So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  14

Super Zidan yoxud 6/9 Yangiliklar

Super Zidan yoxud 6/9

Buyuk futbolchi qay tarzda buyuk murabbiyga aylanmoqda va Zizuning siri nimada? Bu savollarga Championat.asia sayti xodimi Omonjon To'xtamirzaev javob izlab ko'rdi.

“Real” ajoyib murabbiyga aylanib ulgurgan Zidan qo'l ostida oxirgi yarim yilda oltinchi sovrinni qo'lga kiritdi. 


Yoshligimda ko'p bor: “Buyuk futbolchilardan kuchli murabbiy chiqmaydi” degan gapni eshitardim. Bir qarashda chindan ham bu fikr asoslidek. Ammo aslida vaziyat qanday? Menimcha, butkul chiqmaydi emas, o'sha kuchli futbolchi bo'lganlardan sanoqlilarigina murabbiylik kursisida ham maqtanishga arziydigan natijalarga erisha oladilar, ammo muhimi ular bor.

 

Ko'pincha faoliyatini tugatgan kuchli futbolchi, murabbiy bo'larmikin degan savol tug'iladi muxlislarda. SHu tariqa uning murabbiylik davri – futbolchilik faoliyati bilan to'xtovsiz solishtirilaveradi. Biroq aslida bu biroz noto'g'ri taqqoslash emasmi? Sababi, istagan kasbingizni tanlang, u xoh buyuk rassom bo'lsin, xoh arxitektor, quruvchi va yoki yana boshqa bir kasb ustasi. O'zi ishini qoyillatib bajargani, qobiliyati, tajribasiyu, kerak bo'lsa fantaziyasi o'nlab hamkasblarini boshqarishda yordam bera oladimi? 

Nazarimda, futbolchining maydonda to'pni qanday tepganiyu, qanday natijalarga erishgani faoliyatini yakunlagach, murabbiylik ishida hal qiluvchi rol o'ynamaydi. Barcha tan beradigan murabbiy bo'lish uchun o'ziga xos xarakter, jamoani boshqara olish qobiliyati, albatta professional bilim, sohadagi tajriba va murabbiylarga xos bo'lgan sezgirlik bo'lishi zarur. Zidan, ana shu jihatlarning barini o'zida jamlay olgan chog'i. 


Super start yoxud 6/9

Bu qanday raqamlar bo'ldi? “Real”ning ashaddiy muxlislari gap nimadaligini tushunib etishgan bo'lsa ajab emas. Ha, bu Zidan bosh murabbiy bo'lganidan keyin jamoa yutgan sovrinlar. Bundan kelib chiqadiki, francuz yutqizganidan ko'proq sovrin yutibdi.

Zidan boshchiligida yutilgan sovrinlar (2016-2017): CHempionlar Ligasi (2), La Liga, UEFA Superkubogi (2), Klublar o'rtasidagi jahon chempionati.

Zidan boshchiligida boy berilgan sovrinlar (2016-2017): La Liga, Qirol Kubogi (2).

Hayratlanarli, shunday emasmi? Ayniqsa, ketma-ket yutilgan CHempionlar Ligasi, unaqasi aynan CHempionlar Ligasi (ungacha CHempionlar Kubogi edi) tarixida hali hech qachon bo'lmaganini yana bir bor eslatish shart emas chamamda. 


Yaqin kunlar ichida murabbiy Zidan kollekciyasiga yana bir sovrin qo'shib qo'yishi mumkin. Buning uchun madridliklar Ispaniya Superkubogi doirasida ikki uchrashuv natijasiga ko'ra “Barselona”ni engishlari zarur. 

Aynan kataloniyaning bosh jamoasi “Barselona”da bir necha yil avval murabbiylikda Zidannikidan qolishmaydigan, kerak bo'lsa undanda yaxshiroq start olgan Pep Gvardiola ishlagandi. U bosh murabbiy bo'lgach, “Barsa” dastlabki 6 musobaqaning barchasida va 9 turnirning 7tasida (dastlabki ikki yil ichida) zafar quchgan. Ammo shu o'rinda qayd etish lozim, Xosep CHempionlar Ligasida chempionlik unvonini himoya qila olmagani, Zidan esa bunga erishgani francuz ishini yanada qadrliroq qiladi. 

