Superdramatik o'yinda Eron penaltilar seriyasida Iroqqa yutqazdi
23 jan 2015 14:14
Yangiliklar


Superdramatik o'yinda Eron penaltilar seriyasida Iroqqa yutqazdi
Eron va Iroq o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
O'n oltinchi zarba: Salom SHokir GOL! 6:7 IROQ YARIM FINALDA!!!
O'n beshinchi zarba: Amiri (Eron) darvoza ustuni!
O'n to'rtinchi zarba: Husayin (Iroq) GOL 6:6
O'n uchinchi zarba: Teymurian (Eron) GOL 6:5
O'n ikkinchi zarba: Yosir Qosim (Iroq) GOL 5:5
O'n birinchi zarba: Jahonbaxsh (Eron) GOL 5:4
O'ninchi zarba: Yunus Mahmud (Iroq) GOL 4:4
To'qqizinchi zarba: G'ofuri (Eron) GOL 4:3
Sakkizinchi zarba: Ali Adnan (Iroq) GOL 3:3
Ettinchi zarba: Hussayni (Eron) GOL 3:2
Oltinchi zarba: Durgam (Iroq) GOL 2:2
Beshinchi zarba: Nekunam (Eron) GOL 2:1
To'rtinchi zarba: Volid Salim (Iroq) GOL 1:1
Uchinchi zarba: Puraliganji (Eron) GOL 1:0
Ikkinchi zarba: Saad Abdulamir (Iroq) noaniq
Dastlabki zarba: Ehson Hojisafi (Eron) noaniq
Penaltilar seriyasi boshlandi.
120+4. Eronlik darvozabonga uzoq vaqt yordam ko'rsatildi. O'yinning qo'shimcha bo'limlari ham tugadi. Endi penaltilar seriyasi ko'ramiz
120. Ogohlantirish. Iroq. Marvan Hussayin
120. Maydonda jang! Dejaga, Yunus Mahmud va boshqalar anchagina jang tashkil etishdi. Hakam barchasini bosdi bosdi qildi
119. Eron burchak to'pini amalga oshirdi, darvozabon ham jarima maydoniga keldi. Dastlabki zarbani himoyachi qaytardi, ikkinchi zarba to'singa tegib maydonga qaytdi, uchinchi zarbani G'uchannajod boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:3.
119. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! FANTASTIKA!!! 3:3
114. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DURGAM ISMOIL!!! 2:3
112. PENALTI!!! Yosir Qosim jarima maydoni ichida Puraliganji tomonidan yiqitildi
110. Uchrashuv tugashiga 10 daqiqa qoldi
106. O'zgarish. Iroq. Ahmad Yasin o'rniga Amjad Halaf tushdi
105. Birinchi bo'lim tugadi.
103. Temurianning burchakdan uzatgan to'pini Puraliganji boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:2.
103. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! PURALIGANJI!!! 2:2
102. Ogohlantirish. Iroq. Abdulamir
100. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Xagigiga qoyil! Iroqning tezkor qarshi hujumi, Mahmudning zarbasidan so'ng to'pni darvozabon qaytardi
100. Ogohlantirish. Iroq. Yunus Mahmud
96. Ogohlantirish. Iroq. Ali Adnan
94. Endi 10 kishi bo'lib o'ynayotgan Eron qanday yo'l tutadi? Kuzatamiz
92. Durgam Ismoilning chap qanotdan oshirgan to'pini Iroq sardori Yunus Mahmud boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:2.
92. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! YUNUS MAHMUD!!! 1:2
91. Qo'shimcha bo'lim boshlandi
90+5. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Endi qo'shimcha bo'limlarni ko'ramiz
90+4. Ogohlantirish. Eron. Andranik Teymurian
90. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi
90. Ogohlantirish. Iroq. Volid Salim
88. Puraliganji jarima maydoni yonidan zarba berdi, noaniq!
84. O'zgarish. Eron. Dejaga o'rniga G'uchannajod tushdi
80. O'yin tempi tushib ketdi...Iroqliklar katta kuch bilan oldinga o'tishmoqda, faqat zarba yo'q.
75. Eronda jarima to'pi. Dejaganing jarima maydoniga uzatib bergan to'pini Jahonbaxsh noaniq tarzda yo'lladi
71. Iroqliklar oltinchi marta burchak to'pini amalga oshirishdi, himoyachilar o'z o'rnilarida. Bir kishi kam bo'lib o'nayotgan Eron ko'p vaqtini himoyada o'tkazishga majbur
67. Ogohlantirish. Iroq. Yosir Qosim
65. Hisob tenglashgach iroqliklar tashabbusga ega bo'lishmoqda
64. O'zgarish. Iroq. Alo Abdul Zahro o'rniga Ali Adnan tushdi
62. O'zgarish. Eron. Sardor Azmun o'rniga Alirizo Jahonbaxsh tushdi
56. CHap qanotdan boshlangan hujumni Ahmad Yosin aniq zarbasi bilan yakunladi - 1:1.
56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AHMAD YOSIN! 1:1.
54. Hojisafidan to'pni qabul qilib olgan Azmun to'pni noaniq tarzda yo'lladi
52. G'ofuri o'ng qanotdan oldinga o'tib jarima maydoniga to'p uzatdi, to'pni darvozabon egallab oldi.
48. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Qosimning jarima to'pidan yo'llagan kuchli va aniq zarbasidan so'ng to'pni Xagigi qaytardi!
46. O'zgarish. Iroq. Jastin o'rniga Marvan Hussayin tushdi
46. O'zgarish. Eron. SHojayi o'rniga Amiri tushdi
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha Eron 1:0 hisobida oldinda
43. QIZIL KARTOCHKA! Mehrdod Po'ladi! O'zi sariq kartochkasi bor bo'lgan Po'ladi raqib darvozaboniga zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.
36. Iroqning hujumi...uzoq davom etgan hujumni Alo Abdul Zahroning zarbasi bilan tugadi.
34. Dejaga o'ng qanotdan jarima maydoniga yaqinlashib kelib zarba berdi, noaniq
28. Kanberradagi stadionda kechayotgan o'yin ancha qiziqarli kechmoqda.
26. Iroqning javob hujumi! Mahmudning jarima maydoni ichidan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Alirizo Xagigi to'pni qaytardi!
24. O'ng qanotdan Vuriya G'ofuri tomonidan oshirilgan to'pni Azmun boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0.
24. GOOOOOOOOOOOOL! SARDOR AZMUN! 1:0
20. Ogohlantirish. Eron. Mehrdod Po'ladi
14. Xavfli vaziyat! SHojayi jarima maydoni ichidan to'pni darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tushdi.
10. Zarba! Navbatdagi hujum. Bu safar Ehson Hojisafi jarima maydoni chizig'i ustidan zarba berdi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
9. Xavfli vaziyat! Sardor Azmun to'pni egallab olib to'pni SHojayiga oshirdi, Masud raqib himoyachisi tomonidan to'psiz qoldirildi.
8. Yunus Mahmud himoyachilar tomonidan oshirib berilgan to'pni to'xtatib darvozaga yo'lladi, jarima maydoni tashqarisidan yo'llangan zarba darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
5. O'yin anchagina tezkor tempda boshlandi. Ikki jamoa futbolchilar ham raqibga imkon berishmayapti.
2. Ogohlantirish. Iroq. Ahmad Ibrohim
1. Bugungi o'yinda g'olib chiqqan jamoa yarim finalda Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi.
1. Uchrashuv boshlandi.
- O'yin soat 11:30da boshlanadi.
Eron - Iroq 3:3
Gollar: Sardor Azmun 24, - 1:0. Ahmad Yosin 56, - 1:1. Yunus Mahmud 92, - 1:2. Puraliganji 103, - 2:2. Durgam Ismoil 114 penalti, - 2:3. G'uchannajod 120, - 3:3.
Eron: Xagigi, Po'ladi, Hussayni, Puraliganji, Hojisafi, Nekunam, Teymurian, SHojayi (Amiri, 46), Dejaga (G'uchannajod, 84), G'ofuri, Azmun (Jahonbahsh, 62).
Iroq: Jalol Hassan, Volid Salim, Ahmad Ibrohim, Salom SHokir, Durgam Ismoil, Abdulamir, Qosim, Alo Abdul Zahro (Ali Adnan, 64), Jastin Meram (Marvan Hussayin, 46), Ahmad Yosin, Yunus Mahmud.
Ogohlantirishlar: Po'ladi 22, Temurian 90+5 - Ahmad Ibrohim 2, Yosir Qosim 68, Volid Salim 90+3, Abdulamir 101, Marvan Hussayin 120.
CHetlatish: Po'ladi 43

Fikrlar