Superkompyuter O'zbekistonning Osiyo kubogidagi imkoniyatlarini juda past baholadimi?
11 jan 09:24
Yangiliklar
Superkompyuter O'zbekistonning Osiyo kubogidagi imkoniyatlarini juda past baholadimi?
12 yanvar kunidan Qatarda start oladigan Osiyo kubogi-2023 bahslari oldidan Opta statistik portali superkompyuter yordamida milliy jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini baholadi.
Unga ko'ra, Osiyo chempioni bo'lish uchun asosiy davogar sifatida Yaponiya keltirilgan. "Samuraylar"ning bosh sovringa ega chiqish imkoniyati 24,6 foizga baholangan.
Kuchli uchlikdan Koreya Respublikasi va Eron joy olgan. O'zbekiston milliy terma jamoasini chempion bo'lishini 2,5 foizga baholagan va biz reytingning 8-o'rnidan joy olganmiz.
Malumot o'rnida, O'zbekiston guruhda Suriya, Hindiston va Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki o'yin 13 yanvar kuni Ektor Kuper boshqaruvidagi suriyaliklarga qarshi o'tkaziladi.
Fikrlar