Gvardiola boshchiligida yutilgan sovrinlar (2008-2010): CHempionlar Ligasi, La Liga (2), Qirol Kubogi, UEFA Superkubogi, Ispaniya Superkubogi, Klublar o'rtasida jahon chempionati.

Gvardiola boshchiligida boy berilgan sovrinlar (2008-2010): CHempionlar Ligasi, Qirol Kubogi.

Zamonaviy futbolning ikki buyuk mutaxassislari qanday start olganini bevosita ko'ra olganimiz, bizning baxtimiz albatta. 

Qayd etish lozim, Zidanning seriyasi hali davom etishi mumkin. MYU ustidan qozonilgan g'alabadan keyinoq intervyu chog'i Zizu shunday dedi: “Jamoamizning o'ziga xos xarakteri bor, biz hamon katta yutuqlarga, sovrinlarga ega chiqish niyatidamiz. Yutib charchamaymiz, buni orzu ham qilmang!” 

“Real” uchun yangi Del Boske
Don Visente butun faoliyatini o'tkazgan jonajon jamoasi bosh murabbiyi bo'lishni uzoq kutdi va niyatiga etgach, uni katta g'alabalar sari etaklay oldi. Zidan ham “Santyago Bernabeu”da o'ynagan, murabbiylik lavozimiga Del Boskega nisbatan sekinroq kelgan bo'lsada, bu ikki inson faoliyatida qandaydir o'xshashlik bordek. Yoki o'sha o'xshashlik ularning ish olib borish uslubidadir. Zidan, Del Boske va Anchelotti – “Real” uchun CHempionalr Ligasining oxirgi 5ta kubogini yutib bergan murabbiylar. Ularni faqatgina shu jihat birlashtirib turmaydi. Zizu xuddi don Visente va don Karlo singari og'ir bosiq, juda aqlli murabbiy. U Gvardiolaga o'xshab “to'ntarish” uyushtirib, o'zgacha bir uslubni yaratib, qaerga borsa, yangi futbolchilarga to'g'ri kelsa, kelmasa targ'ib qilavermaydi.


Bir qarashda Zidan olamshumul ish bajarmayotgandek. U shunchaki qo'l ostidagi futbolchilarni ular yaxshiroq harakat qiladigan nuqtalarga qo'yib chiqyapti va o'zlarini ko'rsatishlariga imkon bermoqda. Imkon berilsa, shu ishni har birimiz Zidandan qolishmay, bajarib qo'yadigandek. CHetdan qaraganda shunday oson tuyuladi, aslida esa buning zamirida ulkan mehnat yotibdi. Zizu chindan o'z ishining ustalari bo'lgan va Zidan xoh o'yinchi, xoh yordamchi murabbiy sifatida birgalikda g'alabalarga erishgan ustozlarini eslatib yuboryapti. 

Eng qizig'i, futbolchilik vaqtida ko'p bor “ishkal”larga aralashib qolaveradigan, uncha-muncha janjalda gapdan qolmaydigan, kerak bo'lsa “kalla qo'yvoradigan” Zidan, o'ta bosiq, doimo xotirjam murabbiyga aylangan. Aynan u doim nimadir bo'lib, xunuk xabarlar oshkor bo'ladigan, kelishmovchiliklar bo'lib turadigan “Real” (bevosita jamoa) ichida tinchlik o'rnata oldi. Ajoyib ichki muhit, ijobiy natijalar va barcha o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan, hech kim (deyarli) nolib ketib qolmaydigan kuchli va oyoqda dadil tura oladigan jamoa qurdi Zidan. “Qirollik klubi” ancha vaqtdan beri bunday qudratga ega emasdi. Bravo, Zidan!


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика