Superkuboklar qiroli - Mario Manjukich!
09 avg 2015 01:15
Yangiliklar
Superkuboklar qiroli - Mario Manjukich!
O'z faoliyati davomida Germaniyaning "Bavariya" va Ispaniyaning "Atletiko" jamoalarida to'p tepgan Mario Manjukich ushbu mavsumdan boshlab Turinning "Yuventus" jamoasiga ko'chib o'tdi. Xorvatiya terma jamoasi "snayperi" o'zining yangi jamoasi "Yuventus" bilan ilk sovrinni qo'lga kiritishga ham ulgurdi.

Qizig'i shundaki, Mario Manjukich uchun bu sovrin faoliyati davomida uchinchi mamlakatning superkubogi hisoblanadi. Bunga qadar Mario Manjukich "Bavariya" bilan Germaniya, "Atletiko" bilan Ispaniya va endi "Yuventus" bilan Italiya superkubogi sohibiga aylandi.
Eng qizig'i, Mario har safar o'zi qo'shilgan jamoa bilan debyut uchrashuvdayoq superkubok sovrinini qo'lga kiritmoqda.

Yana bir qiziq fakt shuki, Mario Manjukich har uchchala superkubok o'yinlarida raqiblari darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lmoqda.
Mario Manjukichning superkubok o'yinlarida "Borussiya D", "Real" hamda "Lacio" jamoalari darvozasini ishg'ol etgan.

Mario Manjukichni superkuboklar qiroli desak mubolag'a bo'lmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar