"Suonsi" Joel Kempbellga davogar
01 dek 2014 20:20
Yangiliklar

"Suonsi" Joel Kempbellga davogar
"Suonsi" "Arsenal" hujumchisi Joel Kempbellni ijaraga olmoqchi bo'lgan klublar qatoriga qo'shildi.
O'tgan mavsumda "Olimpiakos"da ajoyib o'ynagan va Kosta-Rika terma jamoasi safida JCHda o'zini ko'rsatgan Kempbell Arsen Venger jamoasida kam maydonga tushmoqda. Futbolchi hozirga qadar Premer-Ligada 2ta o'yinda ishtirok etdi.
22 yoshli kostarikalik hujumchi bazan "kanonirlar"ning uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilayotgani yo'q. Yanvarda Venger Joelni o'yin amaliyoti uchun qo'yib yuborishi mumkin. Kempbell Premer-Liganing qaysidir klubiga o'tishi mumkin.
Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra, transfer oynasi ochilishidan oldin Kempbellga davogarlar safiga "Suonsi" ham kirdi. Joelga "Everton" va "Vest Bromvich" klublari ham "og'iz solishgan". O'yinchiga Angliyadan tashqari "Benfika" va "Inter" klublari qiziqib qolishgan.

Fikrlar