibragimov (55.Rahmatullo Berdimurodov, 76), 89.Sergey Ruseckiy
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 3.Boburjon Omonov, 5.Marko Klisura, 9.Nozim Umurov, 17.Akobir To'raev, 66.Mirjalol Jumaev,
"Qo'qon-1912": 1.O'tkir Yusupov, 5.G'iyosjon Komilov, 9.Nosirbek Otaqo'ziev, 10.Javohir Sidiqov, 17.Quvondiq Ro'ziev, 19.Suhrob Berdiev, 22.Murod Xolmuhammedov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 55.Darko Gojkovich, 65.Marko Milich, 96.Muhammadanas Hasanov
Zaxira: 30.Islomjon Abdullaev, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 15.Oybek Rustamov, 29.Igor Taran, 44.Ismoiljon Ohunjonov, 97.Muslim Qurbonov
Ogohlantirishlar: Artyom Filiposyan 49, Suhrob Berdiev 69.
Buxoro Artem Filiposyan - 77' |
Superliga. 1-tur 03/03/2018, 17:30 0
:
1
Tugadi
|
Qo’qon-1912 |
“Bunyodkor” (Toshkent) – AGMK 1:1
Hakamlar: Z.Qodirov (Navoiy), O.Jumaev (Navoiy), R.Samandarov (Navoiy), E.Tursunov (Buxoro).
Nazoratchi: I.Nexochin (Namangan).
Gollar: Yovan Jokich 39 penalti, - 1:0 (SHohnazar Norbekov). Davronbek Umirov 88, - 1:1.
"Bunyodkor": 32.Suhrobjon Sultonov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.SHahzodbek Nurmatov, 11.Murodjon Toshmatov (21.Rasul Yo'ldoshev, 58), 13.Sanjar Qodirqulov (14.Mirjahon Mirahmadov, 80), 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 44.Mirjamol Qosimov (28.Davronbek Umirov, 76), 99.Filip Rayevac
Zaxira: 25.Murodjon Zuhurov, 3.Islomjon Qobilov, 10.Abdulla Abdullaev, 15.Farruh Ikromov, 18.Sardor Sobirxo'jaev, 30.Xurshid G'iyosov
AGMK: 12.Roman Abdulov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov, 4.Xurshidbek Muxtorov, 8.Muzaffar Muzaffarov (21.G'ulom Haydar G'ulomov, 69), 10.SHohnazar Norbekov (20.Ibrohim No'monov, 80), 13.Lutfulla To'raev, 15.Vladimir Bubanya, 18.Qahramon Bahodirov, 23.Yovan Jokich, 24.Javlon Guseynov, 87.Vadim CHemirtan (9.Zafar Polvonov, 74)
Zaxira: 99.Nizomiddin Ziyovutdinov, 3.Mirjalol Miryusupov, 5.Dilshod Jo'raev, 7.Sanjar Rihsiboev, 22.Abdumalik Abdullaev, 77.Otabek Zokirov
Ogohlantirishlar: Javlon Ibrohimov 30, Muzaffar Muzaffarov 63.
Bunyodkor Davron Umirov - 88' |
Superliga. 1-tur 03/03/2018, 20:00 1
:
1
Tugadi
|
OKMK Yovan ZHokich - 39' |
4 mart (yakshanba)
“Metallurg” – “Navbahor” 0:0
Hakamlar: V.Serazitdinov (Toshkent), R.No'monov (Toshkent), D.Saylavov (Toshkent), R.Lutfulin (Toshkent).
Nazoratchi: B.Tog'aev (Toshkent).
"Metallurg": 1.Zafar Safoev, 5.Abbosjon Otaxonov, 8.SHahzod SHaymanov (9.Zabihillo O'rinboev, 80), 10.Islombek Isoqjonov (7.Suhrob Nurullaev, 68), 15.Zohid Abdullaev, 16.Jasur Hasanov, 37.SHerzod Fayziev, 55.Akbar Ismatullaev, 77.Muhammad Isaev, 88.Abror Husinov, 90.Zafar To'raev (91.Pavel Smolyachenko, 62)
Zaxira: 31.Nikita Ribkin, 35.Javohir Ilyosov, 17.Javohir Sohibov, 20.Dilyorbek Ermatov, 80.Saidjamol Davlatjonov, 99.Pavel Purishkin
"Navbahor": 1.Botirali Ergashev, 6.Oston O'runov (11.Zohir Pirimov, 68), 9.Dilshod Jabborov, 10.Azizbek Turg'unboev, 12.Nenad Inyac (17.Sardor Sulaymonov, 85), 19.Mirzohid G'ofurov (8.Ayubxon No'monov, 80), 21.Azam Aliev, 24.Davron Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Tomislav Payovich, 44.Darko Stanoevich
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 14.Ilhom Boydedaev, 15.Azamat Allaniyozov, 23.Behruz Sadilloev, 27.Ravshan Do'smatov
Ogohlantirishlar: Darko Stanovich 45, Abror Husinov 48, Tomislav Payovich 55.
P.S. Sport telekanali barcha uchrashuvlarni jonli tarzda olib ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar