So’nggi yangiliklar

11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  0 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  8 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  2 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  1 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  4 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  2 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  34 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  15 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  4 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0

Superkubok oldidan. "Andijon", "Metallurg", "Qizilqum" matbuot kotiblari va Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li qanday fikrda? Yangiliklar

Superkubok oldidan. "Andijon", "Metallurg", "Qizilqum" matbuot kotiblari va Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li qanday fikrda?

Bugun "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasida O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuvdan oldin Superliga klublarida ishlayotgan matbuot kotiblarining fikrlari bilan qiziqdik.

"O'zbekiston Superkubogiga qiziqish katta. PFL ham bu o'yinni etarlicha va qiziqarli ko'rinishda anons qilib berdi. SHunga yarasha bu o'yin haqiqiy futbol shousiga aylanishini istardim.

Lekin unutmaslik lozimki, sovrin egasi faqat ushbu birgina uchrashuvda aniqlanadigan bahsda jamoalar baribir birinchi o'ringa ehtiyotkor futbolni qo'yadilar. Bu esa avvalo jamoalar uchun o'z darvozasi dahlsizligini saqlash ustivor vazifaga aylanadi. Lekin kim birinchi gol ursa, o'yin “ochilib” ketadi, deb o'ylayman. “Paxtakor”ni ham, “Nasaf”ni ham hamma biladi. Tarkib va o'yin sifati bo'yicha Ro'ziqul Berdiev jamoasi ustunroq.

Lekin bu bilan “Paxtakor”ning kuchiga shubha qilish yaxshi emas. Nazarimda, asosiy vaqtda hammasi hal bo'ladi. SHu bilan birga murabbiylarning qanday taktika qo'llashlari ham natijaga bevosita tasir ko'rsatadi. Fikrimcha, kim g'alaba qozonsa ham 2:1 natijasi qayd etilsa kerak", - dedi "Andijon" matbuot kotibi SHuhratbek Jo'raev.




"Kubok uchrashuvlari natijasini bashorat qilish qiyin. Boisi bitta o'yindan iborat uchrashuv taqdirini arzimagan xato hal etadi. SHu bois bugun men har ikkala jamoadan ehtiyotkorona o'yin kutayapman.

Jamoalarning potencial imkoniyatidan kelib chiqsak, biroz ustunlik “Nasaf” tomonida. Jamoa o'zagi yillar davomida shakllangan. “Paxtakor”da esa bu mavsum tarkib borasida muamolar yuzaga qalqib chiqdi.

Qolaversa, bugungi uchrashuvda jamoalardagi yo'qotishlar o'yin sifatiga tasir ko'rsatmay qolmaydi. Taxminim, “Nasaf” kichik hisobda g'alaba qozonadi", - dedi "Metallurg" matbuot kotibi Komiljon Jumaev.




"Superkubok! Nomning o'ziyoq futbolchi va muxlislar uchun ko'p narsani beradi. To'g'ri, ayrimlar bitta o'yindan iborat turnir va jamoalarga (xalqaro maydon uchun) hech narsa bermaydi, degan gap so'zlarni takidlashsada, futbol ommasi bu uchrashuvga qiziqish bilan qarashiyam ayni haqiqat, desak yanglishmagan bo'lamiz.

Uchrashuvda shubhasiz, “Nasaf”ga muxlislik qilaman. Taxminimcha, “Nasaf” g'olib chiqsa kerak, bahsni penaltilar seriyasigacha o'yinni oborib bo'lsada... Lekin “Paxtakor” bu har qanday holatda “Paxtakor”. Ular “Nasaf” bilan qanday o'ynash kerakligini hammadan yaxshiroq bilishadi. Superliga-2024 dastlabki turlarida ham kuchsizlangan “Paxtakor” tarkib jihatdan hammadan kuchli ekanligi aytilayotgan “Nasaf” bilan qanday o'ynaganligini ko'rdik. Qolaversa, hamkasbimiz Narzulla Saydullaev takidlaganidek, bu sovrin ushbu ikki jamoa mavsum yakunida 2024 yil uchun qo'lga kiritadigan birinchi va oxirgi trofey ham bo'lishi mumkin. SHu va boshqa sabablarga ko'ra ham bugungi matchning ahamiyati juda yuqori. Nasib etsa, o'yinni stadiondan kuzatamiz va jangovar futbol spektakliga guvoh bo'lamiz", - dedi "Qizilqum" matbuot kotibi Aziz Nuriy.




"Superkubok - nomlanishi jarangdor xolos. Katta masuliyat yuklamaydigan o'yin. Agar mukofot jamg'armasi yoki boshqa imtiyozi bo'lganida edi, motivaciya o'zgacha kutilardi. SHuning uchun jamoalar maydonda jiddiy bosimsiz harakatlanishlari tabiiy.

Bu barcha mamlakat Superkubok o'yinlarida shunday. Taxminga kelsak, gollarga boy durang bo'lishini kutyapmiz. Penaltilar seriyasida esa omad kimga kulib boqishini aytish qiyin. Qo'polliklarsiz, ammo shiddatli futbol kechsa kerak", - dedi mustaqil jurnalist Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика